Fani bo’yicha O’quv-uslubiy majmua bilim soxasi


Hisobotga ilovalar, tushuntirishlar va ma’lumotlar


Download 2.21 Mb.
bet113/224
Sana14.10.2023
Hajmi2.21 Mb.
#1703301
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   224
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi

8. Hisobotga ilovalar, tushuntirishlar va ma’lumotlar.
Buxgalteriya hisoboti avvalom bor korxona mulki tarkibi hamda korxona moliya natijalarini ko‘rsatib beradi. Undan tashqari, bu hisobotda boshqa korxonalar bilan bo‘ladigan hisob-kitoblar, moliya tashkilotlari va bank muassasalari bilan bo‘ladigan hisob-kitoblar aks ettiriladi. Hisobot ma’lumotlarini mana shunday to‘liq berilishi shu bilan belgilanadiki, korxona mustaqil iqtisodiy ob’ekt deb qaraladi.
Yillik buxgalteriya hisobotiga 15-20 varaqdan ko‘p bo‘lmagan tushuntirish xati ilova qilinadi. Bu tushuntirish xatida korxona faoliyati so‘nggi natijasiga ta’sir etgan asosiy omillar, korxonaning yillik hisoboti natijalari bo‘yicha qabul qilgan qarorlari va sof foyda taqsimlanishi, buxgalteriya hujjatlarini tekshirish haqida auditor xulosasi ko‘rsatib o‘tiladi. Agar yil boshiga boshlang‘ich balans o‘zgartirilgan bo‘lsa, u holda tushuntirish xatida o‘zgartirish sabablari ko‘rsatib o‘tiladi. SHu ningdek, unda hisobot yilidagidan boshqacha hisob siyosatini qo‘llashga doir qaror qilingan bo‘lsa, u haqida ham ma’lumot beriladi.


9. Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etishning konseptual asoslari (BHMS asosida).
Ushbu konseptual asos O‘zbekiston Respublikasining "Buxgalteriya hisobi to‘grisida"gi Qonuni asosida ishlab chiqilgan va foydalanuvchilar uchun moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish asosini tashkil etuvchi tushunchalarni belgilab beradi.
Ushbu konsepsiyaning maqsadi quyidagilarga yordam berishdan iborat:
1. Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot tizimini tartibga soluvchi davlat organi - O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga - buxgalteriya hisobi milliy standartlarini (keyingi o‘rinlarda BHMS) rivojlantirish va ularni qayta ko‘rib chiqishda;
  • Moliyaviy hisobotni tayyorlovchi shaxslarga - BHMS dan foydalanishda;


  • Auditorlarga - BHMS moliyaviy hisobotiga mos keladigan xulosalarni tayyorlashda;


  • Moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarga - moliyaviy hisobotdagi ma’lumotlarni tahlil qilishda.


Konsentual asos BHMS hisoblanmaydi va biron-bir nizoli masalani baholash yoki tushuntirish uchun uning ta’riflarini o‘z ichiga olmaydi. Ushbu konseptual asosdagi mavjud qoidalar buxgalgeriya hisobining alohida bir standartini rad etmaydi.


Ayrim hollarda, agar konseptual asos bilan BHMS o‘rtasida ziddiyatlar bo‘lsa, - BHMSning talablari konseptual asos talablaridan ustun kelsa, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi BHMSni ishlab chiqishda ushbu konseptual asosga amal qiladi va ana shu ziddiyatlarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘radi.
4. Konsentual asos buxgalgeriya standartlarining amaliy faoliyatini hisobga olgan holda O‘zbekisgon Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ko‘rib chiqiladi.



Download 2.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling