Fanga oid terminlar bo'yicha qisqacha lug'at tuzish. Reja


Download 35.9 Kb.
Sana17.10.2023
Hajmi35.9 Kb.
#1706877
Bog'liq
Fanga oid terminlar bo\'yicha qisqacha lug\'at tuzish 1



FANGA OID TERMINLAR BO'YICHA QISQACHA LUG'AT TUZISH.

Reja:

  1. Qisqa lug’at tuzish metodikasi

  2. Terminlar haqida tushuncha



Bilish, anglash-dunyo haqidagi yangi bilimlar hisoblanadigan subekt va obektning o`zaro ta’sirini, voqelikning ruxiyatda qayta ta’sir etilishi va aks ettirish jarayonidir. Dars- ma’lum maqsad asosida, belgilangan vaqtda alohida, bir xil yoshdagi o`quvchilar, yoshlar bilan o`qituvchi raxbarligida olib boriladiganta’lim jarayoni. Darslik- maxsus ravishda o`quvchilar uchun yozilgan kitob darslik deb ataladi. Shaxs dinamikasi – kishining ontogenetik rivojlanishini o`z ichiga olgan holda subektning xususiyatlari va sifatining vaqtga nisbatan o`zgarish jarayoni. Shaxsiy fazilat – shaxs tomonidan o`zining axloqiy, ruxiy va ishchanlik qobiliyatining ijtimoiy ahamiyatini, jamiyatdagi o`rnini anglay olish xususiyati. Evristik – ilmiy tadqiqotning mantiqiy usullari va metodik ko`rsatmalari. Empirik – tajribaga asoslangan. Empirik bosqich – tadqiqot obekti to`g`risida har tomonlama tasavvur xosil qilish, ta’lim amaliyoti, ilmiy bilimlar saviyasi va xodisalar moxiyatiga erishishga bo`lgan talab o`rtasidagi ziddiyat, ilmiy muammoni nomlash. O‘z-o‘zini baholash – shaxsning o`z psixologik sifatlari, xulqi, yutuqlari va muvaffaqiyatsizliklari, qadrqimmati, kamchiliklarini baholay olishi. O`qitish – ta’lim oluvchining bilish faoliyatini boshqarishga qaratil­gan o`qituvchining faoliyati. O‘qitish – 1) ta’limning o`ziga xos usuli bo`lib, shaxsga nazariy va amaliy bilimlar berish jarayonida uning rivojlanishi ta’minlanadi; 2) talaba va o`qituvchi, talabaning boshqa talabalar bilan aloqasi natijasi ularoq atrof-muxit, uning qonuniyatlari, taraqqiyot tarixi va ularning o`rganilish usullarini bilishning muntazam boshqarilish jarayoni. O‘qish– o`quvchinnng o`z qobiliyati, bilimi, malaka va ko`nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan xarakat O`quv-bilish faoliyati – insoniyat tomonidan to`plangan madaniy boylikni egallash bilan bog`liq faoliyat. O`quv faoliyati - shaxsning yangi bilim, malaka va ko`nikmalarni egallash jarayoni. O`qituvchining innovatsion faoliyati – ijtimoiy pedagogik fenomen bo`lib, ijobiy imkoniyatni aks ettirish, kundalik faoliyatdan chetga chiqishdir. Ta’lim vazifasi – ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlanish vazifalari. Ta’lim turlari – ta’lim metodi, ta’lim berish, izohlash-namoyish etish asosida o`qitish, bilimlarni mustaqil egallash, dasturlashtirilgan ta’lim, o`quv jarayonini algoritmlash, differensiatsiyali hamda indnvidual ta’lim va boshqalar. Talabalarni kasbga yo`naltirish-talabalarga kelajakda o`z kasblarini aniqlab olish uchun yordam ko`rsatishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy, psixologik, pedagogik, tibbiy-biologik va ishlab chiqarish texnik tadbirlarnnng asoslangan tizimi. Pedagogikaning nazariy vazifasi- ilg`or va yangi pedagogik tajribalarni o`rganish. Pedagogikaning texnologik vazifasi - pedagogik xodisalar holatini aniqlash; bashorat qilish sathi – pedagogik faoliyatni ekspremental tadqiq qilish va shu asosda pedagogik voqelikni yaratish modellarini o`rnatish; loyiha sathi- pedagogik faoliyatning nazariy konsepsiyasi, uning mazmuni va xarakteri asosida ularga muvofiq metodik materiallar (o`quv reja, dastur, darslik va o`quv ko`llanmasi, pedagogik tavsiyanomalar) ishlab chiqish; yaratuvchilik sathi – pedagogik fan yutuqlarini takomillashtirish va qayta rejalashtirish maqsadida ta’lim amaliyotiga tatbiq etish; reflsktik tuzatma (korrektirovka) sathi – ilmiy tadqiqotlar natijalarining ta’lim va tarbiya amaliyotiga singib ketishini baholash. Pedagogik jarayon – ta’lim masalalari, uning taraqqiyotini hal qi­lishga qaratilgan, maxsus tashkil etilgan pedagog va tarbiyalanuvchilarning maqsadli o`zaro munosabatlari. Pedagogik jarayon tamoyillari – pedagogik faoliyatni tashkil etishning asosiy talablari bilib, u pedagogik jarayonning yo`nalishini ko`rsatadi va uning qonuniyatlarini ochib beradi. Pedagogik texnika– 1) Har bir ta’lim oluvchiga va jamoaga pedagogik ta’sir o`tkazishning samarali qo`llash uchun zarur bulgan malaka va ko`nikmalar majmuasi; 2) Har bir ta’lim oluvchi va jamoaning faolligini pedagogik jihatdan ta’minlash uchun zarur bo`lgan malaka va ko`nikmalar. Malaka – muayyan toifadagi vazifalarni hal qilish imkoniyatiga ega bo`lgan mutaxassisning kasbiy pedagogik tayyorgarligi darajasi va turi. Masala – pedagogik jarayonning asosiy birligi, o`ziga xos tizimidir. U voqelikni bilish va qayta yaratish zaruriyati bilan bog`liq tafakkur qilinadigan pedagogik vaziyatdir. Ta’lim qatnashchilarining ma’lum bir maqsadini ko`zlagan ta’lim va tarbiyadagi moddiylashtirilgan vaziyatdir. Mahorat – pedagogik jarayonni bilish, uni tashkil eta olish, xarakatga keltira olish (A.S. Makarenko), pedagogik jarayonning yuqori samaradorligini belgilovchi shaxsning ish sifati va xususiyatlari sintezi. Muloqot – ta’lim oluvchilarning maqsadlari hamda ularning birgalikdagi faoliyatlari mazmunidan kelib chiqadigan o`zaro aloqalarni o`rnatish va rivojlantirishni, bir-birini anglash va qo`llab-quvvatlashni tashkil etishning ko`p qirrali jarayoni. Tizim – shaxsni rivojlantirish va yaxlit pedagogik jarayon­ni birlashtirgan ta’limning o`zaro bog`langan tashkiliy tuzilmasi. Psixologiya – I) shaxsning obektiv borliqni faol aks ettirish jarayonini o`rganuvchi fan; 2) ma’lum bir faoliyat turining o`zaro shartlangan psixik jarayonlar to`plami; 3) psixika, xarakter xususiyati, ko`ngil xazinasi. Ratsionalizatsiya – metodlarni takomillashtirish. Releksatsiya – kuchli xayajon va jismoniy zo`riqishdan so`ng yengil yurish, tinchlanishning umumiy holati. Suhbat – kuzatuv juda yetarli darajada aniq, bo`lmagan zarur axborotni olish uchun qo`llanadigan tadqiqot metodi. Tadqiqot obekti – ziddiyat va muammoli vaziyat tug`diruvchi, bilishga qaratilgan ilmiy taxlilga muxtoj obekt. Tadqiqot predmeti – bevosita o`rganilishi lozim bo`lgan va amaliy yoki nazariy jihatdan muhim ahamiyat kasb etadigan obektning mohiyati, ma’lum bir tomoni, xususiyati. Ta’lim – I) shaxsning jismoniy va ma’naviy shakllanishining yagona jarayoi, ijtimoiy etalonlarning ijtimoiy ong sifatida u yoki bu darajada qayd qilingan, tarixan shartlangan ideal timsollarga ongli yo`naltirilgan ijtimoiylashish jarayoni; 2) muayyan bilimlarni egallash g`oyaviy-axloqiy qadr, malaka, ko`nikma, axloq meyorlariga qaratilgan jamiyat a’zolarining ta’lim va tarbiyasi vazifasini bajaradigan nisbiy mustaqil tizim Tarbiya – 1) shaxsning ma’naviy va jismoniy holatiga muntazam va maqsadga muvofiq, tasir etish; 2) pedagogik jarayonda ta’lim maqsadlarini amalga oshirish uchun pedagog va tarbiyalanuvchilarning maxsus tashkil etilgan faoliyati. Tafakkur – inson aqliy faoliyatnning oliy shakli, insonlarni o`rab olgan duyodagi o`zaro bog`langan narsa va hodisalarni bilish jarayoni, muhim xayotiy jarayonlarni xis qilish va muammolarni hal qilish, ma’lum bo`lmagan voqea hodisalarni qidirish, kelajakni ko`ra olish. Tafakkur, tushuncha, hukm, xulosa shakllarida namoyon bo`ladi. Boshlang‘ich professional ta’lim – YUNESKO tashkiloti tomonidan qabul qilingan ta’limning xalqaro standart tasniflagichi (keyingi o‘rinlarda xalqaro tasniflagich deb ataladi) 3-darajasiga mos keluvchi ta’lim dasturlari; Kasb – maxsus tayyorgarlik va ish tajribasi natijasida ma’lum bir sohada mehnat faoliyatni amalga oshirish uchun lozim bo‘lgan nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikma va malakalar majmuasini egallagan, jismoniy imkoniyat, aqliy qobiliyat va huquqlari ta’minlangan mehnat faoliyati (mashg‘uloti)ning turidir; Kasbiy kompetensiya – bilim, ko‘nikma va amaliy tajriba asosida kasbiy faoliyatga tegishli vazifalarni bajarishda faoliyat yuritish qobiliyati; Kasb-hunar maktabi – xalqaro tasniflagichning 3-darajasiga mos keluvchi ta’lim dasturlari asosida 9-sinf bitiruvchilarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan boshlang‘ich professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan ta’lim muassasalari; Kvalifikatsiya – kasbiy mahorat darajasi yoki pog‘onasi kasbiy talablarning muayyan pog‘onasiga muvofiqligi darajasi; Kollej – xalqaro tasniflagichning 4-darajasigacha mos keluvchi ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlaydigan vazirliklar va idoralar tizimida faoliyat ko‘rsatadigan ta’lim muassasalari; Kompetensiya – bilim, ko‘nikma, malaka va shaxsiy sifatlar majmui; Ko‘nikma – muayyan vazifani bajarish uchun egallangan qobiliyat; Mutaxassislik – biror kasb doirasida ma’lum bir faoliyat turi uchun maxsus tayyorgarlik va amaliy tajribasi bilan erishilgan zarur bilim, ko‘nikma va malakalar majmui; Professional standart – xodimga ma’lum bir kasbiy faoliyat turini, shu jumladan, ma’lum bir mehnat funksiyasini bajarish uchun zarur bo‘lgan malaka talablari; Professional ta’lim – ta’lim oluvchilarda ma’lum bir mutaxassislik va kasblar bo‘yicha kasbiy kompetensiyalarni shakllantiradigan va rivojlantiradigan uzluksiz ta’lim tizimi; Tabaqalashtirilgan ta’lim dasturi – xalqaro tasniflagichning tegishli darajalariga muvofiq boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’limda kadrlar tayyorlash uchun kasb yoki mutaxassisliklarning murakkablik darajalari, o‘qitish muddatlari bir-biridan farq qiladigan ta’lim dasturi; Ta’lim dasturi – professional ta’lim muassasasi bitiruvchisiga muayyan egallagan kasb yoki mutaxassislik bo‘yicha kasbiy faoliyatni malakali bajarish imkonini berishga qaratilgan professional ta’lim tayyorgarligining asosiy mazmunini aniqlovchi ta’lim standartlari, o‘quv rejasi, o‘quv fanlari (modullar) dasturlari, malaka amaliyot dasturlaridan iborat hujjatlar to‘plami; Ta’lim standarti – ta’lim hajmi va mazmunini, bitiruvchilar umumiy va kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishning zarur va yetarli darajasini, kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilishni hamda baholash darajalarini belgilaydigan meyorlar va talablar majmui; Texnikum – xalqaro tasniflagichning 5-darajasigacha mos keluvchi va oliy ta’lim tizimi bilan integratsiyalashgan ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlaydigan hamda oliy ta’lim muassasalari huzurida faoliyat yuritadigan ta’lim muassasalari; Umumiy kompetensiya – bilim, ko‘nikma va amaliy tajriba asosida kasbiga yaqin faoliyat turlarining ko‘pchiligi uchun umumiy bo‘lgan masalalarni hal etishda muvaffaqiyatli faoliyat yuritish qobiliyati; O‘rta maxsus professional ta’lim – xalqaro tasniflagichning 5-darajasiga mos keluvchi ta’lim dasturlari;
Bilish, anglash-dunyo haqidagi yangi bilimlar hisoblanadigan subekt va obektning o`zaro ta’sirini, voqelikning ruxiyatda qayta ta’sir etilishi va aks ettirish jarayonidir. Dars- ma’lum maqsad asosida, belgilangan vaqtda alohida, bir xil yoshdagi o`quvchilar, yoshlar bilan o`qituvchi raxbarligida olib boriladiganta’lim jarayoni. Darslik- maxsus ravishda o`quvchilar uchun yozilgan kitob darslik deb ataladi. Shaxs dinamikasi – kishining ontogenetik rivojlanishini o`z ichiga olgan holda subektning xususiyatlari va sifatining vaqtga nisbatan o`zgarish jarayoni. Shaxsiy fazilat – shaxs tomonidan o`zining axloqiy, ruxiy va ishchanlik qobiliyatining ijtimoiy ahamiyatini, jamiyatdagi o`rnini anglay olish xususiyati. Evristik – ilmiy tadqiqotning mantiqiy usullari va metodik ko`rsatmalari. Empirik – tajribaga asoslangan. Empirik bosqich – tadqiqot obekti to`g`risida har tomonlama tasavvur xosil qilish, ta’lim amaliyoti, ilmiy bilimlar saviyasi va xodisalar moxiyatiga erishishga bo`lgan talab o`rtasidagi ziddiyat, ilmiy muammoni nomlash. O‘z-o‘zini baholash – shaxsning o`z psixologik sifatlari, xulqi, yutuqlari va muvaffaqiyatsizliklari, qadrqimmati, kamchiliklarini baholay olishi. O`qitish – ta’lim oluvchining bilish faoliyatini boshqarishga qaratil­gan o`qituvchining faoliyati. O‘qitish – 1) ta’limning o`ziga xos usuli bo`lib, shaxsga nazariy va amaliy bilimlar berish jarayonida uning rivojlanishi ta’minlanadi; 2) talaba va o`qituvchi, talabaning boshqa talabalar bilan aloqasi natijasi ularoq atrof-muxit, uning qonuniyatlari, taraqqiyot tarixi va ularning o`rganilish usullarini bilishning muntazam boshqarilish jarayoni. O‘qish– o`quvchinnng o`z qobiliyati, bilimi, malaka va ko`nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan xarakat O`quv-bilish faoliyati – insoniyat tomonidan to`plangan madaniy boylikni egallash bilan bog`liq faoliyat. O`quv faoliyati - shaxsning yangi bilim, malaka va ko`nikmalarni egallash jarayoni. O`qituvchining innovatsion faoliyati – ijtimoiy pedagogik fenomen bo`lib, ijobiy imkoniyatni aks ettirish, kundalik faoliyatdan chetga chiqishdir. Ta’lim vazifasi – ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlanish vazifalari. Ta’lim turlari – ta’lim metodi, ta’lim berish, izohlash-namoyish etish asosida o`qitish, bilimlarni mustaqil egallash, dasturlashtirilgan ta’lim, o`quv jarayonini algoritmlash, differensiatsiyali hamda indnvidual ta’lim va boshqalar. Talabalarni kasbga yo`naltirish-talabalarga kelajakda o`z kasblarini aniqlab olish uchun yordam ko`rsatishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy, psixologik, pedagogik, tibbiy-biologik va ishlab chiqarish texnik tadbirlarnnng asoslangan tizimi. Pedagogikaning nazariy vazifasi- ilg`or va yangi pedagogik tajribalarni o`rganish. Pedagogikaning texnologik vazifasi - pedagogik xodisalar holatini aniqlash; bashorat qilish sathi – pedagogik faoliyatni ekspremental tadqiq qilish va shu asosda pedagogik voqelikni yaratish modellarini o`rnatish; loyiha sathi- pedagogik faoliyatning nazariy konsepsiyasi, uning mazmuni va xarakteri asosida ularga muvofiq metodik materiallar (o`quv reja, dastur, darslik va o`quv ko`llanmasi, pedagogik tavsiyanomalar) ishlab chiqish; yaratuvchilik sathi – pedagogik fan yutuqlarini takomillashtirish va qayta rejalashtirish maqsadida ta’lim amaliyotiga tatbiq etish; reflsktik tuzatma (korrektirovka) sathi – ilmiy tadqiqotlar natijalarining ta’lim va tarbiya amaliyotiga singib ketishini baholash. Pedagogik jarayon – ta’lim masalalari, uning taraqqiyotini hal qi­lishga qaratilgan, maxsus tashkil etilgan pedagog va tarbiyalanuvchilarning maqsadli o`zaro munosabatlari. Pedagogik jarayon tamoyillari – pedagogik faoliyatni tashkil etishning asosiy talablari bilib, u pedagogik jarayonning yo`nalishini ko`rsatadi va uning qonuniyatlarini ochib beradi. Pedagogik texnika– 1) Har bir ta’lim oluvchiga va jamoaga pedagogik ta’sir o`tkazishning samarali qo`llash uchun zarur bulgan malaka va ko`nikmalar majmuasi; 2) Har bir ta’lim oluvchi va jamoaning faolligini pedagogik jihatdan ta’minlash uchun zarur bo`lgan malaka va ko`nikmalar. Malaka – muayyan toifadagi vazifalarni hal qilish imkoniyatiga ega bo`lgan mutaxassisning kasbiy pedagogik tayyorgarligi darajasi va turi. Masala – pedagogik jarayonning asosiy birligi, o`ziga xos tizimidir. U voqelikni bilish va qayta yaratish zaruriyati bilan bog`liq tafakkur qilinadigan pedagogik vaziyatdir. Ta’lim qatnashchilarining ma’lum bir maqsadini ko`zlagan ta’lim va tarbiyadagi moddiylashtirilgan vaziyatdir. Mahorat – pedagogik jarayonni bilish, uni tashkil eta olish, xarakatga keltira olish (A.S. Makarenko), pedagogik jarayonning yuqori samaradorligini belgilovchi shaxsning ish sifati va xususiyatlari sintezi. Muloqot – ta’lim oluvchilarning maqsadlari hamda ularning birgalikdagi faoliyatlari mazmunidan kelib chiqadigan o`zaro aloqalarni o`rnatish va rivojlantirishni, bir-birini anglash va qo`llab-quvvatlashni tashkil etishning ko`p qirrali jarayoni. Tizim – shaxsni rivojlantirish va yaxlit pedagogik jarayon­ni birlashtirgan ta’limning o`zaro bog`langan tashkiliy tuzilmasi. Psixologiya – I) shaxsning obektiv borliqni faol aks ettirish jarayonini o`rganuvchi fan; 2) ma’lum bir faoliyat turining o`zaro shartlangan psixik jarayonlar to`plami; 3) psixika, xarakter xususiyati, ko`ngil xazinasi. Ratsionalizatsiya – metodlarni takomillashtirish. Releksatsiya – kuchli xayajon va jismoniy zo`riqishdan so`ng yengil yurish, tinchlanishning umumiy holati. Suhbat – kuzatuv juda yetarli darajada aniq, bo`lmagan zarur axborotni olish uchun qo`llanadigan tadqiqot metodi. Tadqiqot obekti – ziddiyat va muammoli vaziyat tug`diruvchi, bilishga qaratilgan ilmiy taxlilga muxtoj obekt. Tadqiqot predmeti – bevosita o`rganilishi lozim bo`lgan va amaliy yoki nazariy jihatdan muhim ahamiyat kasb etadigan obektning mohiyati, ma’lum bir tomoni, xususiyati. Ta’lim – I) shaxsning jismoniy va ma’naviy shakllanishining yagona jarayoi, ijtimoiy etalonlarning ijtimoiy ong sifatida u yoki bu darajada qayd qilingan, tarixan shartlangan ideal timsollarga ongli yo`naltirilgan ijtimoiylashish jarayoni; 2) muayyan bilimlarni egallash g`oyaviy-axloqiy qadr, malaka, ko`nikma, axloq meyorlariga qaratilgan jamiyat a’zolarining ta’lim va tarbiyasi vazifasini bajaradigan nisbiy mustaqil tizim Tarbiya – 1) shaxsning ma’naviy va jismoniy holatiga muntazam va maqsadga muvofiq, tasir etish; 2) pedagogik jarayonda ta’lim maqsadlarini amalga oshirish uchun pedagog va tarbiyalanuvchilarning maxsus tashkil etilgan faoliyati. Tafakkur – inson aqliy faoliyatnning oliy shakli, insonlarni o`rab olgan duyodagi o`zaro bog`langan narsa va hodisalarni bilish jarayoni, muhim xayotiy jarayonlarni xis qilish va muammolarni hal qilish, ma’lum bo`lmagan voqea hodisalarni qidirish, kelajakni ko`ra olish. Tafakkur, tushuncha, hukm, xulosa shakllarida namoyon bo`ladi. Boshlang‘ich professional ta’lim – YUNESKO tashkiloti tomonidan qabul qilingan ta’limning xalqaro standart tasniflagichi (keyingi o‘rinlarda xalqaro tasniflagich deb ataladi) 3-darajasiga mos keluvchi ta’lim dasturlari; Kasb – maxsus tayyorgarlik va ish tajribasi natijasida ma’lum bir sohada mehnat faoliyatni amalga oshirish uchun lozim bo‘lgan nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikma va malakalar majmuasini egallagan, jismoniy imkoniyat, aqliy qobiliyat va huquqlari ta’minlangan mehnat faoliyati (mashg‘uloti)ning turidir; Kasbiy kompetensiya – bilim, ko‘nikma va amaliy tajriba asosida kasbiy faoliyatga tegishli vazifalarni bajarishda faoliyat yuritish qobiliyati; Kasb-hunar maktabi – xalqaro tasniflagichning 3-darajasiga mos keluvchi ta’lim dasturlari asosida 9-sinf bitiruvchilarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan boshlang‘ich professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan ta’lim muassasalari; Kvalifikatsiya – kasbiy mahorat darajasi yoki pog‘onasi kasbiy talablarning muayyan pog‘onasiga muvofiqligi darajasi; Kollej – xalqaro tasniflagichning 4-darajasigacha mos keluvchi ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlaydigan vazirliklar va idoralar tizimida faoliyat ko‘rsatadigan ta’lim muassasalari; Kompetensiya – bilim, ko‘nikma, malaka va shaxsiy sifatlar majmui; Ko‘nikma – muayyan vazifani bajarish uchun egallangan qobiliyat; Mutaxassislik – biror kasb doirasida ma’lum bir faoliyat turi uchun maxsus tayyorgarlik va amaliy tajribasi bilan erishilgan zarur bilim, ko‘nikma va malakalar majmui; Professional standart – xodimga ma’lum bir kasbiy faoliyat turini, shu jumladan, ma’lum bir mehnat funksiyasini bajarish uchun zarur bo‘lgan malaka talablari; Professional ta’lim – ta’lim oluvchilarda ma’lum bir mutaxassislik va kasblar bo‘yicha kasbiy kompetensiyalarni shakllantiradigan va rivojlantiradigan uzluksiz ta’lim tizimi; Tabaqalashtirilgan ta’lim dasturi – xalqaro tasniflagichning tegishli darajalariga muvofiq boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’limda kadrlar tayyorlash uchun kasb yoki mutaxassisliklarning murakkablik darajalari, o‘qitish muddatlari bir-biridan farq qiladigan ta’lim dasturi; Ta’lim dasturi – professional ta’lim muassasasi bitiruvchisiga muayyan egallagan kasb yoki mutaxassislik bo‘yicha kasbiy faoliyatni malakali bajarish imkonini berishga qaratilgan professional ta’lim tayyorgarligining asosiy mazmunini aniqlovchi ta’lim standartlari, o‘quv rejasi, o‘quv fanlari (modullar) dasturlari, malaka amaliyot dasturlaridan iborat hujjatlar to‘plami; Ta’lim standarti – ta’lim hajmi va mazmunini, bitiruvchilar umumiy va kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishning zarur va yetarli darajasini, kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilishni hamda baholash darajalarini belgilaydigan meyorlar va talablar majmui; Texnikum – xalqaro tasniflagichning 5-darajasigacha mos keluvchi va oliy ta’lim tizimi bilan integratsiyalashgan ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlaydigan hamda oliy ta’lim muassasalari huzurida faoliyat yuritadigan ta’lim muassasalari; Umumiy kompetensiya – bilim, ko‘nikma va amaliy tajriba asosida kasbiga yaqin faoliyat turlarining ko‘pchiligi uchun umumiy bo‘lgan masalalarni hal etishda muvaffaqiyatli faoliyat yuritish qobiliyati; O‘rta maxsus professional ta’lim – xalqaro tasniflagichning 5-darajasiga mos keluvchi ta’lim dasturlari; O‘rta professional ta’lim – xalqaro tasniflagichning 4-darajasiga mos keluvchi ta’lim dasturlari; O‘qitishning dual tizimi – ta’limning nazariy qismi ta’lim muassasasida va amaliy qismi ish joylarida tashkil etiladigan o‘qitish turi; O‘quv rejasi – professional ta’limning muayyan kasbi yoki mutaxassisligi bo‘yicha o‘quv faoliyati turlari, o‘quv fanlari (modullari) va kurslari hamda malaka amaliyotlari tarkibi, ularni o‘rganish izchilligi, soha va tarmoqlarda ish turlarining mavsumiyligini hamda soatlardagi hajmini belgilaydigan hujjat; O‘quv dasturi – professional ta’lim o‘quv rejasiga kiritilgan fanlar va amaliyotlarning mazmuni, o‘qitishning maqbul usullari, axborot manbalari ko‘rsatilgan hujjat; O‘quv jarayonining grafigi – ta’lim jarayonining ketma-ketligi va almashuvchanligini, attestatsiya va ta’til vaqtlarini belgilovchi hujjat.
O‘rta professional ta’lim – xalqaro tasniflagichning 4-darajasiga mos keluvchi ta’lim dasturlari; O‘qitishning dual tizimi – ta’limning nazariy qismi ta’lim muassasasida va amaliy qismi ish joylarida tashkil etiladigan o‘qitish turi; O‘quv rejasi – professional ta’limning muayyan kasbi yoki mutaxassisligi bo‘yicha o‘quv faoliyati turlari, o‘quv fanlari (modullari) va kurslari hamda malaka amaliyotlari tarkibi, ularni o‘rganish izchilligi, soha va tarmoqlarda ish turlarining mavsumiyligini hamda soatlardagi hajmini belgilaydigan hujjat; O‘quv dasturi – professional ta’lim o‘quv rejasiga kiritilgan fanlar va amaliyotlarning mazmuni, o‘qitishning maqbul usullari, axborot manbalari ko‘rsatilgan hujjat; O‘quv jarayonining grafigi – ta’lim jarayonining ketma-ketligi va almashuvchanligini, attestatsiya va ta’til vaqtlarini belgilovchi hujjat.

Foydalanilgan adabiyotlar



  1. O’zbek tili (Universitet va pedagogika institutlari uchun) qayta ishlangan 2-nashr T. “O’zbekiston” 1992 y.

  2. A.Nurmatov va boshqalar. O’zbek tilining nazariy sintaksisi T.

  3. R.Rasulov. So’z valentligi va sintaktik a’loqa “O’zbek tili va adabiyoti” jurnali № 5-6 1992 y.

  4. A.Aliev, K. Sodiqov. O’zbek adabiy tili tarixidan. (Universitet talabalari uchun darslik) T. “O’zbekiston”. 1994 y.

  5. B.Abdurahmonov, S.Mamajanov o’zbek tili va adabiyoti (Oliy o’quv yurti talabalari uchun darslik) T. “O’zbekiston” 1995 y.

  6. M. Mirtojiev Mantiqiy predikatning ega vazifasida kelishi. “O’zbek tili va adabiyoti” jurnali № 2 1995 y.

  7. F.Ubaeva, R. Saydullaeva to’liqsiz gaplar to’g’risida ba’zibir mulohazalar. “O’zbek tili va adabiyoti” jurnali № 1 1997 y.

  8. A.Xo’jiev. So’zning morfem tarkibi masalalariga doir. “O’zbek tili va adabiyoti” jurnali 1998 y.

  9. www.ziyonet.uz

Download 35.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling