O‘quvchi tafakkurini rivojlantirishda “Sharada” she’riy jumbog‘idan
foydalanish. O‘quvchilarda foydali fikrlash qobiliyatlarini
shakllantirishda
sharada-she’riy jumbog‘idan foydalanamiz.
Sharada – she’riy jumboq
Og‘zaki boshqotirmalar orasida she’riy topishmoqlar yoki sharadalar alohida
o‘rin egallaydi. Sharadalar oddiy topishmoqlardan ma’lum ma’noda farqlanadi.
Sharada (fransuzcha–suhbat) muayyan bir so‘z bo‘g‘inlarga
ajratiladi va
ularga jumboqli tavsif beriladi. Sharadani yechishda so‘zning har bir bo‘g‘iniga,
kerak bo‘lsa, har bir harfiga diqqatini qaratish kerak bo‘ladi. Shu turdagi she’riy
jumboqlarda alohida bir bo‘g‘in fonetik jihatidan to‘g‘ri bo‘lmasligi ham mumkin.
Sharada–she’riy jumboqlar
insonni tahlil etishga,
mushohada yuritishga
o‘rgatadi.
Ajoyib, g‘aroyib, nafis parranda,
Erkagi chiroyli bo‘ladi juda.
Teskari o‘qilsa oxirgi bo‘g‘in,
Usiz hayot qayda, nabotot qayda?
(Tovus)
Bu taom to‘yimli, quvvatli emish,
Ikkinchi bo‘g‘´inida kattakon idish
Birinchi bo‘g‘iniga “z” harfini qo‘shish
Solmasang, bemaza har qanday yemish.
(tuxum)
Baralla kiyim deb atasa bo‘lar,
Ba’zilar o‘rniga paytava o‘rar.
Birinchi bo‘g‘ini pishiq to‘qima,
Ey, jo‘ra sen buni bilmayman dema.
(Paypoq)
Nazorat uchun savollar:
1. Ta’lim texnologiyalari deganda nimani tushunasiz?
2. An’anaviy ta’lim texnologiyalariga nimalar kiradi?
3. Innovatsion ta’lim texnologiyasi nima?
4. Sharada metodidan o‘zbek tili darslarida qanday foydalanish mumkin?
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. O‘zbek tilidan ma’ruzalar to‘plami /N.Erkaboyeva– T.: “LESSON
PRESS” nashriyoti-2017.
2. Ona tili qo‘llanma / Sh. Po‘latov – T.: “Tafakkur” nashriyoti-2020
3. Ona tili o‘qitish metodikasi /Qosimova K. [va boshq.]. – T.: “Nosir”
nashriyoti-2009. Elektron varianti: www.ziyouz.com kutubxonasi
4. O‘zbek tili : 4-sinf o‘qituvchilari uchun metodik qo‘llanma / F. Tolipova
[va boshq.]. – T.: «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»
Davlat ilmiy nashriyoti,
2017
5. O‘zbek va rus tillarining qiyosiy tipologiyasi: ma’ruzalar matni/
Y.Hamrayeva – Qarshi-2007
6. O‘zbek va rus tillarini qiyoslash/ Rahmatullaev Sh– Toshkent-1993
7. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari: o‘quv qo‘llanma/ O‘.
Q.Tolipov, M.Usmonboyeva-T.: “Fan”nashriyoti-2006
8. Nutq madaniyati va notiqlik asoslari:o‘quv qo‘llanma /N.Bekmirzayev-
T.: “Fan”nashriyoti-2007
9. O‘zbek tili o‘qitish metodikasi /B.To‘xliyev [va boshq.]. – T.:O‘zbekiston
yozuvchilar uyushmasi adabiyot jamg‘armasi nashriyoti-2016