Fan: Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (Ixtisoslik Sirtqi 4-kurs 2-semestr)
Mustaqil ta'lim. Variant №: 23
1.
Quyidagi savollarga javob yozing:
1. 16-son Buxgalteriya hisobining xalqaro standarti (Asosiy vositalar) ga asosan asosiy vositaning
"Boshlang'ich qiymat", "Tugatish qiymati", "Eskirish hisoblanadigan qiymat" va "Balans qiymati"
atamalarini tushuntirib bering.
2. 2-son Buxgalteriya hisobining xalqaro standarti (Zaxiralar) ga asosan tovar-moddiy zaxiralarni
hisobga olishning FIFO va AVECO usullari mazmunini tushuntirib bering.
3. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo'yicha tuziladigan "Moliyaviy holat" to'g'risidagi
hisobotning mazmunini tushuntirib bering.
2. Quyidagi masalani yeching:
"Alfa" MCHJ korxonasi xalqaro standart qoidalariga asosan hisob yuritadi. Mamlakatda daromad soliq
(12%), INPS (0,1%) va Ijtimoiy soliq (12%) soliq turlari amal qiladi. Korxonada (5 kunlik ish haftaligida
ish rejimi) ning xodimi Hakimov B. ga 2023-yil uchun ish haqi va undan soliqlar hisoblanmoqda. Uning
lavozim maoshi 6 400 000 so'm qilib belgilangan. Fevral oyida Hakimov B. 6-7 fevral kunlari ish haqi
to'lanmaydigan ta'tilda bo'lgan. Fevral oyida Hakimov B. ga qo'shimcha 1 mln so'm mukofot
hisoblangan. Shuningdek, korxonada ushbu xodimning daromadidan 25% miqdorida har oylik aliment
undirishni so'ralgan sudning ijro varaqasi mavjud. Quyidagi miqdorlarni hisoblang: 1. Xodimga
hisoblangan jami daromad; 2. Xodimning ish haqidan daromad solig'i, ijtimoiy soliq va INPS miqdorlari;
3. Hisoblangan aliment miqdori; 4. Ish haqining xodimga to'lanadigan miqdori.
3. Quyidagi masalani yeching:
"Beta" MCHJ korxonasi xalqaro standart qoidalariga asosan hisob yuritadi. Korxona 2023-yilning yanvar
oyida boshida uskuna xarid qildi va foydalanishga topshirdi. Uskunani xarid qilishga 15 000 000 sh.b.,
tashib keltirishga 5 000 000 sh.b. va o'rnatishga 2 000 000 sh.b. xarajat qildi. Ushbu uskunaning tugatish
qiymati nolga teng va unga yillik 15% eskirish hisoblash nazarda tutilmoqda. Topshiriqlar: 1.
Uskunaning boshlang'ich qiymatini aniqlang. 2. Uskunaning birinchi oyda eskirish summasini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |