Fanidan bajargan
Download 1.63 Mb.
|
BIOFIZIKA 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kapillyar hodisalar
Sirt faol moddalar - satxlar (fazalar) chegarasiga adsorbsiyalanib, sath energiyasini (sirt taranglikni) pasaytiradigan moddalar. Moddalarning fazalar chegarasiga adsorbsiyalanib, hajmiy konsentratsiyaga bogʻliq tarzda sirt taranglikni pasaytirish xossasi sirt faollik deyiladi. U Gibbsning adsorbsiya tenglamasi r=(C/RT)(dc/dc) tarkibiga kiruvchi G=da/dc qiymat bilan ifodalanadi. Yukrridagi tenglamaga muvofiq Sirt faol moddalarm. uchun Gibbs adsorbsiyasi nuldan katta boʻlishi (G>0) lozim. Natijada adsorbsion qavatdagi modda konsentratsiyasi eritma hajmidagi konsentratsiyadan yuqori boʻladi. Sirt faol moddalarm. molekulasi difil tuzilishga ega bulib, 2 qism: qutblanmagan — gidrofob (suvdan qochuvchi) va qutblangan — gidrofil (suvga tortiluvchi) qismlardan iborat. Shu tufayli Sirt faol moddalarm. 1 ta erituvchining uzida sharoitga qarab, ham chin, ham kolloid eritma hosil qila oladi. Qutblanmagan guruhlar suvli sharoitda oʻzaro gidrofob taʼsirlanishga uchraydi. Agar gidrofob kiyem zanjirida 10—22 uglerod atomi saqlansa, ularning gidrofob taʼsirlanishi tufayli, shuningdek, qutblangan guruhlarning suv bilan kuchli taʼsirlanishi oqibatida Sirt faol moddalarm. molekulalarining oʻzaro assotsialanishi (birlashishi) roʻy beradi, natijada yirikrok, zarralar hosil boʻladi.
Mualliflar sirt-aktiv moddalar qo’shish yo’li bilan taklif etilgan asoslarning plastik va boshqa xossalarini yaxshilashga muvaffaqbo’ldilar. Sirt-aktiv moddalar sifatida ular emulgator T2, saxaroglitseridlar (SG), saxaroza distearati (DSS) va propilenglikolmonostearat (PGMS) dan foydalandilar. Kapillyar hodisalar – bir - biriga aralashmaydigan jismlar (mas, qattiq jism bilan suyuqlik)ning tegishib turgan chegara sirtida molekulyar kuchlar taʼsirida yuzaga keladigan fizik hodisalar. Mac, suyuqlik bilan idishning oʻzaro taʼsirida suyuqlik sirti botiq yoki qavariq shaklni oladi. Jumladan, kapillyar (ingichka) naydagi hoʻllaydigan suyuqlik sirti botiq, hoʻllamaydigan suyuklik sirti qavariq boʻladi. Suyuqlik sirtining egrilanishi tufayli hosil boʻladigan kapillyar bosim natijasida idish (mas, kapillyar nay)dagi suyuqlik maʼlum balandlik h ga koʻtariladi yoki pasayadi. Bunda -£- = pgh formula oʻrinli. o —suyuqlikning sirt taranglik koeffitsiyenta, r — suyuqlik zichligi, g — erkin tushish tezlanishi. Balandlik h ni aniqlash uchun suyuqlik sirtining egrilik radiusini kapillyar radiusi g ga almashtiriladi:bunda: g — kapillyar radiusi, 9 — chegaraviy burchak, demak, h=2a/prg. Suyuqlikning sirt taranglik koeffitsiyenta qancha katta, kapillyar nayning radiusi bilan suyuqlik zichligi qancha kichik boʻlsa, kapillyar nayda suyuqlik shuncha baland koʻtariladi. K. h. tabiatda, kundalik turmushda, texnikada katta rol oʻynaydi. Oʻsimliklarning oziqlanishi, organizmda moddalar almashinuvi, tuproq va yer osti suvlarining koʻchishi, gʻovak moddalarning suv shimishi, texnikada keng tatbiq qilinadigan flotatsiya (mas, foydali qazilmalarni boyitish) jarayoni K. h.ga bogʻliq. K.h.ni birinchi boʻlib Leonardo da Vinchi (16-asr), soʻngra B. Paskal (17-asr) va J. Jyuren (18-asr) kapillyar naychalar bilan tajribalar oʻtkazayetganda kashf etishgan. K. h. nazariyasini T. Yung (1805), P.Laplas (1806), J. U. Gibbs (1875) va I. S. Gromeka (1879, 1886) ilmiy ishlarida rivojlantirganlar. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling