Fani bo’yicha O’quv-uslubiy majmua bilim soxasi


O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonuni va uning ahamiyati


Download 2.21 Mb.
bet114/224
Sana14.10.2023
Hajmi2.21 Mb.
#1703301
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   224
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi

O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonuni va uning ahamiyati.
O‘zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuni 1996 yil 30 avgustda qabul qilingan bo‘lib, u o‘z ichiga 24 ta moddani oladi:
1-modda. Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
2-modda. Buxgalteriya hisobining maqsadi va vazifalari
3-modda. Buxgalteriya hisobi sub’ektlari
4-modda. Buxgalteriya hisobi ob’ektlari
5-modda. Buxgalteriya hisobi va hisobotini tartibga solish
6-modda. Buxgalteriya hisobining asosiy qoidalari
7-modda. Buxgalteriya hisobini tashkil etish
8-modda. Imzo huquqi
9-modda. Boshlang‘ich hisob hujjatlari
10-modda. Buxgalteriya hisobi registrlari
11-modda. Aktivlar va majburiyatlarni inventarizatsiya qilish
12-modda. Aktivlar va majburiyatlarni baholash
13-modda. Daromadlar va xarajatlarni hisobga olish
14-modda. Xususiy kapitalni hisobga olish
15-modda. Garovni hisobga olish
16-modda. Moliyaviy hisobot
17-modda. Umumlashtirilgan moliyaviy hisobot
18-modda. Moliyaviy hisobotning hisobot davri
19-modda. Moliyaviy hisobotni taqdim etish
20-modda. Moliyaviy hisobotni e’lon qilish
21-modda. Tugatish vaqtida moliyaviy hisobot
22-modda. Buxgalteriya axborotining maxfiyligi
23-modda. Buxgalteriya hujjatlarini saqlash
24-modda. Buxgalteriya to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik


Xo‘jalik sub’ektlarida buxgalteriya hisobining vazifalari va funksiyalari.
Hozirda buxgalteriya hisobi asosan quyidagi funksiyalarni bajaradi:
1. Xo‘jalik hisobi tarmoqlari korxona, tashkilot va muassasalarda sodir bo‘layotgan xo‘jalik jarayonlarini kuzatib borish.
2. Kuzatish orqali olingan ma’lumotlarni miqdoriy ko‘rsatmalarda ifodalash.
3. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatlarini kuzatish natijalarini maxsus hujjatlarda qayd etish.
4. Maxsus hujjatlarda aks ettirilgan ma’lumotlarni umumlashtirish va guruhlashtirish, xo‘jalik jarayonlari ustidan nazorat o‘rnatish hamda ularga ta’sir etish.
Bozor munosabatlari sharoitida ham buxgalteriya hisobi oldida quyidagi uch asosiy vazifa turadi:
1. Korxona boshqaruvini mablag‘lar va uning tashkil topish manbalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan o‘z vaqtida ta’minlash.
2. Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt mulkini muhofoza qilish. Korxona qaysi mulkchilik shakliga asoslanganidan qat’iy nazar buxgalteriya hisobi shu korxona mulkiga nisbatan tejamli munosabatda bo‘lishni, uni har xil nobudgarchiliklardan ehtiyot qilishni, ular harakatini uzluksiz nazorat qilib, ulardan oqilona foydalanishni ta’minlashi lozim.
3. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda xo‘jalik hisobini joriy etib, uni mustahkamlash va iqtisodiy rejim (tejamkorlik)ni joriy etish hamda takomillashtirib borish.

Download 2.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling