“fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari” moduli bo‘yicha
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
hIlwR9XDw3PB8LmKOTRn3sQiCSyxclazgtwelY9g
ISHQORIY METALLARNING OKSIDLARI Fizik xossalari Ishqoriy metallar oksidlarining umumiy formulasi – M 2 O. Litiy va natriy oksidlari oq, kaliy va rubidiy oksidlari sariq, seziy oksidi to‘q sariq (sabzirang). Ularning barchasi kristall moddalar va ionli kristall panjaraga ega. Ishqoriy metallar oksidlarining ayrim fizik xossalari quyidafi jadvalda keltirilgan. Xossalar Li 2 O Na 2 O K 2 O Rb 2 O Cs 2 O Zichlik, kg/m 3 2010 2270 1320 3720 4360 Suyuqlanish harorati,°S 1570 1132 (havosiz joyda) suyul suyul suyul Qaynash harorati,°S 2600 - - - - Kimyoviy xossalari 1. Suvda yahshi eriydi va u bilan reaksiyaga kirishadi: M 2 O + H 2 O = 2MOH. 2. Kislorod, vodorod, oltingugurt va xlor bilan reaksiyaga kirishadi: 2Na 2 O + O 2 = 2Na 2 O 2 ; Na 2 O + H 2 = NaH + NaOH; 4Na 2 O + 4S = 3Na 2 S + Na 2 SO 4 ; 2Na 2 O + Cl 2 = 2NaCl + Na 2 O 2 . 3. Oksidlarning nomoyon qiladigan asosiy xossalaridan biri, kislotali oksidlar va kislotalar bilan reaksiyaga kirishishidir: Li 2 O + SO 3 = Li 2 SO 4 ; Li 2 O + 2HCl = 2LiCl + H 2 . Olinishi Faqat litiy oksid o‘z elementidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri olinadi. Boshqa ishqoriy metallarning oksidlari ularning gidroksidlari suyuqlanmalariga metalini ta’sir ettirib olinadi: 2NaOH + 2Na = 2Na 2 O + H 2 ; Peroksidlarini termik parchalab olinadi: 2Na 2 O 2 = 2Na 2 O + O 2 ; Metalini uning peroksidiga ta’sir ettirib olinadi: 2K + K 2 O 2 = 2K 2 O; Metalini uning nitritiga ta’sir ettirib olinadi: 6K + 2KNO 2 = 4K 2 O + N 2 . Ishqoriy metallar gidroksidlarining umumiy formulasi – MON. Barcha ishqoriy metallarning gidroksidlari rangsiz, gigroskopik modda. Havoda oson namlanadi, suv va etanolda yahshi eriydi, eruvchanlik LiOH dan CsOH ga tomon ortadi. Ishqoriy metallar gidroksidlarining ayrim fizik xossalari quyidagi jadvalda keltirilgan. Xossalar LiOH NaOH KOH RbOH CsOH Zichligi, kg/m 3 1430 2130 2040 3200 3670 Suyuqlanish harorati,°S 462 320 410 301 272 Qaynash temperaturasi,°S ≈ 925 1378 1320 - - Suvda eruvchanligi, 15°S 12 42 107 180 386 Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling