Fani darsligi mavzulari bo‘yicha


Download 220.69 Kb.
bet9/35
Sana25.10.2023
Hajmi220.69 Kb.
#1720333
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   35
Bog'liq
11-SINF ADABIYOT MAVZULASHTIRILGAN TESTLAR

«DEVONU LUG‘OT AT-TURK».
«DEVONU LUG‘OT AT-TURK» ASARI HAQIDA.
«ALP ER TO‘NGA MARSIYASI».
«ALP ER TO‘NGA MARSIYASI» HAQIDA. MARSIYA HAQIDA TUSHUNCHA.

QADIMGI MAQOLLAR. QADIMGI MAQOLLAR HAQIDA.

(Darslikda 52–69-betlar)




  1. Mahmud Koshg‘ariy qaysi shaharda dunyoga kelgan?

    1. Koshg‘ar B) Bolasog‘un

C) Sayram D) Taroz

  1. Mahmud qayerdagi maktab va madrasalarda ilmini oshirgan?

    1. Buxoro, Marv, Nishopur, Hirot, Bag‘dod

    2. Samarqand, Buxoro, Marv, Hirot

    3. Buxoro, Marv, Nishopur, Bag‘dod, Samarqand

    4. Xiva, Buxoro, Marv, Nishopur, Samarqand

  2. M. Koshg‘ariy «Devonu lug‘ot at-turk» asarida qaysi xalqlar haqida:

«...shaharlari, qishloq va yaylovlarini, ko‘p yillar kezib chiqdim, lug‘otlarini to‘pladim», – deydi?

    1. o‘g‘uzlar, qipchoqlar, boshqirdlar, turkmanlar, chigillar, qozoqlar

    2. turklar, turkmanlar, o‘g‘uzlar, uyg‘urlar, qozoqlar, qirg‘izlar

    3. turklar, turkmanlar, o‘g‘uzlar, chigillar, yag‘molar, qirg‘izlar

    4. qipchoqlar, qarluqlar, qirg‘izlar, turklar, turkmanlar, o‘g‘uzlar




  1. «Devonu lug‘ot at-turk»dan olingan quyidagi misralarning mazmunini toping.

Aqtirur ko‘zum yo‘laq, Tushlanur o‘rdak, yug‘aq.

    1. Ko‘zim yoshlari dengizday oqadi,

Hatto unda o‘rdak, turna kabi qushlar yig‘iladi, sho‘ng‘ishadi.

    1. Ko‘zim yoshlari buloqday oqadi,

Sho‘rligidan hatto unga o‘rdak, g‘oz kabi qushlar sho‘ng‘imaydilar.

    1. Ko‘zim yo‘lingga zor, buloqqa yetolmagan, Tusholmagan o‘rdak, oqqushday.

    2. Ko‘zim yoshlari buloqday oqadi,

Hatto unda o‘rdak, oqqush kabi qushlar yig‘iladi, sho‘ng‘ishadi.

  1. «Devonu lug‘ot at-turk» yodgorligi vositasida biz nechanchi asrgacha bo‘lgan adabiyotimizdagi bir qator janrlar va badiiy tasvirning o‘ziga xos xususiyatlari haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lamiz?

    1. IX asrgacha B) X asrgacha

C) XI asrgacha D) XII asrgacha



  1. «Devonu lug‘ot at-turk» asari haqidagi no‘to‘g‘ri ma’lumotni toping.

    1. «Devon»da yigitlarni ishga safarbar qilish, meva terish, ovchilikka yo‘naltirish kabi qadimgi turmush tarzining ayrim lavhalari mavjud.

    2. «Devon»da turkiy xalqlar turmush manzaralari bilan bog‘liq bo‘lgan she’riy parchalar katta o‘rin tutadi.

    3. «Devon»da ayrim adabiy hodisalar haqida maxsus izohlar berilgan.

    4. «Devon»da ayrim shaxs va joylar bilan bog‘liq afsonalar keltirilib, qit’alar bilan to‘ldirilgan.




  1. Yusuf Amiriy qalamiga mansub munozarani toping.

    1. «O‘q va Yoy» B) «Boz va Bulbul»

C) «Binafsha va Chang» D) «Bang va Chog‘ir»



  1. «Devon»dagi to‘rtliklar, asosan, qanday qofiyadoshlikka ega?

    1. a-a-a-b B) a-b-a-b

C) a-a-a-a D) a-a-b-a



  1. «Devon»dagi «Qish bilan Bahor» munozarasida qaysi tasvir usuli ustunlik qiladi?

    1. o‘xshatish B) sifatlash

C) jonlantirish D) qarshilantirish



  1. «Alp Er To‘nga» marsiyasida keltirilgan turklarning qadimiy qahramoni kim?

    1. Alp Er To‘nga B) Barsg‘on

C) Barman D) Siyovush



  1. «Devon»dan olingan quyidagi parchada qaysi shahar haqida gap ketgan?

«U sariqligiga ko‘ra mis shahri demakdir. Buxoroga yaqindir. Bu yerda Afrosiyobning qizi – Qazning eri Siyovush o‘ldirilgan. Majusiy otashparastlar har yili bir kuni bu yerga kelib, Siyovush o‘lgan joy atrofida yig‘laydilar. Mollar so‘yib, qurbonlik qiladilar. So‘yilgan mol qonini uning mozori tepasiga to‘kadilar. Ularning odatlari shunday».

    1. Qazvin shahri B) Dizro‘yin shahri

C) Qum shahri D) Shohijon shahri

  1. Quyidagilar ichidan noto‘g‘ri ma’lumotni toping.

    1. Alp Er To‘nga haqidagi marsiya marsiya janrining bizgacha yetib kelgan eng qadimiy namunalaridan biridir.

    2. Marsiya, odatda, jamiyat tarixida muayyan iz qoldirgan kishilarga bag‘ishlab yoziladi yoki to‘qiladi.

    3. Alp Er To‘nga haqidagi marsiya – og‘zaki ijod mahsuli hisoblanadi.

    4. Alp Er To‘nga haqidagi marsiyada Siyovushning faqat bek emas, balki

«beklar begi» ekanligi aytiladi.



  1. Quyidagi izohlar qaysi maqolga tegishli ekanligini toping.

«Mehnat va mashaqqatni ko‘rdi-yu, o‘tovini orqasiga yuklab oldi». Maqol mazmunan ikki qismga ajraladi. Bunda bir ishning amalga oshirilishi uchun boshqa bir ishning sabab va bahona bo‘layotgani e’tiborga olinadi. Ayni mana shu holat inson tabiatidagi bir noloyiq xususiyatning kishi ko‘z o‘ngida aniq gavdalanishi uchun imkon beradi».

    1. «Tag‘ig‘ uqruqin egmas, tengizni qayg‘iqin bukmas».

    2. «Kur o‘g‘li kuvaz bo‘lur».

    3. «Anuq o‘tru tutsa, yo‘qqa sanmas».

    4. «Ko‘k ko‘rdi, keragu yazti».




  1. «Devonu lug‘ot at-turk»da Vatan himoyasi, yurt taqdiri, xalq birligi va chegaralarning daxlsizligi uchun kurash g‘oyalari kuylangan she’riy va nasriy parchalar, qahramonlik qo‘shiqlarining jamlangani ham alohida e’tiborga molik bo‘lib, quyidagilardan qaysilar shular jumlasidandir?

    1. «Bulnar meni ulas ko‘z...», «Yaboqular bilan jang», «Alp Er To‘nga» marsiyasi

    2. «Qaqlar qamug‘ ko‘lardi...», «Tangutlar bilan jang», «Yaboqular bilan jang»

    3. «Tangutlar bilan jang», «Yaboqular bilan jang», «Alp Er To‘nga» marsiyasi

    4. «Tangutlar bilan jang», «Qaqlar qamug‘ ko‘lardi...», «Bulnar meni ulas ko‘z...»




  1. «Devon»dagi xalq qo‘shiqlarining tasvir usullari nihoyatda xilma-xil bo‘lib, qaysilari tez-tez ko‘zga tashlanadi?

1) o‘xshatish; 2) talmeh; 3) qiyoslash; 4) qarshilantirish;

  1. jonlantirish; 6) ishtiqoq; 7) sifatlash.

    1. 1, 3, 4, 5, 6 B) 1, 3, 4, 5, 7

C) 2, 4, 5, 6, 7 D) 1, 2, 3, 6, 7



  1. O‘zaro to‘qnashish, bir-biriga qing‘ir ko‘z bilan qarash, kabi insoniy tuyg‘ular tabiatga nisbat berilsa, adabiyotshunoslikda bu hodisaning nomi nima deyiladi?

    1. o‘xshatish B) sifatlash

C) jonlashtirish D) epitet

  1. «Devon»da qo‘shiqning qanday turlari uchraydi?

  1. mehnat va marosim qo‘shiqlari;

  2. hunarmandchilik bilan bog‘liq qo‘shiqlar;

  3. dehqonchilik bilan bog‘liq qo‘shiqlar;

  4. mavsum qo‘shiqlari;

  5. chorvachilik bilan bog‘liq qo‘shiqlar.

A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 3, 5
C) 2, 3, 4, 5 D) 1, 2, 3, 4, 5



  1. «Devon»da keltirilgan «Erdi ashin taturg‘an» she’rida kimning boshqa kishilar bilan munosabatlarida namoyon bo‘ladigan xislatlari ta’kidlanadi?

    1. jasur qabila boshlig‘ining B) oshiqning

C) marhumning D) ma’shuqaning



  1. «Devon»da muallif adabiyotshunoslikka doir qanday adabiy parchalar haqida gapirib o‘tgan?

1) hikmatli so‘z; 2) saj’; 3) topishmoq; 4) rajaz;
5) nasr; 6) matal; 7) maqol.
A) 1, 2, 3, 4, 6 B) 2, 3, 5, 6, 7
C) 1, 3, 4, 5, 7 D) 1, 2, 4, 5, 7

  1. «Devonu lug‘ot at-turk» asari qachon yozib tugatilgan?

    1. hijriy 461-yil jumod ul-avval boshlarida

    2. hijriy 463-yil jumod ul-oxirning 10-kuni

    3. hijriy 464-yil jumod ul-avval boshlarida

    4. hijriy 466-yil jumod ul-oxirning 12-kuni

  2. «Devonu lug‘ot at-turk» asaridan olingan quyidagi parchada qo‘llanilgan nuqtalar o‘rniga mos so‘zlarni qo‘ying.


Download 220.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling