Fani bo’yicha O’quv-uslubiy majmua bilim soxasi


D-t 4010-«Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar»


Download 2.21 Mb.
bet82/224
Sana14.10.2023
Hajmi2.21 Mb.
#1703301
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   224
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi

D-t 4010-«Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar»
K-t 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar»
K-t 9010-«Mahsulot sotishdan olingan daromad». 4010-«Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» hisobvarag‘i aktiv bo‘lib, uning saldosi xaridor va buyurtmachilarning korxonadan sotilgan mahsulot (ish, xizmat) lar bo‘yicha qarzini ko‘rsatadi, debet oboroti hisobot oyida topshirilgan mahsulot, * bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarning sotish qiymatini, kredit oboroti esa hisobot oyida xaridorlar tomonidan to‘langan summani ko‘rsatadi.
Xaridorlarga yuklab jo‘natilgan mahsulotlar harakatining hisobi 16-kaydnomaning 2-bo‘limida yuritiladi. Yuklab jo‘natilgan va sotilgan mahsulotlarning hisobvaraqlari bo‘yicha sintetik hisob 11-jurnal-orderda yuritiladi. Bu jurnal-order 2810, 9410, 9010, 9020, 9030, 9210, 9220, 4010-hisobvaraqlarning kredit oborotlarini va 9010, 9020, 9030-hisobvaraqlarning analitik ma’lumotlarini yozish uchun muljallangan. 11-jurnal-order 15 va 16-vedomostlarning analitik ma’lumotlariga asosan to‘ldiriladi hisobot davri yakunida 9010, 9020, 9030-hisobvaraqlar yopiladi:
D-t 9010, 9020, 9030-hisobvaraqlar K-t 9900-«Yakuniy moliyaviy natija».
Shu bilan birga sotilgan mahsulotning tannarxi ham hisobot davri yakunida yakuniy moliyaviy natijaga o‘tkaziladi: D-t 9900-«Yakuniy moliyaviy natija» K-t 9110, 9120, 9130.

Korxonalar o‘z mahsulotlarini sotilishini hisobga olish bilan bir qatorda mahsulot (ish, xizmat) lar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini (QQS) ham hisobga olib borishlari shart. O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi va Davlat Soliq Qo‘mitasi 1997 yil 5 dekabrda «Ishlab chiqariladigan va sotiladigan tovarlar (ish va xizmat) bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risida» yo‘riqnomani ishlab chiqdi va 1998 yil 1 yanvardan boshlab amalda qo‘llash uchun tavsiya kilindi. Mazkur yo‘riqnomada umumiy qoidalar, soliq to‘lovchilar, soliqqa tortish ob’ektlari, soliqqa tortish oborotlarini aniqlash, soliqqa tortish oborotlarini korrektirovka qilish, soliq imtiyozlari hamda stavkalari byudjetga to‘lanishi kerak bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini aniqlash tartibi, schyot-faktura soliqni to‘lash muddatini taqdim qilish, soliq to‘lovchilarning mas’uliyati, soliq idoralarining nazorati batafsil bayon qilingan.


O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq O‘zbekiston xududida tadbirkorlik faoliyati bilan shugullanuvchi yuridik shaxslar qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchilar bo‘lib hisoblanadilar. Yuridik shaxslar deganda soliqqa tortish maqsadida mulkka ega bo‘lgan korxona, birlashma, tashkilotlarning hamma turlari, xo‘jalik yurituvchi yoki mulkni operativ boshqaruvchi, bu mulkka o‘zining majburiyati bo‘yicha javob beruvchi hamda mustaqil balans va hisob-kitob schyotiga ega bo‘lgan korxonalar tushuniladi.

Download 2.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling