Fanidan kurs ishi mavzu:«Xalqaro moliya korparatsiyalarining moliyaviy resurslari va operatsiyalari» Bajardi


Xalqaro Moliya korparatsiyasining O'zbekiston Respublikasida munosabatlari


Download 108.16 Kb.
bet4/5
Sana16.06.2023
Hajmi108.16 Kb.
#1516198
1   2   3   4   5
Bog'liq
Fanidan kurs ishi mavzu «Xalqaro moliya korparatsiyalarining mol

3. Xalqaro Moliya korparatsiyasining O'zbekiston Respublikasida munosabatlari
Xalqaro moliya xalqaro moliya bozorlari, xalqaro bank faoliyati, xalqaro korporatsiyalarning moliyasi, qimmatli qog'ozlar portfelini boshqarish va shular bilan bog'liq munosabatlarni o'rganadi. Bundan tashqari, xalqaro moliya umumjahon darajasidagi moliyaviy operatsiyalar va ularning o'zaro aloqadorligi, yirik industrial davlatlar, rivojlanayotgan yoki o'tish davlatlarida ularning qanday xususiyatlar kasb etishini va ulardagi doimiy o'zgarishlarni tushuntiradi. «Xalqaro moliya»ga doir xorijiy adabiyotlarda xalqaro moliya bozorlari va risklarni boshqarish, TNK va to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar, xalqaro qarz inqirozlariga asosiy urg'u beriladi.
Shuningdek, xalqaro moliya doirasida dunyo mamlakatiarining xalqaro moliya tizimidagi o'rni, holati, tashqi moliyaiashtirish mexanizmi, rivojianayotgan moliya bozorlarining xususiyatiari ko'rib chiqiladi. XX asrning so'nggi yillarida sobiq Ittifoqning parchaianishi, mamlakatlar o'rtasida iqtisodiy va siyosiy aloqalarning sifatjihatdan yangi bosqichga chiqishi, milliy xo'jalik aloqalarining integratsiyaiashuvi bilan, globalizatsiyajarayoniariningjadallashuvi yuz berdi. Globaiizatsiya natijasida jahon xo'jaligining tarkibiy qismiga ayianib borayotgan mamiakatlarning soni ortib bormoqda.
Bu milliy darajadagi huquqiy, iqtisodiy hamda texnoiogik to'siqiar yo'qolishiga, uning o'rniga xalqaro iqtisodiy xo'jalikning umumiy iqtisodiy qonuniyatlari va xalqaro xo'jalikning funksional aloqalarini tatbiq etilishiga olib kelmoqda. Marnlakatlar hayotidagi globallashuv-iqtisodiy munosabatlardagi tovarlar, xizmatiar, kapital hamda fond bozorlaridagi savdo va siyosatga doir tartiblarning tobora erkiniashuvi orqali namoyon bo'lmoqda. Tashqi savdo aioqaiari erkinlashtirilayotgan mamlakatlar soni yil sayin ortib bormoqda. Jahon iqtisodiy va moliyaviy muhitining shakllanishiga ta'sir etgan sezilarli o'zgarishlar sifatida quyidagilami ko'rsatish mumkin:2
1) 1957 yili Londonda Britaniya hukumatining funt sterling ustidan nazorat o'matishigajavob tariqasida yevrodollar bozorining yuzaga kelishi;
2) 1958 yilda dastlab, «Umumiy bozor» deb atalgan yevropa Iqtisodiy Hamkorligi (YeIH) - hozirgi yevropa Ittifoqining (Yel) tashkil topishi;
3) Amerika korporatsiyalari xorijiy faoliyatlarini kengaytirishga intilishi (1950 yiUardan boshlab). Jahon bozorida yevropa va Yaponiya korporatsiyalari faoliyatining sezilarli o'sishi, shuningdek, xalqaro maydonda Amerika korporatsiyalari bilan ushbu mamlakatlar o'rtasida raqobatning kuchayishi;
4) O'tgan asrning 60-yillarida Yaponiya iqtisodiyotini tez sur'atlar bilan o'sishi, Uzoq Sharq biznes faoliyatida yangi imkoniyatlaming ortishi;
5) 1971-1973 yillarda Brettonvud tizimini qulashiga olib kelgan jahon moliya inqirozlari, valyutaning belgilangan kursi tizimidan, suzuvchi valyuta kurslariga o'tish;
6) 1971-1979 yillardagi birinchi va ikkinchi neft inqirozlari jahon iqtisodiy tizimiga bosim o'tkazishi. Ushbu sanalarda neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OPeK) neft narxini sezilarli darajada oshirshi;
7) Rivojlanayotgan mamlakatlarning 1982 yilda tashqi qarzlarga xizmat ko'rsatishi bilan bog'liq jahon qarzdorlik inqirozining boshlanishi;
8) 1980 yillarda Yaponiyaning xalqaro moliyaviy kuch vajahon kapitalining manba'si sifatida yetakchi mamlakatga aylanishi;
9) 1988 yilda yettita mamlakatning
Ikkinchidan, sanoati rivojlangan mamlakatlarda qo'l mehnatiga asosiangan ishlab chiqarishdan, bilim va malakaga asoslangan ishlab chiqarishga o'tildi. lahon iqtisodiy tuzilmasidagi ushbu o'zgarishlar natijasida bandlik tarkibida yuqori malaka talab qiluvchi mutaxassislarga ehtiyoj ortib, nisbatan past rnalakali rnutaxassislarga talab pasayib bordi. Axborot alrnashuvining osonligi-tadbirkorlik faoliyatini, kichik biznes va shaxsiy tashabbusni rag'batlantirdi. Ilmiy-texnika progressi yutuqlaridan foydalanish, bilimni va yuqori malakani talab qildi, shuning uchun ishlab chiqarish samaradoriigi va raqobatbardoshlikni oshirish uchun, inson kapitaliga investitsiya qilish muhimligi ortdi. Uchinchidan, jahon savdosida xalqaro kapital harakatining sezilarli darajada ortishi. Ushbu o'zgarish xalqaro savdoga nisbatan xalqaro kapital harakatining tez sur'atda o'sishi bilan yuz berdi.
Xalqaro moliya statistikasining ma'lumotlariga ko'ra, jahon eksporti hajmi, 1981 yildagi 2000 mlrd.
AQSh dollaridan 1991 yilda 3447 mlrd.
AQSh dollari darajasigacha o'sgan.
Shu vaqt oralig'ida xalqaro obligatsiyalar emissiyasi 23 mlrd.dan 342 mlrd. AQSh dollariga o'sdi.
Bundan tashqari, uchta yetakchi xalqaro moliya bozorlarida ko'plab xorijiy valyutalar aylanmasi sezilarli darajada o'sdi.
1986 yildan 1992 yilgacha Londonda xorijiy valyutaning kunlik o'rtacha aylanmasi 90 mlrd.dan 303 mlrd. AQSh dollarigacha ortdi. Shu davrda NYIl-Yorkdagi kunlik aylanma 50 mlrd.dan 192 mlrd.ga, Tokioda 48 mlrd.dan 128 mlrd. AQSh dollariga ortgan. Xalqaro kreditlar hajmining sezilarli darajada ortishi nafaqat xalqaro ayirboshlash ko'lamining ortishi, balki ish lab chiqarish maqsadlaridagi kreditga bo'lgan talabning ortishi bilan ham izohlanadi. 1970-yillarga kelib esa, xalqaro xususiy kreditlar joriy to'lov balansi defitsitini bevosita va bilvosita moliyatirish uchun ham foydalanila boshlandi. Xususiy firmalar bilan bir qatorda, hukumat, davlat tashkilotlari va korxonalari, xalqaro kredit tashkilotlari yirik qarz oluvchilarga aylandilar. So'nggi o'n yillikda xalqaro kapitallar bozori hisobidan rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar yalpi to'lov balansi defitsitining qariyb 60 foizi moliyalashtirildi. 1970-yillarda xalqaro kapitaliar bozorining kengayishi xalqaro Iikvidlilik va moliyaviy mablag'larning xalqaro harakatini oshishiga sabab bo'idi. 1971 yilning avgustiga kelib, AQSh hukumati oltinning AQSh dollariga erkin konvertirlanishini bekor qildi. Bu holat Amerika dollarining jahon bo'ylab keng qo'lIaniIishi va jahon valyutasiga aylanishiga sharoit yaratdi. AQSh hukumatining mazkur qaroridan so'ng, bir qator davlatlar valyuta kursining erkin suzish rejimini joriy qilishga kirishib ketdilar, ayrimlarida qat'iy belgilangan kurs rejimiga qaytish holatlari uchragan bo'lsa-da, bu holat vaqtinchalik ma'qullandi. 1973 yilda esa, suzish rejimi Yamayka konfirenciyasida rasman tan olindi va XVFning a'zo davlatlariga istalgan kurs rejimini joriy qilish huquqi berildi. To'rtinchidan, transmilliy korporatsiyalar(TMK)ning qo'shma korxonalarni tashkil etish uchun xalqaro investitsiyalari va hamkorlik bitimlarida diversifikatsiya darajasining ortishi. :xx asrning 70-yillariga kelib, xalqaro moliya sohasida bir qator sifat o'zgarishlari yuz berdi va zamonaviy xalqaro valyuta-moliya tizimining shakllanishi va rivojlanishiga turtki bo'ldi.
Tashqi savdo shartnomasining «To'lov shartlari» bo'limida yetkazib beriladigan tovar bo'yicha hisob-kitoblar bank o'tkazmasi shaklida amalga oshirilishi ko'rsatilishi lozim. Bundan tashqari, o'tkazmani qabul qiluvchining rekvizitlari (hisobraqami, eksportyor bankining nomi, manzili) va to'lov muddati ko'rsatilishi kerak. To'lov topshiriqlarini xorijiy bank-korrespondentga uzatishning eng keng tarqalgan vositalari bo'lib, telegraf, SVIFf tizimi va xorijiy banklar bilan Micro Cash Register modem aloqalari tizimi hisoblanadi. SVIFT (SWIFT-Society for Worldwide Interbank Financial Telecommunication) - bu butunjahon bank-moliya telekommunikatsion tarmog'i bo'lib, bank-moliya axborotlarini tezlik bilan uzatishga mo'ljallangan.
U ma'lumotlarni uzatish va operatsiyalarni amalga oshirish tizimi bo'lgani uchun, uni hisob-kitoblarning mustaqil shakli sifatida hisobga olish maqsadga muvofiq emas. SVIFf xalqaro hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirishning an'anaviy usullari bilan taqqoslaganda bir qator afzalliklarga ega, jumladan, tezkor (bankdan bankka ma'lumot yetkazish vaqti juda qisqa), ishonchli va tejamkor hisoblanadi.
Micro Cash Register tizimi Bank of New York, Bankers Trust Company, Commerzbank, Dresdner Bank kabi yirik banklar tomonidan taklif etiladi. H isob kitoblarning i nkasso shaklida bank mijozining topshirig'iga ko'ra yetkazib berilgan tovar (ko'rsatilgan xizmat va bajarilgan ishlar) uchun importyordan to'lovni qabul qiladi va bu mablag'larni eksportyor hisob raqamiga o'tkazadi. Hisob kitoblarning inkasso shaklini qo'llash Xalqaro savdo palatasining unifikatsiyalashgan qoidalari asosida tartibga solinadi. Inkasso bo'yicha unifikatsiyalashgan qoidalarga muvofiq, bank ushbu operatsiyani eksportyor ko'rsatmasi asosida amalga oshiradi. Inkasso bo'yicha operatsiyada talab etiladigan hujjatlarni ikki guruhga ajratish murnkin: moliyaviy hujjatlar (o'tkazma veksel, oddiy veksel, to'lovni qabul qilish uchun foydalaniladigan boshqa hujjatlar) va tijorat hujjatlan (yuk hujjatlari, guvohnomalar va b.). Ushbu hujjat turlariga binoan, inkasso sof va hujjatlashtirilgan inkassoga bo'linadi. Sofinkasso faqat moliyaviy hujjatlarni taqozo etgani holda, hujjatlashtirilgan inkassoda tijorat hujjatlari, ba'zan moliyaviy hujjatlar ham talab etiladi. Inkasso bo'yicha hisob-kitoblarni quyidagi chizma orqali ifodalash mumkin (navbatdagi betga qarang).
1. Tovarni yuklab jo'natish.
2a-2b. Inkasso topshirig'i (zaruriy hujjatlar va importyordan pulni olish shartlari borasidagi ko'rsatma bilan birgalikda).
1. Importyorni inkasso to'lovi bo'yicha xabardor qilish.
2. To'lovni amalga oshirish bo'yicha topshiriq.
3. To'lov hujjatlarini berish (ular asosida importyor tovarlarni qabul qiladi). 6a-6b. O'tkazmani amalga oshirilishi va to'lov summasini eksportyor hisobraqamiga o'tkazilishi.
Hisob-kitoblarning inkasso shakli importyor uchun qulay hisoblanadi, chunki u haqiqatda yetkazib berilgan tovar uchun to'laydi, inkasso bo'yicha operatsiyani amalga oshirish xarajatlari esa yuqori emas. Hisob-kitoblarning inkasso shakli ayrim kamchiliklardan holi emas, birinchidan, banklar orqali hujjatlar aylanmasi uzoq davom etadi; ikkinchidan, importyor unga taqdim etilgan hujjatlar bo'yicha to'lovdan bosh tortishi yoki xorijga valyuta o'tkazish uchun ruxsatga ega bo'lmasligi mumkin. Hujjatlashtirilgan akkreditiv shunday bitimki, unga ko'ra bankemitent mijozi (importyor) topshirig'iga ko'ra benefitsiar foydasiga u taqdim etgan hujjatlar bo'yicha to'lovni amalga oshirish yoki trattani ekseptlash majburiyatini oladi. Hisob-kitoblarning akkreditiv shakli eksportyor manfaatlariga to'liq javob beradi, ya'ni eksport tushumining o'z vaqtida kelib tushishini ta'minlaydi. 1. Importyorning bank-emitentga akkreditiv ochish to'g'risidagi arizasi. 2a-2b. Benefitsiar (esportyor)ni uning foydasiga akkreditiv ochilganligi to'g'risida xabardor qilish.
3. Tovarni yuklab jo'natish. 4a-4b. Akkreditiv uchun zarur bank hujjatlarini taqdim etish. 5a-5b. Olingan hujjatlar bo'yicha to'lovni amalga oshirish va benefitsiar hisobraqamiga eksport tushumini o'tkazish. 5v. Importyor hisob raqamini debetlash va unga to'lov uchun asos bo'igan hujjatlarni berish. Akkreditivning turli-tuman ko'rinishlari bo'lib, uni quyidagicha tasnitlash maqsadga muvofiq sanaladi:
1. Bank-emitent tomonidan o'zgartirilishi yoki bekor qilinishi nuqtai nazaridan:
a) chaqirib olinadigan akkreditiv-benefitsiarni ogohlantirmasdan xohlagan paytda o'zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin;
b) chaqirib olinmaydigan akkreditiv-manfaatdor tomonlar roziligisiz akkreditivni o'zgartirmaslik yoki bekor qilmaslik borasida bank emitent qat'iy majburiyat oladi.
2. Akkreditiv bo'yicha boshqa bankning qo'shimcha majburiyati nuqtai-nazaridan: tasdiqlangan va tasdiqlanmagan akkreditiv. Agar bank-emitent boshqa bankdan chaqirib olinmaydigan akkreditivni tasdiqlashni so'rasa, bu tasdiq bank-emitentning to'Iov, trattani akseptlash bo'yicha majburiyatiga qo'shimcha ravishda tasdiqlovchi bankning qat'iy majburiyatini anglatadi.
3. Akkreditivni yangilash imkoniyati nuqtai nazaridan revolver akkreditiv huiiatlar to'liq foydalanib bo'lingach yoki har bir huiiat taqdim etilgandan so'ng, dastlabki akkreditiv summasini tiklash sharti bilan shartnoma qiymatining ma'lum qismiga ochiladi. Akkreditivning bu turi uzoq muddat davomida muntazam tovarlarni yetkazib turishni ko'zda tutuvchi yirik summadagi shartnomalar bo'yicha hisob-kitoblarni amalga oshirishda keng qo'llaniladi va muomala xarajatlarini qisqartirish imkonini beradi.
4. Akkreditivning ikkinchi benefitsiar (tovarning bevosita yetkazib beruvchisi) tomonidan foydalanilishi imkoniyati nuqtai nazaridan: o'tkazma (transferabel) akkreditiv-benefitsiar topshirig'iga ko'ra akkreditiv to'liq yoki qisman ikkinchi benefitsiarga o'tkazilishi mumkin. Biroq o'tkazma akkreditiv bir marotaba o'tkaziladi.
5. Valyutaviy qoplashning mavjudligi nuqtai nazaridan: qoplangan va qoplanmagan akkreditiv. Qoplangan akkreditivni ochishda bank-emitent akkreditiv summasini avizolovchi bankka o'tkazadi. Akkreditivni qoplashning boshqa shakli sifa.tida hisob raqamdagi zarur mablag'larni operatsiyalarda foydalanilishini cheklash, sug'urta depozitlari kabilarni keltirish mumkin.
Xalqaro hisob-kitoblarda qatnashuvchi sub'ektlar bo'lib, hukumatlar, davlat organlari, Markaziy banklar, tijorat banklari, maxsus moliya-kredit institutlari (Pensiya fondlari, sug'urta kompaniyalari, kredit ittifoqlari, lombardlar va h.k.), korporatsiyalar, xalqaro va hududiy moliya-kredit tashkilotlari (XVF, XTTB, yeTTB, OTB va h.k.) hisoblanadi. Xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish bo'yicha birinchi o'rinni tijorat banklari egallaydi. Sababi shundaki, xalqaro operatsiyalarning asosiy qismi - tashqi savdo operatsiyalari va kapitallar hamda kreditlarning harakati bo'yicha amalga oshiriladigan hisob kitoblarga to'g'ri keladi. Ushbu hisob-kitoblarda ishtirok etuvchi tijorat tuziImalarining milIiy va chet el valyutalaridagi joriy hamda depozit hisob-raqamlari, tijorat banklarida joylashgan. Markaziy banklar esa, tijorat tuzilmalariga kredit-hisob-kitob xizmatlarini ko'rsatish huquqiga ega emas. Demak, tijorat banklari orqali tijorat tusidagi operatsiyalarning asosiy qismi amalga oshiriladi. Tijorat banklarining xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirishdagi mavqyei, ularning moliyaviy jihatdan mustahkamligiga, elektron aloqa tizimlari bilan yaxshi jihozlanganligiga, obro'siga, rivojlangan, keng tarmoqli xorijiy filiallar va bo'linmalari, ko'p sonli vakillik hisob-raqamlariga ega ekanligiga bog'liq. Tijorat banklarining xorijiy bank va korporatsiyalar bilan amalga oshiradigan har qanday operatsiyalari talab va majburiyatlar orqali o'tadi. Tashqi iqtisodiy bitimlarning, shu jumladan, tashqi savdo bitimlarining amalga oshishi, ya'ni ularni o'z vaqtida va kam xarajat sarflagan holda amalga oshirish shartnomalari moliyaviy va to'lov shartlariga bog'liq. Shu sababli, tashqi savdo munosabatlarida ishtirok etuvchi sub'ektlar, shartnomani imzolash paytida, uning barcha jihatlarini puxta kelishib oladilar.
Bunda, odatda, eksport qiluvchi va import qiluvchi manfaatlarining qarama-qarshiligi yuz beradi. Masalan, eksport qiluvchi to'lov summasining ma'lum qismini oldindan to'lab qo'yilishini, ko'pchilik hollarda talab qiladi. Ushbu to'lov summasining miqdorini aniqlashda qarama-qarshilik yuzaga keladi. Eksport qiluvchi imkoniyat darajasida ko'proq summani oldindan to'lashni talab qiladi, import qiluvchi esa, iloji boricha, kamroq summani oldindan to'lashga harakat qiladi, chunki bu summa ma'lum vaqt import qiluvchining xo'jalik aylanmasidan chiqib ketadi.
Yoki hisob-kitob shakllarini tanlash masalasini olaylik. Eksport qiluvchi imkon qadar to'lov kafolatlanadigan hisob-kitob shaklini tanlashni taklif qiladi. Masalan, hujjatlashtirilgan akkreditiv ana shunday hisob-kitob shaklidir. Import qiluvchi uchun esa, bu shakldan foydalanish maqbul emas. Chunki, bunda import qiluvchining chiqimi ko'payadi. Masalan, hozirgi kunda G'arbiy yevropa mamlakatlarining tijorat banklari hujjatiashtirilgan akkreditiv xizmati ko'rsatganligi uchun 3-5 foiz miqdorida xizmat haqi oladi.


Xulosa:
Xalqaro moliya tashkilotlari jahon iqtisodiyotini rivojlantirish sohasidagi muayyan masalalarni hal etish uchun a’zo mamlakatlarning moliyaviy resurslarini birlashtirish orqali tashkil etiladi. Ushbu masalalar quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
– xalqaro savdoni rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash, jahon iqtisodiyotini tartibga solish hamda barqarorlashtirish maqsadida xalqaro valyuta va fond bozoridagi operatsiyalar;
– budjet taqchilligini moliyalashtirish va davlat loyihalarini amalga oshirishga kreditlar
– davlatlararo kreditlar;
– xalqaro loyihalar (loyihada to‘g‘ridan to‘g‘ri, shuningdek, rezident tijorat tashkiloti orqali ishtirok etuvchi bir nechta mamlakatlar manfaatlariga daxldor bo‘lgan loyihalar) sohasidagi kreditlash va investitsiya faoliyati;
– xalqaro biznesga ijobiy ta’sir ko‘rsatishga (masalan, infratuzilma loyihalari, informatsion texnologiyalar sohasidagi loyihalar, transport va kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish va hokazolar) ichki loyihalar (bitta mamlakatning yoki rezidentning tijorat tashkiloti manfaatlariga bevosita daxldor bo‘lgan loyihalar) sohasidagi kreditlash va investitsiya faoliyati;
– fundamental ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirish va xayriya faoliyati (xalqaro yordam dasturlarini moliyalashtirish). Xalqaro moliya tashkilotlari quyidagi maqsadlarni ko‘zlagan holda faoliyat yuritadi:
– jahon iqtisodiyoti va xalqaro moliyani barqarorlashtirish maqsadida jahon hamjamiyatida harakatlarni birlashtirish;
– valyuta va moliya-kredit munosabatlarini xalqaro tartibga solishni amalga oshirish;
– jahon valyuta va moliya-kredit siyosatining strategiya va taktikasini hamkorlikda ishlab chiqish va muvofiqlashtirish. Xalqaro moliya tashkilotlarida qatnashish darajasi va alohida mamlakatlarning ta’siri ularning kapitaldagi bo‘nagining miqdori bilan aniqlanadi.

Download 108.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling