Fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari


Muqobil javobli test topshiriqlarining turlari


Download 160.89 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana09.06.2023
Hajmi160.89 Kb.
#1465876
1   2   3   4
Bog'liq
tluEi3Qt7PybHOpHTvmLW47Qn67iTPYjsd0g1XwR

Muqobil javobli test topshiriqlarining turlari 
1. 
Yagona to‘g‘ri javobli test topshirig‘i. 


2. 
Eng maqbul to‘g‘ri javobli test topshirig‘i. 
3. 
Negativ test topshirig‘i. 
4. 
Bir nechta to‘g‘ri javobli test topshirig‘i. 
1. 
Yagona to‘g‘ri javobli test topshirig‘i Ushbu turdagi test topshirig‘ida 
faqat bitta to‘g‘ri javob mavjud. Qolgan muqobil javoblarning hammasi noto‘g‘ri 
bo‘lib, chalg‘ituvchivazifasini o‘taydi. 
Misol: 1. Yagona to‘g‘ri javobli test topshirig‘i 
Quyida berilgan asboblarning qaysi biri o‘pkaning tiriklik sig‘imini 
o‘lchaydi? 
A) Spirometr
B) Tonometr
C) Fonendoskop
D) Termometr
2. Eng maqbul to‘g‘ri javobli test topshirig‘iUshbu turdagi test topshirig‘ida 
muqobil javoblar o‘zlariningto‘g‘rilik darajalariga qarab bir-birlaridan farq qiladi. 
Birito‘laligicha to‘g‘ri bo‘lmasligi, boshqasi to‘g‘riroq bo‘lishi mumkin. 
Lekinularning orasidan faqatgina bittasi eng to‘liq va eng to‘g‘ri javobbo‘ladi. 
Misol: Organizmda eritrotsitlarning 70 % dan ko‘proq qismi qayerda 
saqlanadi? 
A) O‘t qopida
B) Jigarda 
C) Terida 
D) O‘t qopi, jigar, teri
Yuqoridagi misoldagi barcha muqobil javoblar to‘g‘ri keltirilgan,lekin ular 
orasida faqatgina D javob eng to‘liq va eng to‘g‘ri javobhisoblanadi. Chunki A, B 
va C muqobil javoblar qisman to‘g‘riva ularmasalaning faqatgina bir jihatini 
yoritgan. A muqobil javob esaumumlashtirilgan to‘g‘ri javobni o‘zida 
mujassamlashtirgan.Ushbu turdagi test topshiriqlarini tuzishda test tuzuvchilar 
judaehtiyot bo‘lishlari kerak. Chunki bu turdagi topshiriqqa muqobiljavoblarni 
topish juda mushkul vazifa hisoblanadi. Shu sababliagar test tuzuvchilar aniq va 
ishonchli muqobil javoblarni topaolmasalar bunday topshiriqlarni tuzishga 
intilmaganlari ma’qul.Bundan tashqari, bunday topshiriqlar oliy ta’lim 
muassasalarigakirish testlari kabi muhim sinovlarda qo‘llanilmagani ma’qul. 
Chunki bu sinovdagi abituriyentning psixologik holati va boshqako‘plab omillar 
konkret savollardan foydalanishni talab qiladi. 
2. 
Negativ test topshiriqlari Negativ turdagi test topshiriqlarida 
abituriyentdan muqobiljavoblar orasidan noto‘g‘risini topish talab qilinadi. 
Misol: Gripp epidemiyasi tarqalgan sharoitda kishi o‘zini bu 
kasallikdanasrashi uchun quyidagilardan qaysi birini qilmasligi lozim? 


 A) Ovqatlanishdan oldin qo‘lni har doim sovunlab yuvish.
B) Jamoat joylaridagi xonalar xavosini almashtirib turish. 
*C) Grippga uchragan bemor bilan bir idishdan ovqatlanish. 
D) Jamoat joylarida og‘izga maxsus niqob bilan yurish. 
Negativ turdagi test topshiriqlarini tuzishda quyidagi ikkiqoidaga qat’iy amal 
qilinishi shart. Birinchisi, testga negativ ma’noberuvchi so‘z (yuqoridagi misolda 
“qilmasligi” so‘zi) test topshirig‘io‘zagida kelishi lozim, muqobil javoblar orasida 
emas. Vaikkinchisi, testga negativ ma’no beruvchi so‘z tagiga chiziqcha chizish 
yokiboshqa usul orqali ajratib ko‘rsatilishi lozim. Aks holda o‘quvchi uniilg‘ab 
ololmay qolishi mumkin.Bu o‘rinda shuni aytib o‘tish kerakki, negativ turdagi 
testtopshiriqlaridan keng foydalanib kelinishiga qaramay, bu usul ko‘ptanqidga 
uchramoqda. Tanqidchilarning fikriga qaraganda, o‘quvchiningbilimi uning 
noto‘g‘ri javobni topa olish qobiliyati orqali emas,balki uning to‘g‘ri javobni topa 
olish qobiliyati orqali baholansayaxshiroq bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, 
o‘quvchining noto‘g‘ri javobnibilishi uning to‘g‘ri javobni bilishini kafolatlay 
olmaydi. Shusababli hozirgi paytda negativ test topshiriqlariga talab anchapasaygan.
4. Bir nechta to‘g‘ri javobli test topshirig‘i (yokikombinasiyali test 
topshirig‘i)Ushbu turdagi test topshiriqlarida bir yoki undan ortiq muqobiljavoblar 
to‘g‘ri javob hisoblanadi. Qolgan muqobillar esachalg‘ituvchi vazifasini o‘taydi. 
O‘quvchidan to‘g‘ri muqobil javoblarkeltirilgan qatorni aniqlash talab 
qilinadi.Misol: Berilgan hasharotlarning qaysilari to‘liq o‘zgarish bilan rivojlanadi? 
1) ninachi2) kapalak3) ari 4) chigirtka 5) pashsha 6) chivin 7) qandala 8) 
temirchak
A) 2,3,5,6
B) 1,4,7,8 
C) 1,2,3,4 
D) 5,6,7,8
Tabiiy fanlarda foydalanilayotgan test topshiriqlarining mazmuni va javob 
berish jarayonidagi imkoniyatga ko‘ra: 
Ochiq va yopiq testlarga ajratish mumkin. 

Download 160.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling