Fanidan kurs ishi mavzu


Interfaol metodlarni qo’llanilishida erishilgan yutuqlar


Download 75.32 Kb.
bet23/25
Sana05.01.2022
Hajmi75.32 Kb.
#222990
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
INNOVASION TA’LIM TEXNOLOGIYA VA PEDAGOGIK KOMPETENTLIK

2.4 Interfaol metodlarni qo’llanilishida erishilgan yutuqlar

  • O’qitish mazmunini yaxshi o’zlashtirishga olib keladi.

  • O’z vaqtida o’quvchi – o’qituvchi – o’quvchilar orasida ta`limiy aloqalar o’rnatiladi.

O’qitish usullari ta`lim jarayonida turli xil ko’rinishlarda kechadi (yakka, juft, guruh, katta guruh).

O’quv jarayoni o’qish extiyojini qondirish bilan yuqori motivatsiyaga ega bo’ladi.

O’zaro axborot berish, olish, qayta ishlash orqali o’quv materiali yaxshi esda qoladi.

O’quv jarayonida o’quvchining o’zi o’ziga baho berishi, tanqidiy qarashi rivojlanadi.

O’quvchi uchun dars qiziqarli o’qitilayotgan predmet mazmuniga aylanadi. O’qish jarayoniga ijodiy yondashuv, ijobiy fikr namoyon bo’ladi.

Har bir o’quvchining o’zi mustaqil fikr yurita olishiga, izlanishga, mushohada qilishga olib keladi.

Interfaol usulda o’tilgan darslarda o’quvchi faqat ta`lim mazmunini o’zlashtiribgina qolmay, balki o’zining tanqidiy va mantiqiy fikrlarini ham rivojlantiradi.

Xulosa shuki, bunday sharoitda o’qituvchi yuksak rivojlangan fikrlash qobiliyatiga, muammolar bo’yicha chuqur mushohoda yuritishga, muammolarni o’z vaqtida echa oladigan qobiliyatga ega bo’lishi kerak.

Interfaol metodlarda darsni tashkil etishda o’quvchi shaxsini rivojlantirish o’zi – o’ziga zamin yaratishdan boshlanishi kerak. YA`ni o’quvchining:





  • O’zi mustaqil mutoala qilishi, o’qishi asosida bilim olishi;

  • O’zini – o’zi anglab etishga, anglab tarbiya topishga;

  • O’z kuchi va imkoniyatlariga ishonch bilan qarashga;

  • O’quv mehnatiga mas`uliyat xissi bilan qarashga;

  • O’z faoliyatini mustaqil tashkil eta olishi, har bir daqiqani g’animat bilishga;

  • O’quv mehnatiga o’zida hoxish, istak uyg’ota olishga;

  • Har qanday vaziyatda faollik ko’rsata olishga;

  • Ayniqsa, hozirgi tezkor axborot manbalaridan unumli foydalana olishni asosiy va bosh maqsad qilib olishga o’rganmog’i zarur.

Noan`anaviy o’qitish usullaridan foydalanishdan maqsad nima uning afzalliklari darsning samaradorligini oshirish tamoyillari nimadan iborat degan savolga quyidagicha xosilalar asosida javob berish mumkin.





  1. Noan`anaviy o’qitish eng sodda qulay usul.

  2. Mustaqil fikrlashni o’rgatadi.

  3. Ko’p tarmokli.

  4. Sodda va oson.

  5. Bilim boyligini oshiradi.

  6. Vaqtdan yutadi.

  7. Qiziqarli o’tadi.

  8. Darsning samaradorligini oshiradi.

  9. Dunyoqarashni kengaytiradi.

  10. Tafakkurni rivojlantiradi.

  11. O’quvchilarining diqqat e`tiborini tortadi.

  12. Har bir o’quvchi bilan individual munosabatda bo’ladi.

  13. Xotirani kuchaytiradi.

  14. Izlanishga chorlaydi.

  15. O’quvchilarni o’z ustida ishlashga chorlaydi.

O’qitishdan ko’zlanadigan maqsad bu davlat ta`lim standartlarida belgilangan bilim va ko’nikmalarini o’quvchiga etkazishdan iborat. Qachonki o’quvchi tomonidan bilim qabul qilinsa va tushunib etilsa yoki o’quvchi malaka oshirish uchun mo’ljallangan topshiriqlarni amalda namoyish etib bera olsagina o’qitish muvaffaqiyatli kechdi deb hisoblasa bo’ladi.

Boshlang’ich ta`lim darslarini o’qitishning interfaol usullari asosida tashkil etish-ularda tashkil etiladigan ta`lim-tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish, shuningdek, boshlang’ich ta`lim o’quvchilariga bilim berish va ularni tarbiyalashda samaradorlikga erishishga yo’naltirilgan pedagogik faoliyat jarayoni bo’lib, bunda bir qator pedagogik vazifalar hal etilishi lozim. Ular quyidagilardan iboratdir:


  • boshlang’ich ta`lim darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etish borasida muayyan shart-sharoitlarni yaratish;

  • boshlang’ich ta`lim darslari pedagog xodimlari o’rtasida interfaol metodlar mohiyatini ochib berishga qaratilgan maxsus o’quv seminarlarini tashkil etish;

  • ular tomonidan pedagogik texnologiya asoslarini puxta o’zlashtirilishiga erishish;

  • boshlang’ich ta`lim darslari pedagoglarida ta`lim-tarbiyaviy faoliyatni tashkil etishga nisbatan ijodiy yondashuv hissini tarbiyalash;

  • boshlang’ich ta`lim darslarining o’qituvchilarida texnologik yondashuv asosida tashkil etish ko’nikma va malakalarini hosil qilish;

  • boshlang’ich ta`lim darslari o’qituvchilari tomonidan ta`lim-tarbiyaviy ishlarni interfaol metodlar asosda tashkil etilishiga erishish;

  • boshlang’ich ta`lim darslari o’qituvchilarining texnologik asosda pedagogik faoliyatni tashkil etish borasidagi mahoratlarini oshirish;

  • boshlang’ich ta`lim darslarining samaradorligini ta`minlash.

- boshlang’ich ta`lim darslari o’qituvchilarida pedagogik faoliyatni interfaol metodlar asosida tashkil etish malakasini shakllantirishga quyidagi tamoyillarga amal qilish asosida erishiladi:





  1. Boshlang’ich ta`lim darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etish borasidagi yagona maqsadning qaror topganligi.

  2. Boshlang’ich ta`lim darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etish borasidagi harakatning izchil, maqsadga muvofiq, tizimli va uzluksiz amalga oshirilishi.

  3. Boshlang’ich ta`lim darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etishda mavjud shart-sharoit hamda sub`ektiv yondashuvlarni inobatga olish.

  4. Pedagogik mahorat va iqtidorlarni erkin namoyish etish.

  5. Yangi tajribalarni ommalashtirish.

  6. Nazariy va amaliy faoliyat birligi.

  7. Boshlang’ich ta`lim darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etishda xorijiy mamlakatlarning donor tashkilotlari bilan hamkorlik va hokazolar.

Boshlang’ich ta`lim darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etish quyidagi omillar asosida amalga oshiriladi:





  1. ob`ektiv omillar:

  • boshlang’ich ta`lim darslarida moddiy-texnik bazaning yaratilganligi;

  • Ta`lim-tarbiya jarayonining zarur texnik hamda axborotli vositalar bilan ta`minlanganligi;

  • boshlang’ich ta`lim darslarida pedagogik monitoring (ma`lumotlar banki)ning tashkil etilganligi, uning maxsus adabiyotlar bilan boyitilganligi;

  1. sub`ektiv omillar:

  • Boshlang’ich ta`lim limi darslarining o’qituvchilarida PT mohiyatini o’rganishga nisbatan ichki ehtiyoj va qiziqishning yuzaga kelganligi;

  • ularda o’z faoliyatlarida PT lardan foydalanishga nisbatan rag’batning qaror topganligi;

  • kasb-hunar kolleji rahbariyati va jamoasining o’quv yurti faoliyatini interfaol metodlar asosida tashkil etish yo’lidagi birligi va yakdilligining shakllanganligi;

  • boshlang’ich ta`lim darslari o’qituvchilarining PT mohiyatidan xabardorliklari;

  • ularda o’z faoliyatlarini texnologik yondashuv asosida tashkil etish borasidagi ko’nikma va malakalarning tarkib topganligi;

  • boshlang’ich ta`lim darslari o’qituvchilarining o’z pedagogik faoliyatlarida PT ni qo’llay olish mahoratiga egaliklari;

  • ularda ijodkorlik, izlanuvchanlik, boshlang’ich ta`lim o’quvchilari orasida kqtarinki kayfiyatni yarata olish sifatlarining mavjudligi;

  • PT asosida pedagogik faoliyatni tashkil etayotgan o’qituvchilarni rag’batlantirib borish va hokazolar.

Boshlang’ich ta`lim darslari o’qituvchilarining pedagogik faoliyatni interfaol metodlar asosida tashkil etish borasidagi mahoratlari darajasi quyidagi ko’rsatgichlarga muvofiq belgilanadi:





  • Boshlang’ich ta`lim darslari o’qituvchilarida boshlang’ich ta`lim o’quvchilari bilan muloqotni muvaffaqiyatli tashkil etish, pedagogik faoliyatga nisbatan ijodiy yondoshuv, pedagogik vaziyatlarni baholay olish va ularga muvofiq xatti-harakatni tashkil etish malakalari shakllanganligi;

  • pedagogik faoliyat mazmuni, ko’lami, sur`ati hamda samaradorliginining yuqori darajasi.

Tadqiqot muammosini nazariy-amaliy asoslarini o’rganish natijasida shu holat aniqlandiki, pedagogik texnologiyalar mohiyatini boshlang’ich ta`lim darslari pedagoglari o’rtasida targ’ib qilish jarayonida ijtimoiy-gumanitar fanlarga nisbatan tabiiy fanlar o’qituvchilari mazkur pedagogik texnologiyalarning nazariy-amaliy asoslarini tez va puxta o’zlashtirishga muvaffaq bo’lganlar. Buning boisi, boshlang’ich ta`lim o’quvchilariining bilim, ko’nikma va malakalari, shuningdek, ta`lim-tarbiya jarayonining samaradorlik darajasini aniqlashga yo’naltirilgan metodlarning statistik xususiyatga egaligidadir




Xulosa

Ma'rifatli va madaniyatli dunyonig ta'lim tajribasi shuni ko'r- satadiki, shaxsning intellektual salohiyati, dunyoqarashi, shuning- dek, uning ma'naviy-axloqiy qiyofasining shakllanishida u mansub bo'igan muhit hamda unda qaror topgan ijtimoiy munosabatlarning ahamiyati katta boʻladi. Zero, shaxs mansub boʻlgan muhitda uning tafakkuri, ma'naviy-axloqiy qiyofasini shakllantirish uchun zarur bo'lgan obyektiv va subyektiv omillar mavjud. Shaxs faoliyat olib borayotgan muhit doirasida oliy va o'rta maxsus ta'lim muassasalarining ham alohida o'rni bor. O'zbekiston Respublikasida uzluksiz ta'lim sohasida olib borilayotgan kadrlar tayyorlash bo'yicha islohotlar mamlakat iqtisodiyotini malakali mutaxassislar bilan ta' minlashga imkon beradi.

Oʻqitishning asosiy tashkiliy shakli bo'lgan dars va darsdan tashqari ishlar, ular qanday koʻrinishda (an'anaviy yoki noan'anaviy darslar, sinfdan va maktabdan tashqari o'quv-tarbiya tadbirlari, ma'ruza yoki amaliy mashg'ulotlar) tashkil etilishidan qat'iy nazar, ilmiy-nazariy, ilmiy-metodik va ma'rifiy-ma'naviy jihatdan toʻlaqonli bajarilganidagina yuksak pedagogik samarani berishi mumkin. Bunda, albatta, bilim oluvchilarning yosh va fiziologik xususiyatlari, qiziqishi, bilim saviyasi, fikr yuritish doirasi hisobga olingan holda tashkil qilinadigan mashg'ulotlar ko'zda tutiladi.Buning uchun esa ta'lim va tarbiya beruvchining mukammallik darajasidagi pedagogik mahorati va kasbiy salohiyati talab qilinadi.

O'qituvchi(pedagog)ning mehnatiga faqat uning tasarrufidagi shaxslarning ugquv, ko'nikma, malaka va bilim sifatiga qarab baho berilishi lozim. Ha, aynan bilim sifatiga (bilim darajasi ham emas, qo'yilgan reyting ballari ham emas, o'zlashtirish ko'rsatkichlari ham emas!) qarab baholash odilona ish bo'ladi.

Ayni davrda, zamonaviy pedagogik texnologiya tizimli yon- dashuvlar asosida o'qitishning shakliarini qulaylashtirish, uning nati- jasini kafolatlash va obycktiv baholash uchun zarur bo'lgan inson salohiyati hamda texnik vositalarning o'zaro hamkorligini namoyish qiladi. Ta'lim maqsadlarini oydinlashtirish, o'qitish va oʻzlashtirish jarayonlarida qoʻllaniladigan usul, metod va vositalarlarni xilma-xil- lash, ta'lim va tarbiya jarayonlari mazmunini chuqurlashtirish-bular hammasi ta'lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish demakdir. Vaholanki, takomillashtirishning chegarasi, ya'ni oxiri yoʻq, deyila- di. Shunday bo'lgach, pedagogik texnologiyalar ham, pedagogik mahorat ham sarhadsiz tushunchalardir. Bu borada qancha ko'p izlanilsa va qanchalik tashabbuskorlik boʻlsa-shunchalik kamdek tuyulaveradi. Oʻqitishning eng oddiy va bosh haqiqati ham ana shundadir. O'qituvchi (pedagog) larning faqat ana shu taxlitdagi faoliyati oxiroqibatda yuksak ijtimoiy buyurtmaning bajarilishiga olib keladi.


Download 75.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling