Fanga maʼlum boʻlgan eng gʻayrioddiy sindromlar haqida eshitganmisiz?


Download 484.38 Kb.
bet4/4
Sana15.06.2023
Hajmi484.38 Kb.
#1478108
1   2   3   4
Bog'liq
sindrom

Stokgolm sindromi
Inson o‘zini o‘g‘irlab ketgan odamni yoqtirib qolishi mumkinmi? Afsuski, bunday holatlar uchrab turadi. O‘z nomini sindrom 1976-yilda Stokgolmdagi bank o‘g‘irligidan so‘ng olgan. O‘shanda jinoyatchi Yan Erik Ulsson odamlarni olti kun garovda saqlab, hamtovog‘i Klark Ulofssonni qutqarishga muvaffaq bo‘lgan. Oqibatda maxsus operatsiya chog‘ida politsiya barcha asirlarni qutqarishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq shundan so‘ng garovdagilarning ko‘pchiligi jinoyatchilardan emas, politsiyadan ko‘proq qo‘rqishganini tan olishdi.



Shu bilan barchasi tugagan, deb o‘ylaysizmi? Unday emas. Jinoyatchining hamtovog‘i Klark Ulofsson garovdagilar ko‘rsatmalari asosida do‘stiga yordam bermay, odamlarni qutqarishga uringanini isbotladi va ozodlikka chiqdi. Sud asosiy aybdorni 10 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Biroq u turmada ham garovga olinganlar bilan faol yozishmalar olib borgan. Keyinchalik FQB ushbu sindromni o‘rganib chiqib, 1200 ta holatdan 8 foizida asirlar Stokgolm sindromiga chalinishlarini aniqlashdi. Tadqiqotchilar qurbon va zo‘ravon orasidagi iliq munosabat garovdagilar o‘limi foizini kamaytirib, ularning ozod bo‘lish ehtimolini kamaytirishini isbotladilar.
Kotar sindromi
Bu holat eng g‘ayrioddiy ruhiy buzilish hisoblanadi. Kotar sindromiga chalingan kishilar go‘yo qon yo‘qotgan yoki ichki organlari bo‘lmagani tufayli o‘zlarini o‘lgan, deb hisoblaydi. Bu sindromning ikkinchi nomi – “sayr qiluvchi murdalar”. Dastlab bu holat 1880-yilda fransuz nevrologi Jyul Kotar tomonidan aniqlangan. U tanasida ayrim organlar yo‘qligi uchun ovqat yeyishim shart emas, deb hisoblaydigan bir ayolga duch kelgandi. Turli muolajalardan keyin ham uni ovqat yeyishga ko‘ndirib bo‘lmadi va ayol ochlikdan vafot etdi. Bu holat juda kam kuzatilgani bois yetarlicha o‘rganilmagan va uni davolash imkoni ham mavjud emas. 



Download 484.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling