Ta`limning yangi modeli jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib keladi
Download 43.5 Kb.
|
kasrni bolish 5 sinf
- Bu sahifa navigatsiya:
- I.Tashkiliy qism
- II. Uyga vazifani tahlili
- IV.Dars yakuni
Mavzu: O`nli kasrga bo`lish Darsning ta`limiy maqsadlari: 1.Ta`limiy maqsadi: O`quvchilarda o`nli kasrlar yechishga oid bilim va ko`nikma hosil qilish. 2.Tarbiyaviy maqsadi: O`quvchilarni dunyoqarashini kengaytirish aqliy rivojlantirishga yordam berish. 3.Amaliy rivojlantiruvchi maqsadi: O`quvchilarning mustaqillik topqirlik xislatlarini o`stirish. Darsning turi: Noananaviy dars Darsning uslubi: Musobaqa o`yin Darsning jihozi: Matematik abak,tarqatma,matematik klas,ko`pxonali sonlar yozilgan plakatlar. Darsning borishi: I.Tashkiliy qism O`qituvchi: Sozlarning eng shirini Ochiq aytay sirini Odob bo`g`in sharbatin Qalb gavharin qimmatin Qo`l berib shu so`z bilan Dillar qulfin ochamiz Aql nurin sochamiz Qaysi shirin so`z ekan? O`quvchi: Assalom_u alaykum. O`qituvchi: Bir haftada yetti kun Yeti kun_u yetti tun To`g`ri ayting bolalar Ayting bu kun qaysi kun? O`quvchi: Juma O`qituvchi: Qani bolajonlarim Mehri qaynoq buloqlarim Bugun hamma sog`lommi? Darsga hamma tayyormi? O`quvchi: Ustoz bizlar sog`lommiz Darsimizga tayyormiz O`qituvchi: Bizning shiorimiz O`quvchi: Matematika kerak Har bir o`g`il va qizga Aqlni va fikrni Soladi yaxshi izga O`qituvchi: Aziz o`quvchilar siz o`tmishni buyuk xalqning farzandisiz,ota-bobolaringiz bilan faxrlaningiz,ularni dunyo ma`rifatiga qo`shgan javohirlari bilan g`ururlansangiz arziydi. Matematika fanini rivojlanishiga hissalarini qo`shgan allomalardan kimlarini bilasiz? O`quvchi: al-Xorazmiy, al-Beruniy, al-Farg`oniy. Mirzo Ulug`bek II. Uyga vazifani tahlili: O`tilgan mavzuni so`rash. Uyga berilgan misollarni yechilishini tekshirish va ular bilan birga tahlil qilish. III. Darsning bayoni: Yangi mavzuni e`lon qilib mavzuni yozuv taxtasiga yozib qo`yaman.Keyin mavzuni o`quvchilarga tushuntiraman. 1.Mavzu bayoni. Sonni o’nli kasrga bo’lish uchun - bo’luvchida verguldan keyin nechta raqam bo’lsa, bo’linuvchida ham bo’luvchida ham vergul o’shancha xona o’ngga suriladi; - so’ng bo’lish o’nli kasrni natural songa bo’lgan kabi amalga oshiriladi. 1-misol. 19.376ni 3.46 ga bo’laylik . Bo’luvchi 3.46 da verguldan keyin 2 ta raqam bor. Shuning uchun bo’luvchi 19.376da ham, bo’luvchi 3.46 da ham vergulni o’ngga 2 honaga suramiz. Natijada, 1937,6 va 346 sonlarini hosil qilamiz. O’nli natural songa bo’lish holiga keldik. Bo’lishni bajarib 1937,6/346=5.6 ekanligini topamiz. Demak 19.376 ning 3.46 ga bo`linmasi ham 5.6 ga teng bo`ladi: 19.376/3.46=5.6 javob:5.6 2-misol. 5.248 ni 0.01 ga bo`laylik. Bo`linuvchi 55.248 da ham, bo`luvchi 0.01 da ham vergulni 2 hona o`nga surib,524.8/1=524.8 ni hosil qilamiz. Demak, 5.248/0.01=524.8 javob 524.8 bundan quyidagi qoidaga kelamiz. O`nli kasr hamda 0.1;0.01;0.001. va hokazo (bir nechta nollar va birdan iborat) sonlarning bo`linmasini topish uchun o`nli kasrdagi vergulni bu sonlarda birdan oldin nechta nol turgan bo`lsa, o`shancha xona o`nga surish kifoya. Agar nollar yetishmasa oldin o`nli kasr oxirigacha keragicha nollarni yozish kerak bo`ladi. Masalan, 39.12/0.0001=39.1200/0.0001=391200. O`nli kasrni 0.1; 0.01; 0.001; va hokazo sonlarga bo`lish –uni mos ravishda 10.100.1000 va hokazo sonlarga ko`paytirish demakdir va aksincha, o`nli kasrni 10,100,1000 va hokazo sonlarga bo`lish –uni mos ravishda 0.1; 0.01; 0.001 va hokazo sonlarga ko`paytirish demakdir. 3-misol Bo`lishni bajaring: a) 17.4 /0.6= b) 30.6/0.9= d) 17.28/7.2= e)4.95/1.5= f)0.343/0.7= g)1.624/5.6= Sinfdagi o`quvchilarni 3 guruhga ajrataman va darsni musobaqa qilib o`tkazaman. 1-guruh Epchillar 2-guruh Zukkolar 3-guruh Bilimdonlar 1-shart. Darslikda berilgan 3 misolga har guruhdan bitta o`quvchilarni chiqarib bittadan misol yechtiraman.Qaysi guruh a`zosi oldin va to`g`ri ishlasa o`z guruhidan 2-o`quvchini chiqaradi 2ta misolni to`g`ri va oldin ishlasa o`z guruhidan 2-o`quvchini chiqaradi.2ta misolni to`g`ri va oldin bajarsa guruhiga rag`batlantiruvchi geometrik shakllarni beraman. 1-bo`lgan guruhga beshburchak 2-bo`lgan guruhga to`rtburchak 3-bo`lgan guruhga uchburchak 2-shart.Dam olish daqiqasi Bu shartda “Klaster” usulidan foydalanaman.Bunda 3 ta guruhning har biriga turli o`lchov birliklarini topib qo`yishi so`raladi. Shart bajarilgandan keyin o`quvchilarni rag`batlantiraman. Har bir guruhning yig`gan ballarini hisoblab g`olib guruhni aniqlayman. Keyin o`quvchilarni baholab quyidagi misralarni keltiraman. Matematika fani yuksalmoqda kun sayin, Bo`limlari hilma-hil, qay birini aytayin. Qancha-qancha muammo hal etilgan ushbu on, Kompitur savodi quloch yoymoqda chunon. Matematika fani go`zallikka boy juda, Go`zal yechim,go`zal son,go`zal chizma serjilo. Boshqotirgich hammani aqlini peshlasa gar, Topishmoqli misollar o`ylashga majbur etar. IV.Dars yakuni Uyga vazifa: 6-misol. Download 43.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling