Фанидан курс иши мавзу


Download 391.63 Kb.
bet1/11
Sana17.06.2023
Hajmi391.63 Kb.
#1532019
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Nodi1909.docx nobank


ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ
ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ

МИРЗО УЛУҒБЕК НОМИДАГИ
ЎЗБЕКИСТОН МИЛЛИЙ УНИВЕРСИТЕТИ

ИҚТИСОДИЁТ ФАКУЛЬТЕТИ
МАКРОИҚТИСОДИЁТ” КАФЕДРАСИ


«ПУЛ, КРЕДИТ ВА БАНКЛАР»
фанидан


КУРС ИШИ
Мавзу: _____________________________________________________________________
_____________________________________________________________________________
Бажарди:_________________________________________________________________________________________________________________________________
Қабул қилди: ____________________________________________________________________________________________
ТОШКЕНТ – 2023

Nobank muassasalari va ular faoliyatining xususiyatlari
MUNDARIJA:
I BOB. Nobank moliya- kredit muassasalari

    1. Nobank kredit muassasalarining zarurligi va operatsiyalari

    2. O’zbekistonda nobank kredit tashkilotlari turlari va ularning faoliyati

II BOB. Nobank kredit tashkilotlariga qo’yiladigan talablar va ularni rivojlantirish
2.1 Nobank kredit muassalari va faoliyatining qonuniy asoslari
2.2 Nobank kredit tashkilotlarining istiqboldagi ko’rsatkichlari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Kirish
Kurs ishining dolzarbligi.So’nggi yillarda moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish va aholining asosiy moliyaviy xizmatlarga bo’lgan ehtiyojini qondirishga qaratilgan qator tadbirlar amalga oshirmoqda. Xususan, mikromoliyalashtirish sohasini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-iyuldagi “Mikromoliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-4400-sonli qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga muvofiq, nobank kredit tashkilotlari ko’rsatadigan xizmatlar doirasi kengaytirildi va moliyaviy xizmatlar hajmi oshirildi.
Nobank moliya-kredit muassasalariga quyidagilar kiradi:

  • kredit uyushmalari

  • mikrokredit tashkilotlari

  • lombardlar

  • factoring kompaniyalari

  • kredit kooperativlari

  • kredit agentliklari

  • hisob-kitob muassasalari

Nobank moliya-kredit muassasalarining(NMKM) zarurligi quyidagi omillar bilan belgilanadi:

  • NMKM alohida olingan bank operatsiyasini tijorat bankiga qaraganda tez va arzon bajara oladi.

  • Tijorat banklari ko’p hollarda kichik so’mmadagi operatsiyalarni, daromad miqdori kamligi sababli, amalga oshirishdan manfaatdor bo’lmaydi.

Bugungi respublikada mikrokredit tashkiloti va 64 lombard faoliyat ko’rsatmoqda. 2021-yilning 1-yanvar holatiga ko’ra ularning aktivlari miqdori 1 010 milliard. so’mni tashkil etdi va bu ko’rsatkich o’tgan yilning shu davriga o’sib,935mlrd.so’mga yetdi.
Nobank kredit tashkilotlari sohasini izchil isloh qilish, faoliyatini tartibga soluvchi qoidalarini tizimlashtirish va unifikatsiyalash maqsadida “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalash faoliyati to’g’risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Ushbu loyiha O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-maydagi “2020-2025-yillarga mo’ljallangan O’zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to’g’risida”gi PF-5992-sonli Farmoni ijrosi doirasida Jahon banki ko’magida eng yaxshi xorijiy tajriba,umume’tirof etilgan me’yor va standartlarni hisobga olgan holda tayyorlandi.
Qonun loyihasida nobank kredit tashkilotlarining turlari, ko’rsatiladigan xizmatlar ro’yxati, nobank kredit tashkilotlarini tashkil etishga doir talablar, shu jumladan, tashkiliy-huquqiy shakli’ ta’sischilari, rahbar xodimlari, ustav kapitali, shuningdek, ular faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish tartibi o’rnatilmoqda. Qonun loyihasida nobank kredit tashkilotlarining turlari,ko’rsatiladigan xizmatlar ro’yxati, ustav kapitali, shuningdek, ular faoliyatini muvofiqlastirish va nazorat qilish tartibi o’rnatilmoqda. Hujjat loyihasida faoliyatini litsenziyalashning amaldagi jarayonlari nobank kredit tashkilotlarini hisob ro’yxatidan o’tkazish tartibi bilan almashtirish, hisob ro’yxatidan o’tish uchun zarur bo’lgan hujjatlar ro’yxati, ularni ko’rib chiqish va tegishli qarorlarni qabul qilish tartibi belgilanmoqda.Shu bilan birga, Lombard faoliyati Markaziy bankka o’z faoliyati boshlanishi to’g’risida xabarnoma yuborgandan keyin amalga oshirilishi ko’zda tutilmoqda.
Bundan tashqari, qonun loyihasida nobank kredit tashkilotlari faoliyatini ularning faoliyati tavakkalchiligidan kelib chiqib, mutanosib ravishda tartibga solish va nazorat qilish mexanizmi joriy etiladi,shuningdek,Markaziy bankning ushbu yo’nalishdagi funksiyalarini bajarish vakolatlari belgilab qo’yilmoqda.
Shu bilan birga, qonun loyihasida nobank kredit tashkilotlari xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish choralari kuchaytirilmoqda. Xususan, qonunchilik darajasida nobank kredit tashkilotlarining ular ko’rsatadigan xizmatlar to’g’risidagi ma’lumotlarini, shartnomalar shartlariga bir tomonlama o’zgartirish yoki qo’shimchalar kiritishni taqiqlash to’g’risidagi talablarni, shuningdek, iste’molchilarning,iste’molchilarning moliyaviy operatsiyalari to’g’risidagi ma’lumotlarni oshkor qilmaslik majburiyatlari belgilanmoqda.
Umuman olganda, ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi respublikamizda yagona moliya tizimining to’ldiruvchisi sifatida nobank kredit tashkilotlari rivojiga xizmat qiladi.

Download 391.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling