Fan: Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (Ixtisoslik Sirtqi 4-kurs 2-semestr)
Mustaqil ta'lim. Variant №: 33
1.
Quyidagi savollarga javob yozing:
1. 16-son Buxgalteriya hisobining xalqaro standarti (Asosiy vositalar) ga asosan asosiy vositaning
"Boshlang'ich qiymat", "Tugatish qiymati", "Eskirish hisoblanadigan qiymat" va "Balans qiymati"
atamalarini tushuntirib bering.
2. 2-son Buxgalteriya hisobining xalqaro standarti (Zaxiralar) ga asosan tovar-moddiy zaxiralarni
hisobga olishning FIFO va AVECO usullari mazmunini tushuntirib bering.
3. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo'yicha tuziladigan "Xususiy kapital harakati" to'g'risidagi
hisobotning mazmunini tushuntirib bering.
2. Quyidagi masalani yeching:
"Alfa" MCHJ korxonasi xalqaro standart qoidalariga asosan hisob yuritadi. Mamlakatda daromad soliq
(12%), INPS (0,1%) va Ijtimoiy soliq (12%) soliq turlari amal qiladi. Korxonada (5 kunlik ish haftaligida
ish rejimi, bunda kuniga 8 soatlik ish vaqti) ning xodimi Hakimov B. ga 2023-yil uchun ish haqi va
undan soliqlar hisoblanmoqda. Uning lavozim maoshi 6 600 000 so'm qilib belgilangan va ish
jarayonining barcha soatlarida ishda bo’lganda to’liq to’lab beriladi. Fevral oyida Hakimov B. 2-fevralda
va 14-fevralda ish jarayoni zarurati sababli 1 soatdan ishdan tashqari ish soatlarda ishlagan. Shuningdek,
korxonada ushbu xodimning o’tgan davrda yo’l qo’ygan kamomadi sabali daromadidan 30% miqdorida
ish haqidan korxona hisobiga ushlab qolish to'g'risidagi qaror mavjud. Quyidagi miqdorlarni hisoblang:
1. Xodimga hisoblangan jami daromad; 2. Xodimning ish haqidan daromad solig'i, ijtimoiy soliq va
INPS miqdorlari; 3. Xodimning yo’l qo’ygam kamomadi uchun ushlab qolinadigan miqdor; 4. Ish
haqining xodimga to'lanadigan miqdori.
3. Quyidagi masalani yeching:
"Beta" MCHJ korxonasi xalqaro standart qoidalariga asosan hisob yuritadi. Korxona 2023-yilning fevral
oyida boshida yengil transport vositasi xarid qildi va foydalanishga topshirdi. transport vositasini xarid
qilishga 60 000 000 sh.b. va davlat ro'yxatidan o'tkazishga 2 000 000 sh.b. xarajat qildi. Ushbu transport
vositasining tugatish qiymati nolga teng va unga yillik 20% eskirish hisoblash nazarda tutilmoqda.
Topshiriqlar: 1. transport vositasining boshlang'ich qiymatini aniqlang. 2. transport vositasining birinchi
oyda eskirish summasini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |