Fani: Geometriya Sinf: 7-b Sana


Download 1.24 Mb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1558053
  1   2   3
Bog'liq
7-sinf Geometriya To\'g\'ri burchakli uchburchakning xossalari dars ishlanma



Fani: Geometriya Sinf: 7-b Sana
I.Mavzu. To’g’ri burchakli uchburchakning xossalari
Darsning maqsadi: : To’g’ri burchakli uchburchakning xossalari haqida tushuncha berish, misollar keltirish, ularning har biriga izoh berish.
Darsning ta’limiy ahamiyati: O’quvchilarni geometriya faniga qiziqtirish, mavzu to’g’risida tushuncha berish, bilim va malakasini oshirish.
Darsning tarbiyaviy ahamiyati: O’quvchilarni mustaqillikka o’rgatish, erkin fikrlash qobiliyatini rivojlantirish.
Darsning kasbga yo’naltiruvchi maqsadi: O’quvchilarga To’g’ri burchakli uchburchakning xossalari haqida tushuncha va bilimlarni singdirish.
Darsning uslubi: savol-javob, munozara.
Darsning ko’rgazmali qurollari: darslik, doska, bo’r, tarqatma materiallar, jadvallar, geometrik shakllar.

1.Darsning borishi: O’tilgan mavzuni takrorlash.
2.Tashkiliy qism: Salomlashish. Covid-19 dan ehtiyot bo’ling. Qo’llaringizni tez-tez sovunlab yuvib turing. Xona derazalarini ochib shamollatib turing. 2m masofa saqlansin.Ko’chaga chiqqanizda maska taqish esingizdan chiqmasin.




To’g’ri, o’tkir va o’tmas burchaklar

Ta’rif. Kattaligi 90o bo’lgan burchak to’g’ri burchak, to’g’ri burchakdan kichik bo’lgan burchak o’tkir burchak, to’g’ri burchakdan katta va yoyiq burchakdan kichik
bo’lgan burchak o’tmas burchak deb ataladi (91-rasm)
Stol sirtining tomonlari orasidagi burchak, futbol maydonining burchaklari kabilar to’g’ri burchakdir.

Uchburchakli chizg’ichlarning bitta burchagi to’g’ri burchak bo’lsa, qolgan ikkita burchagi o’tkir burchaklardir.


Oldingi mavzuda uchburchakli chizg’ichlar yordamida 105o, 120o, 135o, 150o li burchaklarning ham yasalishini o’rgandingiz. Bu burchaklar o’tmas burchaklardir.
Masala (185). Aylana 2:3:4 kabi nisbatda uch bo’lakka bo’lingan. Ularga tiralgan markaziy burchaklarning o’tkir – o’tmasligini ayting.

Yechilishi. Aylana yoyi 2 : 3 : 4 ( - gradus kattaligi) kabi nisbatda uch bo’lakka bo’lingan bo’lsa, 2 + 3 + 4 = 360o ifoda o’rinli bo’ladi. Undan 9 = 360o yoki  = 40o ekanligi kelib chiqadi. Demak, bo’laklardan kichigi 2 = 80o, ikkinchisi 3 = 120o va uchinchisi 4 = 160o bo’lib, ularga mos ravishda tiralgan burchaklarning birinchisi o’tkir, qolgan ikkitasining biri o’tmas burchaklardir.

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling