“fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari” moduli bo‘yicha


Download 237.43 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana06.10.2023
Hajmi237.43 Kb.
#1693671
  1   2   3   4   5
Bog'liq
rgRg1SIcehmotkHWAuyUTGZIk5flSkeCW7Qh9kAW



A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI 
O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT 
INSTITUTI 
 
“UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANTIRISH – 2022” LOYIHASI 
 
 
“FANDAGI YANGILIKLAR, FANNI O‘QITISHNING DOLZARB 
MASALALARI”
moduli bo‘yicha 
 
“MATEMATIKA DARSLARIDA XALQARO TADQIQOTLAR 
TOPSHIRIQLARIDAN FOYDALANISH” O‘QUV KURSINING 
 

“MATEMATIK SAVODXONLIKNI BAHOLASH”
mavzusi bo’yicha ma’ruza matni 
 
Ma’ruzachi: B.K.Xaydarov - Toshkent shahar XTXQTUMOHM 
Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi professori, f.-m.f.n. 
Toshkent – 2022 


4-Mavzu: Matematik savodxonlikni baholash 
1. Matematika fanidan PISA tadqiqotlari topshiriqlarini baholashning 
o‘ziga xos xususiyatlari 
2. Matematik savodxonlikni baholash mezonlari 
3. PISA topshiriqlaridan namunalar va ularning tahlili
4. PISA tadqiqotlariga o‘quvchilarni tayyorlash bo‘yicha yo‘l-
yo‘riqlar va uslubiy tavsiyalar 
 
Matematika fanidan PISA tadqiqotlari topshiriqlarini baholashning 
o‘ziga xos xususiyatlari 
Matematik savodxonlik ta’rifiga ko‘ra baholash topshiriqlari mazmuni
ular qaysi vosita asosida tuzilmasin, kontekstda ko‘rsatilgan bo‘ladi. Topshiriqlar 
yordamida 15 yoshli o‘quvchilarning tegishli darajada matematikaga oid muhim 
tushuncha, bilim va ko‘nikmalarni qo‘llashi (matematik mazmunni bilishi) 
baholanadi.
Matematik savodxonlikni baholash topshiriqlari yoki matematik mulohaza 
yuritish yoki matematik masalani yechish bilan bog‘liq bo‘lgan uchta jarayon 
(ifodalash, qo‘llash, talqin qilish/baholash) ga doir bo‘lishi mumkin. Topshiriqlar 
shunday tuziladiki, ularda bir tomondan, real hayordagi real vaziyat va matematik 
hayotdagi matematik masala o‘rtasida aloqa o‘rnatadigan jarayon (ifodalash va 
talqin qilish/baholash) lar va ikkinchi tomondan matematik masala bilan ishlashga 
undaydigan mulohaza yuritish va qo‘llash jarayoni o‘rtasida muvozanat saqlanadi. 
Shuni ham aytib o‘tish joizki, topshiriq uchta faoliyat turi (ifodalash, qo‘llash va 
talqin qilish/baholash) ning faqat bittasiga tegishli deb qaralsada, matematik 
mulohaza yuritishni bu jarayonlarning har birida ham kuzatish mumkin.

Download 237.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling