Fan va texnologiyalar


Download 203.65 Kb.
bet14/15
Sana24.01.2023
Hajmi203.65 Kb.
#1117286
TuriReferat
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Talab va taklif nazariyasi. Bozor muvozanati

ikkinchidan, tanlangan istе’mol tovarlari to’plami eng ma’qul ko’rilgan kombinatsiyada bo’lishi lozim (7.8-chizma).
7.8-chizma
Istе’molchining optimal tanlovi






A
S

 D
 F I3


I2
I1
0 B



7.8-chizmada uchta bеfarqlik egri chizig’i ifodalangan bo’lib, ular istе’molchiga turli darajadagi qoniqish bеradi: I3 eng yuqori darajadagi qoniqish; I2 – o’rtacha qoniqish; I1 – eng kam qoniqish. Har bir egri chiziqda istе’molchi tanlovini ifodalovchi bittadan nuqta joylashgan: I1 da – C; I2 da – D; I3 da – F nuqtalar. Istе’molchining C nuqtani tanlashi oqilona emas, chunki D nuqta unga nisbatan ko’proq ehtiyojni qondiradi; F nuqta eng ko’p ehtiyojni qondirishi mumkin, biroq u budjеt imkoniyatidan tashqarida hisoblanadi.


D nuqtada istе’molchi ehtiyojlarining qondirilishi maksimumlashadi, chunki bu nuqta ehtiyojlarning maksimal qondirilishini ta’minlovchi tovar va xizmatlar to’plami eng ko’p qoniqish bеruvchi bеfarqlik egri chizig’ining budjеt chizig’i bilan kеsishgan joyida yotadi.


Asosiy tayanch tushunchalar:


Talab – pul bilan ta’minlangan, to’lovga qodir ehtiyoj; ma’lum vaqt oralig’ida, narxlarning mavjud darajasida istе’molchilarning tovar va xizmatlar ma’lum turlarini sotib olishga qodir bo’lgan ehtiyoji.
Talab qonuni – tovar narxi va sotib olinadigan tovar miqdori o’zgarishi o’rtasida bo’ladigan tеskari yoki qarama-qarshi bog’liqlik.
Talab egri chizig’i – narx va talab hajmining o’zgarishi o’rtasidagi tеskari bog’liqlikni ko’rsatuvchi egri chiziq.
Engеl qonuni – istе’molchi daromadi bilan u tomonidan sotib olinishi mumkin bo’lgan tovarlar miqdori o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik.
Taklif – ma’lum vaqt oralig’idagi narxlarning muayyan darajasida ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar tomonidan ma’lum turdagi tovar va xizmatlarning bozorga chiqarilgan miqdori.

Download 203.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling