Fan: Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (Ixtisoslik Sirtqi 4-kurs 2-semestr)
Mustaqil ta'lim. Variant №: 30
1.
Quyidagi savollarga javob yozing:
1. 16-son Buxgalteriya hisobining xalqaro standarti (Asosiy vositalar) ga asosan asosiy vositalar qanday
mezonlarga javob beradigan moddiy aktivlar ekanligini tushuntiring.
2. 2-son Buxgalteriya hisobining xalqaro standarti (Zaxiralar) ga asosan tovar-moddiy zaxiralar
korxonaga qanday usullarda kirim qilinishi mumkin? Ular sotib olish orqali kirim qilinganda asosiy
vositaning tannarxiga qanday xarajatlar qo'shilishini yozing.
3. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo'yicha tuziladigan "Moliyaviy holat" to'g'risidagi
hisobotning mazmunini tushuntirib bering.
2. Quyidagi masalani yeching:
"Alfa" MCHJ korxonasi xalqaro standart qoidalariga asosan hisob yuritadi. Mamlakatda daromad soliq
(12%), INPS (0,1%) va Ijtimoiy soliq (12%) soliq turlari amal qiladi. Korxonada (5 kunlik ish haftaligida
ish rejimi, bunda kuniga 8 soatlik ish vaqti) ning xodimi Hakimov B. ga 2023-yil uchun ish haqi va
undan soliqlar hisoblanmoqda. Uning lavozim maoshi 4 400 000 so'm qilib belgilangan va ish
jarayonining barcha kunlarda ishda bo’lganda to’liq to’lab beriladi. Fevral oyida Hakimov B 18-fevralda
ish jarayoni zarurati sababli 1 kun dam olish kunida ham ishlagan. Shuningdek, korxonada ushbu
xodimning daromadidan 20% miqdorida har oylik aliment undirishni so'ralgan sudning ijro varaqasi
mavjud. Quyidagi miqdorlarni hisoblang: 1. Xodimga hisoblangan jami daromad; 2. Xodimning ish
haqidan daromad solig'i, ijtimoiy soliq va INPS miqdorlari; 3. Hisoblangan aliment miqdori; 4. Ish
haqining xodimga to'lanadigan miqdori.
3. Quyidagi masalani yeching:
"Beta" MCHJ korxonasi xalqaro standart qoidalariga asosan hisob yuritadi. Korxona 2023-yilning yanvar
oyida boshida ofis mebeli xarid qildi va foydalanishga topshirdi. Mebelni xarid qilishga 4 000 000 sh.b.
va tashib keltirishga 600 000 sh.b. xarajat qildi. Ushbu mebelning tugatish qiymati nolga teng va unga
yillik 20% eskirish hisoblash nazarda tutilmoqda. Topshiriqlar: 1. Mebelning boshlang'ich qiymatini
aniqlang. 2. Mebelning birinchi oyda eskirish summasini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |