Фанидан курс иши мавзу


O’zbekistonda nobank kredit tashkilotlari turlari va ularning faoliyati


Download 391.63 Kb.
bet3/11
Sana17.06.2023
Hajmi391.63 Kb.
#1532019
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Nodi1909.docx nobank

O’zbekistonda nobank kredit tashkilotlari turlari va ularning faoliyati

Mikrokredit tashkilotlari faoliyatining asosiy yo’nalishlari
Mikrokredit tashkiloti nima va u qanday xizmatlar ko‘rsatadi?
Mikrokredit tashkiloti bank va boshqa muassasalar bilan bir qatorda kredit tashkiloti hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan berilgan lisenziya asosida faoliyat yuritadi.
Mikrokredit tashkiloti - Mikrokredit, mikroqarz, mikrolizing berish sohasida xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va ushbu Qonunga muvofiq boshqa mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik shaxs mikrokredit tashkilotidir.
Mikrokredit tashkiloti O‘zbekiston Respublikasi hududida bank hisobvaraqlarini belgilangan tartibda ochishga haqli.
Mikrokredit tashkiloti ishlab chiqarish, sug‘urta, savdo-vositachilik va ushbu Qonunda nazarda tutilmagan boshqa faoliyat bilan bevosita shug‘ullanishga haqli emas.
Mikrokredit tashkilotlarini tashkil etish
Mikrokredit tashkilotlari yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar tomonidan qonunchilikka muvofiq har qanday tashkiliy-huquqiy shaklda tashkil etilishi mumkin.(4-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Mikrokredit tashkilotlari davlat organlari, siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari, diniy tashkilotlar, boshqa mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan tashkil etilishi mumkin emas.
Mikrokredit tashkilotining ta’sis hujjatlari
Mikrokredit tashkiloti ta’sis hujjatlari asosida faoliyat ko‘rsatadi.Mikrokredit tashkilotining ta’sis hujjatlarida muayyan tashkiliy-huquqiy shakldagi yuridik shaxslar uchun qonunchilikda belgilangan ma’lumotlarga qo‘shimcha ravishda quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:
mikrokreditlar, mikroqarzlar, mikrolizing berish va boshqa mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha faoliyat to‘g‘risidagi;
boshqaruv organlarining tuzilishi va vakolatlari to‘g‘risidagi;
mikrokreditlar, mikroqarzlar, mikrolizing berish va boshqa mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish uchun mablag‘larni shakllantirish manbalari to‘g‘risidagi;
mikrokredit tashkilotida audit o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi.
Mikrokredit tashkilotining ustav fondi
Mikrokredit tashkilotining ustav fondi pul mablag‘laridan, shuningdek mazkur tashkilot ustav fondi miqdorining yigirma foizidan oshmaydigan boshqa mol-mulkdan shakllantiriladi.
Mikrokredit tashkilotining ustav fondini shakllantirishda kreditga, garovga olingan mablag‘lardan va boshqa jalb qilingan mablag‘lardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Mikrokredit tashkiloti ustav fondining eng kam miqdori litsenziya olish uchun murojaat qilingan kunga qadar faqat pul mablag‘laridan shakllantirilgan bo‘lishi kerak.
Mikrokredit tashkilotining firma nomi va muhri
Mikrokredit tashkilotining firma nomida “mikrokredit tashkiloti” so‘z birikmasi ifodalanishi va mazkur nom boshqa mikrokredit tashkilotlarining firma nomiga o‘xshash bo‘lmasligi kerak. Ushbu Qonun talablariga javob bermaydigan yuridik shaxs o‘z nomida “mikrokredit tashkiloti” so‘z birikmasidan foydalanishga haqli emas.
Mikrokredit tashkiloti o‘zining firma nomi davlat tilida to‘liq yozilgan hamda joylashgan eri ko‘rsatilgan muhriga ega bo‘lishi kerak. Muhrda ayni vaqtning o‘zida firma nomi boshqa tilda ham ko‘rsatilishi mumkin.
Mikrokredit tashkiloti o‘z nomi yozilgan shtamplarga, blankalarga va o‘z emblemasiga ega bo‘lishga haqlidir.
Mikrokredit tashkilotlari huquqlari:
qarz oluvchi tomonidan shartnomaga muvofiq majburiyatlar bajarilishini ta’minlash sharti bilan yoki bunday shartsiz mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatishga;
buyurtma beruvchiga mikromoliyaviy xizmat ko‘rsatishni asoslantirilgan holda rad etishga;
mikromoliyaviy xizmat ko‘rsatish va shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni buyurtma beruvchidan so‘rab olishga;
maqsadli mikrokredit o‘z vaqtida to‘lanmagan yoki belgilangan maqsadda foydalanilmagan holda qarz oluvchidan majburiyatlar muddatidan ilgari bajarilishini talab qilishga;
maslahat va axborot xizmatlari ko‘rsatishga;
mikrokredit tashkilotining qarz oluvchilari tomonidan majburiyatlar bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun shartnomaga muvofiq neustoyka (jarima, penya) miqdorini belgilashga;
mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish uchun ushbu Qonunga muvofiq mablag‘lar jalb etishga haqli.
Mikrokredit tashkiloti qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Mikrokredit tashkiloti ko‘rsatadigan xizmatlar ro‘yxatiga quyidagilar kiradi:
• mikrokreditlar yoki mikroqarzlar berish;
• mikrokredit tashkiloti lizing beruvchi sifatida mikrolizing (moliyaviy ijara)ni taqdim etish;
• iste'mol kreditlarini taqdim etish;
• qarz majburiyatlarini sotish va sotib olish (faktoring).
Mikrokredit tashkilotining tijorat bankidan farqi nima?
Mikrokredit tashkilotining tijorat bankidan asosiy farqi shundaki, u kredit mahsulotlarini faqat qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda taqdim etish huquqiga ega.
Mikrokredit tashkiloti faoliyatida qanday cheklovlar mavjud?
Mikrokredit tashkiloti quyidagilarga haqli emas:
• qarz majburiyatlarini chiqarish hamda yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlarni (depozitlarni) qabul qilish;
• jismoniy shaxslardan qarz mablag‘larini jalb qilish. Ta'sischilar (ishtirokchilar, mulkdorlar) bundan mustasno;
• mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish shartnomalari bo‘yicha yillik qarz miqdorining yarmidan ko‘pini tashkil etadigan summada
• foizlar hisoblash, komission to‘lovlar va neustoyka (jarima, penya) undirish, javobgarlikning boshqa choralarini qo‘llash;
• o‘z muassislarining (ishtirokchilarining, mulkdorlarining) majburiyatlari bo‘yicha kafil bo‘lishiga yoki kafolat beruvchi bo‘lishga, shuningdek ularga o‘z majburiyatlari bajarilishini ta'minlashning boshqa usullarini taqdim etishga haqli emas.
Mikrokredit tashkilotidan qaysi miqdorda qarz olishim mumkin?
Bu savolga javob berish uchun mikromoliyalashning quyidagi turlarini ko‘rib chiqamiz:
Mikroqarz bu – qarz oluvchi jismoniy shaxsga 50 million so‘mdan oshmaydigan miqdorda to‘lovlik, muddatlilik va qaytarishlik shartlari asosida taqdim etiladigan mablag‘lardir.
Mikrokreditlar – bu qarz oluvchiga 300 million so‘mdan oshmaydigan miqdorda to‘lovlik, muddatlilik va qaytarishlik shartlari asosida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun taqdim etiladigan mablag‘lardir.
Mikrokredit qarz oluvchiga pul mablag‘larini shartnomaga muvofiq muayyan maqsadlar uchun ishlatish shartlari asosida (maqsadli mikrokredit) berilishi mumkin.
Mikrolizing – mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilot tomonidan mol-mulk olish hamda uni egalik qilish va foydalanish uchun lizing oluvchiga shartnomada belgilangan shartlar asosida xaq evaziga berish nazarda tutilgan xizmatdir.
Mikrolizing tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun 600 million so‘mdan oshmaydigan miqdorda pul beriladi.
Mikrokredit tashkiloti xizmatlaridan qanday foydalanish mumkin?
Mikrokredit tashkilotlarning xizmatidan foydalanishda birinchi o‘rinda Siz, o‘zingizga eng maqbul shartlardagi takliflarni tanlashingiz zarur.
Mikrokredit tashkilotlari tomonidan xizmat ko‘rsatish shartlari haqidagi ma'lumotlarni mikrokredit tashkilotlarining rasmiy veb-saytlarida (mikrokredit tashkilotlari ro‘yxati) yoki ularning ofislariga tashrif buyurgan holda bilib olish mumkin. Mikromoliyaviy xizmat ko‘rsatuvchi mikrokredit tashkilotini tanlagach, unga yuridik va jismoniy shaxslar mikromoliyaviy xizmatdan foydalanish uchun ariza hamda o‘z faoliyati va daromadlari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni taqdim etishadi.

Lombardlar faoliyati tahlili


Lombardlar shaxsiy iste’molga mo‘ljallangan ko‘char mol-mulkni zakalat shaklida garovga (bundan buyon matnda garov deb yuritiladi) qabul qilib, fuqarolarga qisqa muddatli (uch oydan oshmagan muddatga) kreditlar beradi hamda fuqarolardan shaxsiy iste’molga mo‘ljallangan ko‘char ashyolarni saqlashga qabul qiladi.
1. Lombard faoliyatini amalga oshirishga maxsus ruxsatnoma (litsenziya)ga ega bo‘lgan holda lombardlar faoliyati faqat ixtisoslashtirilgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Ular faoliyatining asosiy maqsadi fuqarolardan shaxsiy iste’mol uchun mo‘ljallangan ko‘char mol-mulkni garovga olingan holda, qisqa muddatli kreditlar ajratishdan iboratdir.
2. Lombardlar faoliyatini litsenziyalashni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki (keyingi matnda — litsenziyalovchi organ) amalga oshiradi.
3. Lombardlar faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya belgilanmagan muddatga beriladi.
4. Lombardlar faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani berish, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish, litsenziyani qayta rasmiylashtirish hamda bekor qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qarori bilan rasmiylashtiriladi.
5. Yuridik shaxsga lombard faoliyatini amalga oshirish uchun huquq litsenziya berilgan vaqtdan boshlab kuchga kiradi.
6. Litsenziyani boshqa yuridik shaxsga berish taqiqlanadi.
Lombardlar tomonidan fuqarolarga kreditlar berish va ko‘char ashyolarni saqlashga qabul qilish tegishli shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
Lombard o‘z faoliyatini amalga oshirishda, O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik talablariga amal qilishi shart.
8. Lombardlar faoliyatini amalga oshirishga litsenziya, 500 mln. so‘m miqdorida eng kam ustav fondi shakllantirilgan holda, lombard sifatida qonunchilikda belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan yuridik shaxsga berilishi mumkin.
Lombardning ustav fondi lombard muassislari to‘lagan pul mablag‘laridan shakllantiriladi.
Kreditga va garovga olingan mablag‘lardan hamda boshqa jalb etilgan mablag‘lardan lombardning ustav fondini shakllantirish uchun foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
9. Litsenziya olish yoki joylashgan eri (pochta manzili) o‘zgarganligi munosabati bilan qayta rasmiylashtirish uchun ariza berish paytida, lombard Markaziy bankning tegishli hududiy bosh boshqarmasining bino va uning kassa xonalari texnik mustahkamligi hamda yong‘inga qarshi qo‘riqlash va favqulodda ogohlantiruvchi signalizatsiya vositalari bilan ta’minlanganligi, o‘zaro ishlashni va axborot almashinuvi tizimini ta’minlash uchun sifatli aloqa liniyasi, shuningdek buxgalter hisoboti operatsiyalarini o‘tkazish bo‘yicha dasturiy ta’minoti to‘g‘risidagi xulosasiga ega bo‘lishi kerak. Lombard boshqaruv organining rahbari lavozimiga tavsiya etiladigan nomzodga qo‘yilgan talablar:
iqtisodiy oliy ma’lumot;
bank-moliya sohasida ikki yildan kam bo‘lmagan ish tajribasiga, shuningdek benuqson ishchanlik obro‘siga ega bo‘lishi kerak.
Bunda, iqtisodiyot sohasidagi yoki boshqaruv tartibiga qarshi jinoyat uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar benuqson ishchanlik obro‘siga ega emas deb topilad
10. Yuridik shaxs — litsenziya da’vogari, lombard faoliyatini amalga oshirishga litsenziyani olish uchun litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) lombardning faoliyatini amalga oshirishga litsenziya berish to‘g‘risida ariza, unda yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili) va bank hisobvarag‘ining rekvizitlari ko‘rsatiladi. Litsenziya berish to‘g‘risidagi arizada da’vogarning elektron manzili ko‘rsatilishi mumkin;
v) lombardning boshqarish vakolatiga ega organ tomonidan tasdiqlangan bir yillik faoliyat uchun biznes-reja;
g) muassislar ro‘yxati, quyidagi ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda:
jismoniy shaxslar uchun:
familiyasi, ismi, otasining ismi, pasport ma’lumotlari, yashash joyining pochta manzili, telefonlari;
faoliyat turi, ish joyi, lavozimi (agar ishlasa);
lombardning ustav fondidagi ulushi summasi, shu jumladan, ustav fondining umumiy summasiga nisbatan foiz hisobida;
Yuridik shaxslar uchun:
to‘liq nomi, pochta manzili va telefon raqamlari, to‘lov rekvizitlari;
lombardning ustav fondidagi ulushi summasi, shu jumladan, ustav fondining umumiy summasiga nisbatan foiz hisobida.
Barcha muassislar (ham yuridik va ham jismoniy shaxslar) uchun ariza taqdim qilingunga qadar oxirgi besh yil mobaynida sud (jumladan, iqtisodiy sud) yoki davlat organlari tomonidan bu shaxsga nisbatan qo‘llanilgan barcha huquqiy jazo choralari to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
d) lombardning boshqaruv organlari tuzilmasi va shaxsiy tarkibi to‘g‘risida ma’lumotlar;
e) naqd pul mablag‘lari va garovga olingan mulklarning saqlanishini ta’minlaydigan, maxsus jihozlangan xonalar mavjudligini tasdiqlovchi ma’lumotlar;
z) litsenziya da’vogarning arizasini litsenziyalovchi organ tomonidan ko‘rib chiqilishi uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi to‘lov topshiriqnomasining nusxasi;
Mazkur hujjatlar ro‘yxati to‘la-to‘kis (tugal) hisoblanadi. Litsenziya da’vogaridan ushbu Nizomda ko‘zda tutilmagan hujjatlarni taqdim etilishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
11. Hujjatlar litsenziya da’vogari tomonidan bevosita litsenziyalovchi organga yoki uning hududiy bo‘linmalariga yoxud pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda, ular olingani haqidagi tasdiqni olgan holda, yetkazib beriladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar litsenziya da’vogarining elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.
Litsenziya da’vogarining litsenziya olish uchun arizasida elektron manzili ko‘rsatilgan taqdirda uning arizasi bo‘yicha qabul qilingan qaror haqida axborot tizimi orqali elektron shaklda xabar berilishiga roziligini bildiradi.
12. Noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar taqdim etganlik uchun litsenziya da’vogari qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘ladi.
Lombardlar faoliyatini nazorat qilish
Litsenziyalovchi organ litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishi uchun nazoratning amalga oshirilishida, o‘z vakolatlari doirasida, quyidagi huquqlarga ega:
lombardlardan buxgalter hisoboti va kredit operatsiyalari to‘g‘risidagi birlamchi hujjatlarini olish va tekshirish, ularning amaliyotlariga oid axborotlarni so‘rash hamda olish;
olingan axborotlar bo‘yicha tushuntirish talab qilish;
lombardlarning faoliyatini tekshirish, tartibbuzarlarga nisbatan sanksiyalar qo‘llash;
lombardlarga ularning faoliyatida aniqlangan tartibbuzarliklarni bartaraf qilish to‘g‘risida ijro etilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar yuborish.
Lombardga taqdim etiladigan hujjat:
• shaxsni tasdiqlovchi hujjat (fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID-karta);
• yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasi;
• O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning yashash guvohnomalari yoki ID-kartalari;

• harbiy bilet yoki harbiy qismlar yoxud harbiy muassasalar tomonidan beriladigan shaxsini tasdiqlovchi


• hujjat taqdim etilganda, fuqarolar bilan shartnomalar tuzadi.
Lombardda kreditni olish va qaytarish sxemasi quyidagicha:
lombardga qimmatbaho mol-mulkni taqdim qilasiz (agar kerak bo‘lsa, lombard garovga qo‘yiladigan mol-mulkka egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlar yoki boshqa dalillarni taqdim etishni talab qilish huquqiga ega), pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat, shuningdek qarz oluvchining faoliyati va daromadlari haqidagi ma'lumotlarni o’z ichiga olgan hujjatlar;
Garovga qo‘yiladigan mol-mulk baholanadi;
Sizni kredit shartnomasining umumiy shartlari bilan tanishtirib chiqishlari kerak. Agar siz ular bilan rozi bo‘lsangiz, kredit shartnomasini imzolaysiz va qo‘lingizga pul mablag‘lari va ikkita hujjatni olasiz: kredit shartnomasining o‘zi va garov kartasi
Lombard garovga qo‘yilgan mulklardan foydalanishga va ularni tasarruf etishga haqli emas. Shuningdek, lombard garovga qabul qilgan mulkni
garovga qabul qilish paytida shunga o‘xshash va shunday sifatga ega mulklarning narxlariga mos bahodagi to‘liq summasida o‘z hisobidan garovga qo‘yuvchi foydasiga sug‘urtalashi shart.
Lombard tomonidan qabul qilingan mol-mulk, lombardga tegishli bo‘lgan barcha to‘lovlar qoplanganidan so‘ng egasiga qaytarilishi mumkin. Uchinchi shaxs garovga qo‘yilgan mol-mulkni faqat mol-mulk egasi tomonidan belgilangan tartibda berilgan ishonchnoma orqali olishi mumkin.
Agar kreditni so‘ndirish ilojisi bo‘lmasa, garovga qo‘yilgan mol-mulk lombard tomonidan sotiladi va kredit, kredit bo‘yicha foizlar, jarima (neustoyka) va uni sotish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlar uchun to‘lovlar amalga oshiriladi. Shu bilan, garovga qo‘yilgan mol-mulkni sotuvidan olingan mablag‘ yetarli bo‘lmagan taqdirda, lombardga bo‘lgan qarz yopiladi.
Garovga qo‘yilgan mol-mulk yo‘qotilgan yoki yetishmagan taqdirda, lombard, garov biletida ko‘rsatilgan baholash summasiga muvofiq uning qiymatini mol-mulkning egasiga qaytarishi shart. Garovda ushlab turilgan mol-mulkka zarar yetkazilgan hollarda, lombard, yetkazilgan shikast yengib bo‘lmaydigan kuch oqibatida yuz berganligini isbotlay olmasa, garovga qo‘yuvchi mulkdorga taraflarning kelishuvi bilan belgilangan lekin garov biletida ko‘rsatilgan mol-mulkning qiymatidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda to‘lab berishi shart.
Lombard, zarur hollarda, garovga yoki saqlashga topshirilayotgan mol-mulkka (ashyoga) egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni yoki boshqa dalillarni talab qilishga haqli.
Lombard tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lovlar faqat milliy valyutada belgilanadi.
Lombardlar banklardan kreditlar, yuridik shaxslardan va jismoniy shaxs- ishtirokchilardan (mulkdorlardan) qarz mablag‘larini jalb etishga haqli. Bunda, jami jalb etilgan mablag‘lar hajmi (qoldiq) haqiqatda shakllantirilgan ustav fondi (ustav kapitali) miqdoridan oshmasligi kerak.
• Garov asosida kreditning berilishi lombard bilan fuqaro o‘rtasida tuziladigan kredit shartnomasi va garov shartnomasi asosida amalga oshiriladi.
• Lombardda mol-mulklarni garovga qo‘yish haqidagi shartnoma lombard tomonidan garov pattasini berish yo‘li bilan rasmiylashtiriladi.
Lombardda ashyolar garovi bilan ta’minlangan kredit summasi belgilangan muddatda qaytarib berilmagan taqdirda, lombard notariusning ijro yozuvi asosida imtiyozli bir oylik muddat o‘tganidan keyin garovga qo‘yilgan mol-
mulkni sotish uchun belgilab qo‘yilgan tartibda ushbu mol-mulkni sotishga haqli.
Agar garovga qo‘yilgan mol-mulkning sotilishidan tushgan summa lombardning talablari miqdoridan oshsa, tafovuti garovga qo‘yuvchiga to‘lanadi.
Lombardga garovga yoki saqlash uchun topshirilgan ashyolar yo‘qolganda yoki shikastlanganda, agar lombard yo‘qotish yoki shikastlanish engib bo‘lmas kuch oqibatida yuz berganligini isbotlay olmasa, ashyolar egasiga, tomonlar kelishuviga ko‘ra, mulkiy zararni garov pattasi yoki saqlash pattasida ko‘rsatilgan mol-mulk narxidan oshmagan qiymatda to‘lashi shart.
II BOB . . Nobank kredit tashkilotlariga qo’yiladigan talablar va ularni rivojlantirish.



Download 391.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling