Natriy va kaliy atom reaktorlari va aviatsiya dvigatellarida issiqlikni tutuvchi
sifatida ishlatiladi.
Natriy bug‘i lyuminatsiyalangan yoritgichlarda foydalaniladi.
Natriy kauchuk ishlab chiqarishda katalizator sifatida ishlatiladi.
Natriy – kaliy, titan, tsirkoniy va tantal ishlab
chiqarishda va benzin
yoqilg‘ilari detonatsiyasini pasaytiruvchi tetraetilqo‘rg‘oshinga qo‘shimcha sifatida
ishlatiladi.
Natriy va kaliy peroksidlar suv osti kemalari
va kosmik kemalarda
kislorodni qayta tiklash uchun foydalaniladi.
Kaliy gidroksid suyuq sovun va oyna ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.
Natriy gidroksid qog‘oz, sun’iy matolar,
sovun ishlab chiqarishda, neft
qurilmalarini tozalashda, sun’iy tolalar va ishqoriy
akkumulyatorlar ishlab
chiqarishda qo‘llaniladi.
Natriy xlorid – oziq-ovqat maxsulotlari va natriy xamda uning birikmalarini
olish uchun hom ashyo, tibbiyotda fiziologik eritmalar tayyorlashda qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: