Fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari
Download 20 Kb.
|
Fizikadan Ekspert xulosasi 6.2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari ” moduli bo‘yicha tayyorlangan “Fizika darslarida amaliy va laboratoriya topshshiriqlarni bajarish usullari” o‘quv kursiga ekspert
- Surxondaryo viloyati XTXQT va UMOHM “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi fizika fani kata o`qituvchisi : J.X Razaqov
Abdulla Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti Xalq ta’limi tizimidagi pedagog xodimlarning uzluksiz kasbiy rivojlantirish kurslarini tashkil etish bo‘yicha “Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi doirasida “Fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari” moduli bo‘yicha tayyorlangan “Fizika darslarida amaliy va laboratoriya topshshiriqlarni bajarish usullari” o‘quv kursiga ekspert XULOSASI Ushbu dastur O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6108 va “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4884-son hamda 2021-yil 25-yanvardagi “Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4963-son qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan. “Fizika darslarida amaliy va laboratoriya topshshiriqlarni bajarish usullari” o‘quv kursining ishchi o‘quv dasturi Z. R. Xamidova, Z. X Shukurova va J. X Razaqovlar tomonidan tayyorlangan bo‘lib, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari fizika fani o‘qituvchilarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish maqsadida, shuningdek, pedagog kadrlarning malakasini oshirishning ilg‘or va shaffof tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini tadbiq etish yo‘li bilan xalq ta’limi tizimida kadrlar siyosatini shakllantirishning zamonaviy tamoyillarini joriy etish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar mazmunidan kelib chiqqan holda tuzilgan bo‘lib, zamonaviy talablar asosida xalq ta’limi muassasalari pedagog kadrlari malakasini oshirish jarayonlarining mazmunini takomillashtirish hamda ularning kasbiy kompetentligini muntazam oshirishni nazarda tutadi. Dasturga kiritilgan mavzular fizika fani o‘qituvchilarining yuqori kasbiy salohiyatga ega bo‘lishlariga asosiy tayanch bo‘lib xizmat qiladi. Ya’ni, ushbu dasturdagi mavzularni o‘zlashtirishda umumiy o‘rta ta’lim maktabi, ixtisoslashtirilgan maktab-internati, ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktablari fizika fani o‘qituvchilarining mexanika, bo‘limiga doir topshiriqlarni yechish bo'yicha nazariy va amaliy tayyorgarligi darajasini oshirish bo‘yicha bir qancha yangi ma’lumotlarga ega bo‘ladilar. Fizika fanidan o‘quvchilar savodxonligini baholash bo‘yicha test topshiriqlari tuzish metodikasi, topshiriqlarni baholash turlari va o‘qituvchilarining fizika fani bo‘yicha laboratoriya ishlarini tashkil etishda xatoliklarni baholashga doir nazariy va amaliy tayyorgarlik darajasini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar, va fizika fani bo‘yicha darslar samarali bo‘lishi uchun pedagogik dasturiy vositalar bo‘lgan Crocodile Physics, Crocodile Technology, Yenka Electricity and Magnetism, Phun physics, Beginnings of Electronics, PHET, Edraw Max va ISpring Suite va boshqa dasturlardan foydalanish bo‘yicha yetarlicha ma’lumotlarga ega bo‘ladi. Xalq ta’limi tizimidagi pedagog xodimlarning uzluksiz kasbiy rivojlantirish kurslarini tashkil etish bo‘yicha “Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi doirasida “Fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari” moduli bo‘yicha tayyorlangan “Fizika darslarida amaliy va laboratoriya topshshiriqlarni bajarish usullari” o‘quv kursi pedagog xodimlarning uzluksiz kasbiy rivojlantirirshga yo‘naltirilgan malaka talablariga javob beradi va uni nashr etishga tavsiya etiladi. Surxondaryo viloyati XTXQT va UMOHM “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi fizika fani kata o`qituvchisi : J.X Razaqov Download 20 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling