Fanga maʼlum boʻlgan eng gʻayrioddiy sindromlar haqida eshitganmisiz?
Download 484.38 Kb.
|
sindrom
- Bu sahifa navigatsiya:
- Diogen sindromiga chalingan bemor olami
- Dorian Grey sindromi
Fanga maʼlum boʻlgan eng gʻayrioddiy sindromlar haqida eshitganmisiz? Autizm, tushkunlik hamda shizofreniyadan tashqari odamlarda yoshi, millati va ruhiy holatiga bog‘liq ravishda turli holat va sindromlar kuzatilishi mumkin. Afsuski, ularning barchasini tibbiy malakalab bo‘lmaydi. Bugun biz sizlar bilan bu sindromlarning eng qiziqarlilarini ko‘rib chiqamiz. Ulardan ko‘pchiligi haligacha to‘liq o‘rganilmagan va to‘liq davolash imkoni mavjud emas. Diogen sindromiga chalingan bemor olami Bunday holatda odam o‘zligiga qamaladi: tushkunlik, ijtimoiy yopiqlikni ma’qul ko‘radi. Shu bilan birga ularda uyat hissi deyarli yo‘q. Inson jamoatchilikdan o‘zini olib qochib, uyida kerak-nokerak buyumlarni g‘amlayveradi. Kundalik gigiyena qoidalariga rioya etmagani uchun tashqi ko‘rinishi ham xunuklashib boradi. Bu odamlarning hammasini ham kambag‘al deb bo‘lmaydi. Diogen sindromiga chalingan bemorlar orasida pul sarflashdan qo‘rqadigan moliyaviy to‘kin erkak va ayollar ham mavjud. Ular biror yangi narsa xarid qilishni istamay, hamma eski narsalarni uylarida olib qolisha Bu kasallik ko‘pincha kuchli tushkunlik va aqli zaiflik bilan birga kechadi. U asosan yoshi o‘tgan kishilarda uchrab, dunyo aholisining 3 foizini tashkil qiladi. Dori-darmonlar kasallikning ayrim belgilarinigina bartaraf etishi mumkin, butunlay tuzalishi uchun jamoat ishlarida faol qatnashishi lozim. Qiziqarli ma’lumot: qadimgi yunon faylasufi Diogenning o‘zi ham bu kasallik bilan og‘rimagan. Garchi, u bochkada yashagan bo‘lsa ham yuqori aqliy zakovat sohibi bo‘lgan. Dorian Grey sindromi Bu holat Oskar Uayldning “Dorian Grey portreti” romani qahramoni sharafiga nomlangan. Bemorlarda ham xuddi kitob qahramoni kabi holat kuzatiladi – qarishdan qo‘rqish. Shuning uchun ham bunday kishilar turli xil kosmetik vositalar sotib olishadi hamda turli plastik operatsiyalarni boshdan o‘tkazishadi. Gohida esa yoshiga mutlaqo yarashmaydigan kiyim-kechak sotib olishadi. Dorian Grey sindromi ko‘pincha o‘z-o‘ziga mahliyo bo‘lishdek tuyulsa ham, ayrim hollarda xavfli bo‘lishi mumkin. Chunki tashqi ko‘rinishidagi kichkina salbiy o‘zgarish ham odamni qattiq tushkunlikka tushiradi va hatto o‘z joniga qasd qilishga qadar olib borishi kuzatilgan. Bunday holat ko‘pincha doim omma e’tiborida bo‘ladigan odamlar: aktyor, musiqachi, xonanda kabilar bilan sodir bo‘lishi ehtimoli katta. Download 484.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling