Fanga maʼlum boʻlgan eng gʻayrioddiy sindromlar haqida eshitganmisiz?


Download 484.38 Kb.
bet2/4
Sana15.06.2023
Hajmi484.38 Kb.
#1478108
1   2   3   4
Bog'liq
sindrom

Stendal sindromi

San’at bilan bog‘liq eng g‘ayrioddiy sindrom. Ya’ni, odam muzey hamda suratlar galereyasida biror san’at asari bilan tanishib, undan qattiq ta’sirlanadi va gallyusinasiyaga tushib qoladi. Yoki o‘ziga xos biror tabiat, hayvon yoki chiroyli ayol suratini ko‘rib qolsa, hushidan ketib yiqilishi, hislari qaynab, o‘zini tutolmay qolishi, zamon va makonni unutishi ham mumkin. Shuningdek, bu kabi insonlarda yurak qattiq urib, taxikardiya paydo bo‘ladi. 

Mazkur sindrom Florensiya madaniy yodgorliklari bilan tanishayotganda hushidan ketib yiqilgan va tomir urishi tezlashgan fransuz yozuvchisi Stendal sharafiga shunday nomlangan. Stendal sindromi birinchi marta 1979-yilda Florensiyaga tashrif buyurgan sayyohlarda kuzatilgan. Ulardan ayrimlari muzey va suratlar galereyasiga kirganda o‘zini yo‘qotib, kartina va eksponatga zarar yetkazishga uringan. Bu kabi holatlar kamdan-kam yuz beradi, biroq florensiyalik muzey ishchilari aynan shunday insonlar bilan muomala qilish kursini ham o‘tashgan.
Mebius sindromi
Yuqorida keltirib o‘tilgan holatlardan farqli ravishda bu sindrom darhol ko‘zga tashlanadi, chunki odamning yuzida hech qanday hissiyot va mimika bo‘lmaydi. Bu tug‘ma anomaliya bosh miya nervlarining noto‘g‘ri rivojlanishi yoki falajligi oqibatida kelib chiqadi. Shuning uchun ham Mebius sindromiga chalingan kishilar doim niqobda yurgandek tuyuladi. Ular hech qachon jilmaya olmaydi va nimadir yoqmasa, norozilik ham izhor qilolmaydi. Shuningdek, bunday odamlar yutinishga ham qiynaladi.
Bu sindrom nemis nevropatologi Paul Mebius tomonidan 1892-yilda kashf etilgan. Uning tadqiqotlariga ko‘ra, bu sindrom milliontadan 10 ta bolada uchraydi. Bu holat uncha ko‘p tarqalmagani uchun shifokorlar uni oxirigacha o‘rganib, davolash imkoniyatini topa olishmagan. Biroq kasallikning boshlang‘ich bosqichida terapiya hamda dori preparatlari yordamida kasallik belgilarini kamaytirish mumkin. Aytgancha, Mebius kasalligiga chalingan insonlar aqli zaif bo‘lmaydilar. Ular orasida shifokor va olimlar juda ko‘p uchrab, sog‘lom hayot tarzini kechirishadi.

Download 484.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling