Fan: Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (Ixtisoslik Sirtqi 4-kurs 2-semestr) Mustaqil ta'lim. Variant №: 1


Fan: Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (Ixtisoslik Sirtqi 4-kurs 2-semestr)


Download 305.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/35
Sana19.06.2023
Hajmi305.62 Kb.
#1613486
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   35
Bog'liq
Mustaqil ta\'lim variantlari (Xalqaro moliyaviy hisobot)

Fan: Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (Ixtisoslik Sirtqi 4-kurs 2-semestr) 
Mustaqil ta'lim. Variant №: 20 
 
1.

Quyidagi savollarga javob yozing: 
1. 16-son Buxgalteriya hisobining xalqaro standarti (Asosiy vositalar) ga asosan asosiy vositaning 
"Boshlang'ich qiymat", "Tugatish qiymati", "Eskirish hisoblanadigan qiymat" va "Balans qiymati" 
atamalarini tushuntirib bering. 
2. 2-son Buxgalteriya hisobining xalqaro standarti (Zaxiralar) ga asosan "Tovar-moddiy zaxiralar", "Sof 
sotish qiymati" va Haqqoniy qiymat" atamalarini tushuntirib bering. 
3. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo'yicha tuziladigan "Moliyaviy holat" to'g'risidagi 
hisobotning mazmunini tushuntirib bering. 
2. Quyidagi masalani yeching: 
"Alfa" MCHJ korxonasi xalqaro standart qoidalariga asosan hisob yuritadi. Mamlakatda daromad soliq 
(12%), INPS (0,1%) va Ijtimoiy soliq (12%) soliq turlari amal qiladi. Korxonada (5 kunlik ish haftaligida 
ish rejimi, bunda kuniga 8 soatlik ish vaqti) ning xodimi Hakimov B. ga 2023-yil uchun ish haqi va 
undan soliqlar hisoblanmoqda. Uning lavozim maoshi 7 200 000 so'm qilib belgilangan va ish 
jarayonining barcha soatlarida ishda bo’lganda to’liq to’lab beriladi. Fevral oyida Hakimov B. 3-fevralda 
va 17-fevralda ish jarayoni zarurati sababli 2 soatdan ishdan tashqari ish soatlarda ishlagan. Shuningdek, 
korxonada ushbu xodimning daromadidan 20% miqdorida har oylik aliment undirishni so'ralgan sudning 
ijro varaqasi mavjud. Quyidagi miqdorlarni hisoblang: 1. Xodimga hisoblangan jami daromad; 2. 
Xodimning ish haqidan daromad solig'i, ijtimoiy soliq va INPS miqdorlari; 3. Hisoblangan aliment 
miqdori; 4. Ish haqining xodimga to'lanadigan miqdori. 
3. Quyidagi masalani yeching: 
"Beta" MCHJ korxonasi xalqaro standart qoidalariga asosan hisob yuritadi. Korxona 2023-yilning yanvar 
oyida boshida ishlab chiqarish binosini xarid qildi va foydalanishga topshirdi. Binoni xarid qilishga 120 
000 000 sh.b., xarid qilish bo'yicha konsalting xizmatlariga 3 000 000 sh.b. va davlat ro'yxatidan 
o'tkazishga 5 000 000 sh.b. xarajat qildi. Ushbu binoning tugatish qiymati nolga teng va unga yillik 5% 
eskirish hisoblash nazarda tutilmoqda. Topshiriqlar: 1. Binoning boshlang'ich qiymatini aniqlang. 2. 
Binoning birinchi oyda eskirish summasini aniqlang. 



Download 305.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling