Fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari


Download 160.89 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana09.06.2023
Hajmi160.89 Kb.
#1465876
  1   2   3   4
Bog'liq
tluEi3Qt7PybHOpHTvmLW47Qn67iTPYjsd0g1XwR



A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI 
O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT 
INSTITUTI 
 
 
 
 
“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi 
 
 
 
Fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari  
yoki
O‘quvchilar kompetensiyalarini baholash usullari va vositalari  
moduli bo‘yicha 
 
 
“ZAMONAVIY PEDAGOGIK YONDASHUVLAR VA O‘LCHOVLAR”
 
KURSINING ISHCHI O‘QUV DASTURI 
o‘quv kursining
“Biologiya fanidan test tuzishga qo‘yiladigan talablar va ularning turlari” 
mavzusidan ma’ruza matni 
 
 
 
 
 
 
 
Ma’ruzasi: Azimova Dilrabo Ergashevna 
 
Toshkent
 


1-Mavzu: Biologiya fanidan test tuzishga qo‘yiladigan talablar va 
ularning turlari.
 
Reja: 
1. Testlarning paydo bo‘lish tarixi. 
2. Testlarga qo‘yiladigan talablar. 
3. Test turlari va ularga tasnif. 
Hozirgi kunda mamlakatimizning deyarli barcha ta’limmuassasalarida 
muqobil javobli test topshiriqlari baholashvositasi sifatida keng qo‘llanilmoqda. 
Umumiy o‘rta ta’lim maktabi,akademik lisey va kasb-hunar kollejlaridagi oddiy 
nazorat ishlari,yakuniy imtihonlar, oliy ta’lim muassasalaridagi semestr 
oxiriimtihonlari, nazorat tashkilotlarining tekshiruv amaliyotlari vaboshqa ko‘plab 
jarayonlarda testlar asosiy baholash vositalaridanbiriga aylangan. Bunga, albatta, 
ko‘plab sabablarni keltirishmumkin. Masalan, testlar yordamida xolisona va inson 
omili bilanbog‘liq bo‘lmagan natijalar olinishi, qisqa vaqt ichida o‘quvchidan 
fandoirasidagi ko‘plab savollarga javob olish imkoniyati,natijalarning tez 
chiqarilishi, barcha test topshiruvchilar uchun birxil bo‘lgan standart sharoitni 
yaratish imkoniyati va hokazo.Xo‘sh, ushbu amaliyotlarda qo‘llanilayotgan test 
topshiriqlari to‘g‘riishlab chiqilyaptimi? Ular ko‘zda tutilgan natijalarga erishishda 
qaydarajada samara bermoqda? Bu savollar ko‘pchilikni qiziqtirsakerak, albatta. 
Lekin test nazariyasi va uning o‘ziga xos xususiyatlarihaqida yetarli bilimga ega 
bo‘lmagan mutaxassisning bu savolga to‘liqjavob bera olishi juda mushkul. Chunki 
test amaliyoti va umumantestologiya fani yurtimizga kirib kelgan yangi yo‘nalish 
bo‘lib, u haqdauslubiy qo‘llanmalar o‘zbek tilida juda kam ishlab chiqilgan 
vapedagogika yo‘nalishidagi ilmiy tadqiqot ishlari negadir bu jabhanichetlab 
o‘tmoqda.Shularni hisobga olgan holda, sifatli test topshiriqlarinituzishda yo‘l 
ko‘rsatish va umuman testlar haqida dastlabki nazariyma’lumotlarni berish uchun 
mazkur qo‘llanmani ishlab chiqish maqsadqilib olindi.Qo‘llanma oliy ta’lim 
muassasalari, umumiy o‘rta ta’limmaktablari, akademik liseylar va kasb-hunar 
kollejlario‘qituvchilariga test topshiriqlarini tuzish, ularning sifatinibaholash va 
ulardan qay tarzda foydalanish to‘g‘risida dastlabkima’lumotlarni beradi. 
TESTNING QISQACHA TARIXI
Test tarixi juda olis o‘tmishga borib taqaladi. Uning turlichasodda va 
murakkab ko‘rinishlari har xil maqsadlarda foydalanibkelingan. Tarixga nazar 
tashlaydigan bo‘lsak, test amaliyotiningommaviy ravishda qo‘llanilishi to‘g‘risida 
dastlabki aniq ma’lumotlar eramizdan avvalgi 2200-yillardagi Xitoy davlatigaborib 
taqaladi. Ushbu davrda Xitoyda ishga qabul qilish uchun hukumat organlari maxsus 
imtihon o‘tkazganlar. Ushbu imtihondanmuvaffaqiyatli o‘tgan fuqarolargina davlat 


xizmatiga olinganlar. Masalan, xat tashuvchi bo‘lib ishga kirish uchun fuqarolar 
yozish,arifmetika, otda chopish va kamondan o‘q uzish imtihonlarinitopshirishlari 
kerak bo‘lgan. Britaniyada 1830 yillarda vaAmerikada 1889 yillarda boshlangan 
davlat tashkilotlari tiziminiyaratish va unga ishchilarni qabul qilish mexanizmlarini 
tashkilqilishda qadimgi xitoyliklarning usullari andaza sifatida qabulqilingan. 
Demak, insoniyat taraqqiyotiga kimyo, falsafa va boshqako‘plab sohalarda katta 
hissa qo‘shgan xitoyliklar bilim vaqobiliyatlarni baholash sohasining ham ilk 
boshlovchilari ekan.20 asrga kelib Yevropa va Amerikada test amaliyoti 
judarivojlanib 
ketdi. 
Ayniqsa 
insonning 
aqliy 
qobiliyatlarinibaholashga 
mo‘ljallangan aqliy testlar (IQ tests) ga talab ortdi.Mazkur testlar xotira va tushunish 
kabi qobiliyatlarni baholashniham o‘zida mujassamlashtirgan edi. Bu turdagi 
baholashvositalarining ommalashuviga muhim xissa qo‘shgan hodisa FransiyaXalq 
ta’limi vaziri Alfred Binet tomonidan yaratilgan testbo‘ldi. Alfred Binet mazkur 
testdan 
maktab 
darslarini 
yaxshio‘zlashtira 
olmayotgan o‘quvchilarning 
qobiliyatlarini baholashdafoydalangan edi. Keyinchalik Alfred Binet o‘z hamkori 
TeodorSaymon bilan hamkorlikda ushbu testdan turli maqsadlardafoydalana 
boshladi. Ularning tajribalari Amerikaga 1916-yildakirib keldi va Stenford 
universiteti olimi Luis Terman bubaholash vositalarini yanada takomillashtirdi. 
Shuning uchun bo‘lsakerak, hozirgi zamonaviy aqliy testlardan biri Stenford-
Binettesti deb nomlanadi. Ta’lim muassasalariga qabul jarayonida testlar birinchi 
bo‘lib 1937-yilda AQSHda foydalanildi. Shu yil SAT (Stanford AchievementTest) 
deb nomlangan test Braun, Yel va Prinston universitetlarigaqabul jarayonida 
ishlatildi va uni 2000 nafardan ortiq abituriyenttopshirdi. Shundan keyin AQSHdagi 
va dunyodagi boshqa oliy ta’limmuassasalari kirish imtihonlarida test usulini 
qo‘llashni o‘zamaliyotlariga kirita boshladilar.Hozirda dunyodagi deyarli barcha 
davlatlarning oliy ta’limmuassasalariga qabul paytida test sinovlari o‘tkaziladi. 
Lekin harbir davlat o‘ziga xos yondashuvni qabul qilgan. Masalan, 
Angliyadamarkazlashgan test sinoviga qo‘shimcha ravishda universitetlar 
boshqamezonlarga 
ham 
qaraydilar. 
Yaponiyada 
kirish 
testlari 
ikki 
bosqichdao‘tkaziladi: birinchisi markazlashgan usuldagi test bo‘lib, unda 
barchaabituriyentlar qatnashadilar, ikkinchi bosqichdagi test sinovini esaoliy ta’lim 
muassasasining o‘zi o‘tkazadi. AQSHda kirish testlarinimustaqil nodavlat baholash 
tashkilotlari o‘tkazadi. Universitetlar abituriyentlarning mana shu testlarda olgan 
ballarini qabuljarayonida bir mezon sifatida qabul qiladilar.Hozirgi kungacha test 
baholash vositasi sifatida davr sinovidano‘tdi va olimlar tomonidan o‘tkazilgan 
ko‘plab ilmiy tadqiqotlaruning xususiyatlari va natijalaridan olinadigan 
xulosalarob’yektiv ekanligini tasdiqladi. Natijada test nazariyasi vaamaliyotini 
o‘rganuvchi Ta’limda baholash (Educational Assessment) deb nomlangan maxsus 
ta’lim yo‘nalishi vujudga keldi.Rivojlangan davlatlardagi bir necha universitetlar 


hozirda shuyo‘nalish bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlaydi. Uni bitirgan 
kadrlarta’limda baholash ishlari bilan shug‘ullanuvchi davlattashkilotlarida yoki 
ta’lim muassasalarida faoliyat olibboradilar. Ularning vazifasi baholash ishlarining 
sifatli vatalab darajasida o‘tkazilishini va natijalardan turli maqsadlardato‘g‘ri 
foydalanilishini ta’minlashdan iborat.Mamlakatimizda test amaliyoti sobiq ittifoq 
davlatlariorasida birinchi bo‘lib qabul qilindi va bu tizim oz fursatda o‘zigabo‘lgan 
ishonchni oqladi. Hozirda Davlat test markazi testlardannafaqat kirish imtihonlarida, 
balki pedagoglar attestasiyasi,olimpiadalar va boshqa ko‘plab baholash 
amaliyotlaridafoydalanmoqda. Bu usul bilim, ko‘nikma va malakalarni 
baholashdaob’yektiv usul sifatida juda yaxshi qarshi olindi.Davlat test markazida 
test muammolarini o‘rganuvchi alohidabo‘lim tashkil etilgan bo‘lib, bu bo‘lim “Test 
texnologiyalarinirivojlantirish” bo‘limi deb ataladi. Bo‘lim xodimlari test 
vabaholash sohasida uzluksiz ravishda ilmiy tadqiqotlar, seminarlaro‘tkazib 
turadilar va respublikamizdagi test amaliyotinirivojlantirishga o‘z hissasini 
qo‘shmoqdalar. Bundan tashqari, Davlattest markazi ta’limda baholash faoliyati 
bilan shug‘ullanuvchi birnecha xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan aloqalar 
o‘rnatgan.Amalga oshirilayotgan eng muhim loyiha esa Britaniya Kengashi 
bilanhamkorlikda tashkil etildi. Uning maqsadi O‘zbekistondagi baholashva test 
amaliyotini jahon andazalari darajasiga ko‘tarish uchun olibborilayotgan sa’y-
harakatlarga yordam berish. Hozirda bir guruhmutaxassislar ushbu loyiha doirasida 
o‘z malakalarinioshirmoqdalar va kirish testlarini takomillashtirishga o‘zhissalarini 
qo‘shmoqdalar. Bugungi kunda yurtimizdagi deyarli barcha ta’lim muassasalari 
vata’limga aloqador davlat tashkilotlari o‘z amaliyotlarida testningturli shakllaridan 
foydalanmoqdalar. Masalan, o‘quvchilarbilimini nazorat qilishda, pedagoglar 
attestasiyasida, kollej valiseylarda o‘tkaziladigan kirish imtihonlarida va hokazo. 
Lekinushbu jarayonlarda test topshiriqlarini ishlab chiqish, ularniaprobasiyadan 
o‘tkazish, test jarayonini tashkil etish va o‘tkazish, natijalarni e’lon qilish va 
natijalardan to‘g‘ri foydalanishbo‘yicha maxsus talablarga doim ham amal 
qilinmoqda deb bo‘lmaydi.Shuning uchun test va baholash nazariyasi haqida ilmiy-
uslubiymaqolalarni chop etish va ularni ta’lim muassasalari va ta’limgaaloqador 
tashkilotlarga yetkazish eng dolzarb masalalardan biri.Ushbu qo‘llanma mana shu 
muammoni, qisman bo‘lsa-da, bartarafetishga mo‘ljallangan. O‘ylaymizki, 
o‘qituvchilar ushbu qo‘llanmaorqali o‘z baholash amaliyotlariga boshqacha nazar 
bilan qaraydilarva bu ularning faoliyatlari samarasini oshirishga yordam beradi. 
“Test” so‘zi mamlakatimizga kirish imtihonlarida muqobiljavobli test 
topshiriqlaridan foydalanadigan imtihonlar joriyqilinishi bilan birga kirib keldi. 
Lekin ingliz tilidan kiribkelgan bu so‘zga hozirgacha aniq ta’rif berilmagan. 
Terminlarga aniqlik kiritib olish juda muhim, chunki bu ta’limfaoliyatida 
foydalaniladigan turli baholash usullarinio‘rganishda ayrim chalkashliklarni oldini 


olishga yordam beradi.Demak, testga oid terminlarni quyidagicha ta’riflab olsak va 
doimoshu ta’riflarga amal qilsak, foydadan holi bo‘lmaydi: 
Test (baholash) – bu o‘quvchining bilimlari, qobiliyatlari yokiko‘nikmalarini 
baholash uchun ishlatiladigan savollar, masalalaryoki amaliy mashg‘ulotlar 
to‘plami.

Download 160.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling