Fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari


Download 45.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana22.06.2023
Hajmi45.54 Kb.
#1646126
  1   2
Bog'liq
sz4MNrQ6hZaAmmpFgw1ZgWsG1UEEsTEWAKPFRdg6



A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI 
O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT 
INSTITUTI 
 
 
 
 
“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi 
 
 
 
Fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari  
 
 
“O‘ZBEK TILI FANINI O‘QITISHDA O‘QITISH TEXNOLOGIYALARINI 
ISHLAB CHIQISHNING KONSEPTUAL ASOSLARI”
 
 
o‘quv kursining
“FANNI O‘QITISHDA TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN 
FOYDALANISH”
mavzusidan ma’ruza matni 
 
 
 
 
 
 
 
Ma’ruzasi: Shomurodova Sitora Xoshim qizi 
 
Toshkent- 2022 
 
 


 
1-Mavzu: Fanni o‘qitishda ta’lim texnologiyalaridan foydalanish 
Reja: 
1. Ta’lim texnologiyasi tushunchasi. 
2. Ta’lim texnologiyalari va o‘zbek tili fani. 
3. Ta’lim texnologiyalarining til o‘rganishdagi o‘rni. 
 
1. Ta’lim tizimini takomillashtirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda, kadrlar tayyorlash 
mazmunini qayta ko‘rish, xalqaro standartlar darajasiga mos oliy ma’lumotli 
mutaxassislar tayyorlashda ta’lim texnologiyalarining o‘rni beqiyosdir. Kadrlar 
tayyorlashning maqsadli parametrlarini shakllantirish, oliy ta’lim muassasalarida 
o‘qitish yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini istiqbolda mintaqalar va iqtisodiyot 
tarmoqlarini kompleks rivojlantirish, amalga oshirilayotgan hududiy va tarmoq 
dasturlarining talablarini inobatga olgan holda optimallashtirish.
Ta’lim texnologiyasi – bu o‘quvchilar uchun qulay sharoitlarni ta’minlash va 
ularning natijaga erishish yo‘llarini rejalashtirish, tashkil etish, yo‘naltirish 
bo‘yicha o‘quv jarayoni subyektlarining birgalikdagi faoliyat tizimi. 
Ta’lim texnologiyasi - ta’lim maqsadiga erishish jarayonining umumiy 
mazmuni, ya’ni, avvaldan loyihalashtirilgan ta’lim jarayonini yaxlit tizim asosida, 
bosqichma- bosqich amalga oshirish, aniq maqsadga erishish yo‘lida muayyan 
metod, usul va vositalar tizimini ishlab chiqish, ulardan samarali, unumli 
foydalanish hamda ta’lim jarayonini yuqori darajada boshqarish.
Ta’lim texnologiyalarining tasnifi: 
An’anaviy ta’lim texnologiyalari – avvaldan mavjud bo‘lgan, asrlar 
davomida foydalanib kelingan ta’lim texnologiyalari. 
Innovatsion ta’lim texnologiyalari – yangicha yondashuv asosida ta’sis 
etilgan ta’lim texnologiyalari. 
An’anaviy ta’lim texnologiyalariga quyidagi texnologiyalar kiradi: 
Tushuntirish – o‘qituvchi tomonidan muayyan mavzular tushuntirish usulida 
bayon etiladi. Bunda asosiy maqsad o‘quvchiga o‘sha ma’lumotlarni yetkazish 
hisoblanadi. 
Muammoli ta’lim – bu tushuncha o‘zida muammoli o‘rganish ma’nosini 
tashiydi. O‘quvchilarga fanning turli sohalariga doir muammoli vaziyatlar taqdim 
etiladi va ularning yechimini topish topshirig‘i beriladi. 
Dasturlashtirilgan ta’lim – bunda har bir fan muayyan dastur asosida 
bosqichma-bosqich tarzda o‘qitiladi. Asosiy natija dasturning qanday tuzilganiga 
bog‘liq. 


Modulli ta’lim – keyingi yillarda juda ommalashayotgan ta’lim, bunda 
o‘quvchilar, talabalarni AKT vositalari orqali baholash qulay hisoblanadi. 
Ma’ruza-seminar-kredit – ma’ruza va seminar tushunchasi avvaldan 
barchamizga ma’lum. Kredit tushunchasi esa biroz yangilikni ifodalaydi. O‘quvchi 
muayyan kreditlar to‘plash uchun darslarda onlayn yoki oflayn ishtirok etadi. Test 
ishlash orqali kreditlarini to‘playdi. Hetarli miqdorda kredit to‘plagan tinglovchi 
o‘quv kursini yakunlagan hisoblanadi. 
O‘yinli o‘rganish – o‘yin texnologiyasi pedagogikaning har jabhasi uchun 
dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ayni shu texnologiya yordamida murakkab 
mavzularni ham o‘zlashtirish osonlashadi. 
Innovatsion ta’lim texnologiyalari: 
Reproduktiv ta’lim – ta’lim markazida o‘quvchi. O‘quvchi ko‘proq faoliyat 
ko‘rsatib, unda o‘quvchiga berilayotgan bilimni qayta xotirada tiklab, olingan 
bilimni nusxa sifatida qabul qiladi. 
Tadqiqot darslari - o‘qituvchi ilmiy yordamisiz tashkil etiladigan ta’lim 
metodi bo‘lib, u o‘quvchining mustaqil izlanishi, fikrlashi va bilimlar 
transformatsiyasini talab etadi. 
Modellar ishlab chiqish – muayyan shakl, narsa, hodisalarning modellarini 
yaratish texnologiyasi. Bu ko‘proq robototexnika, STEAM fanlari bilan bog‘liq 
bo‘lgan texnologiya hisoblanadi.
O‘yin modellari asosida o‘qitish - O‘yinning mohiyati va tuzilishi ma’lum 
ko‘nikma, malaka, qobiliyat va sifatlarning har bir ishtirokchida butun o‘yin 
davomida shakllanishini ta’minlaydi. Ta’lim jarayonda o‘yin texnologiyalaridan 
foydalanishda o‘qituvchi pedagogik vazifalarini ssenariyda aniq ifodalay olishi 
zarur. 
Lug‘aviy jihatdan “innovatsiya” tushunchasi ingliz tilidan tarjima qilinganda 
(“innovation”) “yangilik kiritish” degan ma’noni anglatadi. “Innovatsiya” 
tushunchasi 
mazmunan 
aniq holatni ifodalaydi. “O‘zbekiston Milliy 
ensiklopediyasi”da ko‘rsatilishicha, innovatsiya quyidagicha mazmun va 
tushunchalarga ega: “Innovatsiya (ingl. “innovationas” - kiritilgan yangilik, ixtiro) 
1) texnika va texnologiya avlodlarini almashtirishni ta’minlash uchun 
iqtisodiyotga sarflangan mablag‘lar;
2) ilmiy-texnika yutuqlari va ilg‘or tajribalarga asoslangaan texnika, 
texnologiya, boshqarish va mehnatni tashkil etish kabi sohalardagi yangiliklar, 
shuningdek, ularning turli sohalar va faoliyat doiralarida qo‘llanishi”. Innovatsion 
ta’lim (ingl. “innovation” - yangilik kiritish, ixtiro) - ta’lim oluvchida yangi g‘oya, 
me’yor, qoidalarni yaratish, o‘zga shaxslar tomonidan yaratilgan ilg‘or g‘oyalar, 
me’yor, qoidalarni tabiiy qabul qilishga oid sifatlar, malakalarni shakllantirish 
imkoniyatini yaratadigan ta’lim. 


Ta’lim innovatsiyalari - ta’lim sohasi yoki o‘quv jarayonida mavjud 
muammoni yangicha yondashuv asosida yechish maqsadida qo‘llanilib, avvalgidan 
ancha samarali natijani kafolatlay oladigan shakl, metod va texnologiyalar. Ilmiy 
adabiyotlarda “novatsiya” (yangilanish, yangilik) hamda “innovatsiya” (yangilik 
kiritish) tushunchalarining bir-biridan farqlanishiga alohida e’tibor qaratiladi. 
Misol uchun, V.I.Zagvyazinskiyning e’tirof etishicha, “yangi”, “yangilik” 
tushunchasi nafaqat muayyan g‘oyani, balki hali amaliyotda foydalanilmagan 
yondashuv, metod hamda texnologiyalarni ifodalaydi. Ammo bunda jarayon 
elementlari yaxlit yoki alohida olingan elementlaran iborat bo‘lib, o‘zgarib 
turuvchi sharoit va vaziyatda ta’lim va tarbiya vazifalarini samarali hal etish 
g‘oyalarini o‘zida aks ettiradi. Zamonaviy ta’limga xos muhim jihatlardan biri - 
pedagog faoliyatining innovatsion xarakter kasb etishiga erishish sanaladi. 
Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda pedagog faoliyatining innovatsion xarakter 
kasb etishiga erishish masalasi o‘tgan asrning 60-yillaridan boshlab jiddiy 
o‘rganila boshlagan. Xususan, X.Barnet, J.Basset, D.Gamilton, N.Gross, 
R.Karlson, M. Maylz, A.Xeyvlok, D.Chen, R.Edem, F.N. Gonobolin, S.M. 
Godnin, V.I.Zagvyazinskiy, V.A.Kan-Kalik, N.V.Kuzmina hamda V.A.Slastenin 
kabi tadqiqotchilar tomonidan olib borilgan ishlarda innovatsion faoliyat, 
pedagogik faoliyatga innovatsion yondashish, innovatsion g‘oyalarni asoslash va 
ularni amaliyotga samarali tadbiq etish, xorijiy mamlakatlar hamda respublikada 
yaratilgan pedagogik innovatsiyalardan xabaror bilish orqali pedagog faoliyatida 
ulardan faol foydalanish borasidagi amaliy harakatlar mazmunini yoritilgan. 
2.
O‘zbek tili fani o‘zga tilli guruhlarda o‘qitilgani tufayli ta’lim 
texnologiyalaridan foydalanish o‘quvchilarda o‘zbek tiliga bo‘lgan qiziqishni 
oshiradi. 
Multimedia vositalaridan foydalanish: 
O‘zbekcha film-multfilmlar ko‘rish – bunday multfilmlar va filmlar 
o‘quvchida nutqiy qobiliyatni oshiradi. Eshitib tushunish qobiliyatini rivojlantiradi. 
Gazeta maqolalari – undagi matnlar o‘quvchida matn bilan ishlash 
ko‘nikmasini shakllantiradi. 
Internet ma’lumotlari – bunday ma’lumotlar o‘quvchida baholash malakasini 
rivojlantiradi.
Radioeshittirishlar – o‘zbek tilidagi radioeshittirishlar eshitib tushunish
anglash bilan birga, o‘quvchilarda estetik qobiliyatni ham shakllantiradi. 
Rolli o‘yinlar o‘quvchi nutqini oshirish bilan birga, ijodkorligini ham 
rivojlantiradi. Rolli o‘yinlarni turli ertaklar, hikoyalar, kichik matnlar bo‘yicha 
tayyorlash yaxshi samara beradi. Quyidagi ertaklar: “Oppog‘oy”, “Zumrad va 
qimmat” va “Qor malikasi” ertaklari yaxshi samara beradi.


Sana usulidan foydalanish – masalan, birinchi mart sanasida mavzu 
o‘tilayotgan bo‘lsa, mavzulashtirilgan holatda buni to‘ldirish mumkin: 
OT 
SIFAT 
BULOQ 
MAYIN 
ISHKOM
AZIZ 
RAYHON
ROSTGO‘Y 
IT 
TIRISHQOQ 
NINACHI 
CHOYNAK 
IGNA 
3. Ta’lim texnologiyalarining til o‘rganishdagi o‘rni: Eslab qolish, Nutq 
sharoiti, Gap tuzish va Jamoaviylikni shakllantiradi 

Download 45.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling