Fani bo’yicha O’quv-uslubiy majmua bilim soxasi


Buxgalteriya hisobini tashkil qilishning xuquqiy va me’yoriy asoslari


Download 2.21 Mb.
bet125/224
Sana14.10.2023
Hajmi2.21 Mb.
#1703301
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   224
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi

Buxgalteriya hisobini tashkil qilishning xuquqiy va me’yoriy asoslari.
Qisqa davr ichida respublikamizda buxgalteriya hisobi tizimining shakllanib borishida olimlarimiz, mutaxassislarimiz tomonidan ko‘plab ilmiy, nazariy, amaliy ishlar qilindi va qilinmoqda. Masalan, 1996 yil 30 avgustda buxgalteriya hisobi tizimining huquqiy asosi hisoblangan O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida» gi qonuni qabul qilindi.
XX asrning oxirlariga kelib, O‘zbekiston Respublikasi mustaqil tarzda xalqaro bozor maydoniga yuz tuta boshladi. Natijada boshqa sohalar kabi amaldagi buxgalteriya hisobi tizimida ham yangicha atamalar, fikrlash va qarashlar yuzaga keldi. Bunday o‘zgarish va islohotlarga moslashish talabi negizida an’anaviy buxgalteriya hisobi tizimida yangilanish bosqichini tez va og‘ishmay amalga oshirish natijasida Buxgalteriya Hisobi Milliy Standarti (BHMS) shakllana boshlandi. Hozirda Buxgalteriya Hisobi Milliy Standartining 24 ta standarti ishlab chiqildi va amaliyotga joriy qilindi va uni rivojlantirish davom etmoqda.
Hisobning paydo bo‘lishi bevosita kishilik jamiyatining vujudga kelishi bilan bog‘liq. Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, ibtidoiy jamoa tuzumi davrida hisobdan foydalanishgan. qabila boshlig‘i o‘z qabilasini saqlab qolish uchun qaysi fasl qachon keladi, qabilasida qancha odam bor, ular uchun qancha oziq-ovqat to‘plash kerak kabi hisob-kitoblarni amalga oshirgan. Dastlab hisob qurollari sifatida qo‘l barmoqlaridan foydalanilgan (ba’zi hollarda bu odatdan hozir ham foydalanamiz). Hozirda ham jamiyatning bir bo‘lagi hisoblangan har bir oilaning o‘z hisob-kitobi bor. Qaysi oilada hisob-kitob yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, o‘sha oilaning turmush sharoiti yaxshi. Bundan ko‘rinib turibdiki, hisob insonlarning hayotiy borlig‘i va hamkoridir.
Bu atama respublikamiz hisob tizimida 1998 yil 26 iyuldagi O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 17-07/86-sonli yo‘riqnomasi bilan buxgalteriya hisobi milliy standartining 1-sonli «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot» standartida o‘z ifodasini topdi. Ushbu standartda hisob siyosatiga ta’rif berilmagan bo‘lsada, lekin u respub­likamiz iqtisodiyoti va fanida «Hisob siyosati» atamasini qo‘llashning birinchi asosiy manbalaridan hisoblanadi.
«Hisob siyosati» — bu buxgalteriya hisobini tashkil qilishda umumqabul qilingan me’yoriy hujjatlar, tamoyil va usullarni xo‘jalik yurituvchi sub’ekt o‘zining xususiyatlariga mos holda qo‘llashini ifodalovchi huquqiy kuchga ega bo‘lgan hujjatlar majmuasidir.
Blits-so‘rov” uchun savollar:
  • Iqtisodiy faoliyatni boshqarishda hisob o‘rni va ahamiyati.


  • Xo‘jalikdagi hisobning qanday turlari mavjud?


  • Xo‘jalikdagi hisob turlariga qanday talablar qo‘yiladi?


  • Hisob turlarida qanday o‘lchov birliklari qo‘llaniladi?





Download 2.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling