Fanga maʼlum boʻlgan eng gʻayrioddiy sindromlar haqida eshitganmisiz?


Download 484.38 Kb.
bet3/4
Sana15.06.2023
Hajmi484.38 Kb.
#1478108
1   2   3   4
Bog'liq
sindrom

Asperger sindromi

Yana bir juda kam o‘rganilgan sindrom. Bunda odam o‘z qobig‘iga qamalib olib, boshqalar his-tuyg‘ularini anglay olmaydi. Boshqalar bilan muloqotda qiyinchiliklarga duch keladi. Asperger sindromiga chalingan odam biror bir mashg‘ulotga boshi bilan sho‘ng‘iydi. Tadqiqotchilar uni sindrom emas, shaxsning o‘ziga xos holati sifatida baholashni taklif qilishadi. Hozirgacha ushbu holat davomida organizmda kechadigan biokimyoviy, gormonal yoki genetik belgilar topilmadi. Asperger sindromi Nikola Tesla va Isaak Nyuton, Stiv Jobs, Bill Geytslarda kuzatilgan.
Savanta sindromi
Agar siz “Yomg‘ir odami” filmini tomosha qilgan bo‘lsangiz, bunday holatdagi odamlar qanday bo‘lishini yaxshi bilasiz. Ular juda kuchli xotiraga ega bo‘lib, musiqa, san’at, arxitektura va aniq fanlarga qobiliyatli bo‘lishadi. Masalan, savanta sindromiga chalingan odamlar butun boshli kitoblarni yoddan aytib berishi, 2050-yilda 20-mayda haftaning qaysi kuni bo‘lishini bir soniyada aytib beradi. Ularni kompyuter-odam deb atashadi.

Savanta sindromining yaqqol namunasi Kim Pik hisoblanadi: u AQShning butun xaritasini yoddan bilgan va o‘rtacha kitobning bir sahifasini 8 soniyada o‘qiy olgan. Biroq bu belgilarning barchasini quvonchli deb bo‘lmaydi. Savanta sindromi o‘z-o‘zidan namoyon bo‘lmaydi: odatda u autizm yoki boshqa biror ruhiy kasallik oqibatida namoyon bo‘ladi. Shu bois bu odamlarda boshqa ko‘nikmalar past rivojlangan bo‘ladi va ko‘pincha aqli zaiflik bilan birga kechadi.


Parij sindromi

Parij sindromi 80-yillarda Fransiyada ishlagan yapon psixiatri tomonidan aniqlangan. Yaponiyalik sayyohlar Parijga kelganlarida mahalliy aholi vakillari kutganlarini oqlamagani tufayli shok holatga tushib qolishgan. Oqibatda yaponlarda gallyusinasiya, xavotir, ko‘ngil aynishi va hatto taxikardiya kuzatilgan. Nega bunday bo‘ladi? Gap shundaki, ko‘pchilik yaponiyaliklar Parij bilan faqat kitob hamda romantik filmlar orqali tanish bo‘lishgan. Ular bu shaharga shaxsan tashrif buyurganida esa barcha fransuzlar ham chiroyli, nafosatli, ziyoli emasligiga guvoh bo‘lishadi. Bu ular uchun jiddiy ruhiy zarba bo‘ladi. Hozirgacha Yaponiya elchixonasida Parij sindromidan aziyat chekkan insonlar uchun ishonch telefonlari ishlab turibdi. 


Download 484.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling