Понятие цели и задачи цифровой экономики
Download 259.31 Kb.
|
1 2
Bog'liqKattalar ta\'limi va androgogikaning nazariy amaliyoti rivojlanish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kattalar talimi va androgogikaning nazariy amaliyoti rivojlanish tarixidan
Sohibnazarova Lobar 301-pedagogika- psixologiya yo’nalishi Andragogika fanidan MUSTAQIL ISH "Kattalar ta’limi" atamasi mamlakatimiz va xorij ilmiy-uslubiy adabiyotlarida o’z o’rnini topganiga qaramay, bizning nazarimizda mazkur tushuncha keng qamrovli, chuqur mulohaza yuritishga undaydigan tushunchalar sirasiga kiradi. "Kattalar ta’limi" deganda biz katta yoshli insonning har tomonlama kamol topishini nazarda tutamiz. Katta yoshli insonning bilimi, malakasi, ko’nikmasini kengaytirish bilan bog’liq har qanday ish kattalar ta’limi xisoblanadi. Ushbu atama bilan bog’liq yana bir qiziq xolat, - kimni katta yoshli deb atash mumkin? - degan mulohazaga chorlovchi fikr keladi. Kattalar ta'limi va androgogikaning nazariy amaliyoti rivojlanish tarixidan Ko’pincha, katta yoshdagilar deganda 30 dan oshganlardan boshlab va xatto nafaqadagilar hamnazarda tutiladi. Ammo o’rta ma’lumotga ega bo’lgan va mustaqil pul ishlab topishni boshlagan har qanday inson katta yoshli hisoblanadi. YA’ni, bu toifaga ishlaydigan yoshlar ham, o’rta yoshlilar ham, qariyalar ham kiradilar. Biz insonning o’rta yoki oliy ta’lim tizimida asosiy mutaxassislikga ega bo’lishi bilan bog’liq bo’lmagan ma’naviy va intellektual rivojlanishi haqida so’z yuritamiz. Biz katta yoshli inson qanday ta’lim olishi, uning o ’quvchi yoki talabadan qanday farqlari borligi, ular bilan ishlashda qanday usullar samarali ekani, bu soxada qanday muammolar borligi va ulami qanday vositalar yordamida xal etish mumkinligini muhokama qilamiz.Biz katta yoshli inson qanday ta’lim olishi, uning o ’quvchi yoki talabadan qanday farqlari borligi, ular bilan ishlashda qanday usullar samarali ekani, bu soxada qanday muammolar borligi va ulami qanday vositalar yordamida xal etish mumkinligini muhokama qilamiz.Keling, kattalar ta’limi xaqidagi suhbatimizni "Kattalar nima uchun o’qiydilar?" degan oddiy savoldan boshlaylik. Axir u umumiy ta’lim maktabini ham, o’z hayot maktabini ham o’tgan xisoblanadi-ku. Ammo bu savolga javob berish uchun biz, birinchidan, hammamiz klub yoki oliygoxdagi muntazam mashg’ulotlarga qatnashmasakda, butun xayotimiz davomida o’rganishimizni tan olishimiz kerak. Ta’lim olish - bu o’qituvchi bilan oddiy mashg’ulot o’tish emas, balki bilim va ma’naviy qadriyatlarga ega bo’lishdan iborat ko’p qirrali jarayonidir. Download 259.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling