Fanidan kurs ishi mavzu:«Xalqaro moliya korparatsiyalarining moliyaviy resurslari va operatsiyalari» Bajardi


Xalqaro kreditlash tizimi va uning rivojlanish bosqichlari


Download 108.16 Kb.
bet3/5
Sana16.06.2023
Hajmi108.16 Kb.
#1516198
1   2   3   4   5
Bog'liq
Fanidan kurs ishi mavzu «Xalqaro moliya korparatsiyalarining mol

2.Xalqaro kreditlash tizimi va uning rivojlanish bosqichlari.
Xalqaro kreditlash hajmi va xarakterining o'zgarishi birinchi galda TNKlar faoliyati bilan bog'liq bo'lib, bu o'z navbatida, moliyaviy resurslarning yanada oqiIona foydalanilishiga olib keldi. TMKlar o'zlarining tashkiliy, ishlab chiqarish va marketing tizimlarini chet mamlakatlar hududlariga yoyib, shu yo'l bilan tovar, xizmat, kapital va texnologiyalarini ish lab chiqarishga jalb etib, ushbu mamlakatlar o'rtasidagi o'zaro harakatlarga ta'sir etdi. Qo'shma korxonalar xalqaro biznes integratsiyasining keng tarqalgan shakIiga aylandi. Shuningdek, jahon iqtisodiyotining integratsiyalashuv jarayonlarida xalqaro tashkilotlar rolini alohida e'tirof etish zarur. O'tish davrini boshdan kechirayotgan mamlakatlarning jahon bozo riga integratsiyalashuvi uzoq muddatlijarayon hisoblanadi. Ba'zi milliy bozorlarning ochiq, ba'zilarining qattiq tartibga solinadigan hozirgi holati bilan, globallashuvning asosiy tamoyillaridan bo'lgan erkinlashuv, bir-biriga nomuvofiq bo'lgan ko'rinishni hosil qilmoqda.
Xalqaro tovarlar, xizmatlar va kapitallar almashinuvining 604 Moliya erkinlashish an'anasi kengayayotgan bir paytda, har bir davlat eksport va importni tartibga solishning ma'lum instrumentlarini saqlab qolmoqdalar. Ularning asosiy maqsadi-tarkibiy qayta qurish va inqiroz davrining qiyinchiliklarini yengib o'tish, milliy xavfsizlikni ta'minlash-takror ishlab chiqarish uzluksizligini ta'minlovchi (energetika, transport, aloqa va h.k.) va mamlakat mudofaa qobiliyati kabi strategik sohalarni moliyaviy ta'minlash, shuningdek, savdo sheriklardan munosib imtiyozlar olish, shuningdek, byudjet tushumlarini oshirishdan iborat bo'lmoqda. Amaldagi bunday proteksionizm fiskal muammolarni hal etishdan ko'ra, ko'proq tarkibiy siyosat o'tkazish vositasi hisoblanadi.
Hozirgi sharoitda nafaqat erkin savdo g'oyasi (erkinlashuv) bilan proteksionizm o'rtasida qarama-qarshilik yuzaga chiqmoqda, balki milliy xo'jalikni jahon xo'jaligiga kirish samarasini maksimal tarzda ta'minlash maqsadida, xo'jalikni tartibga solishning yuqoridagi ikki instrumentining optimal aralashmasidan foydalanilmoqda. Bunday aralashmaning shakl va nisbatlari, ma'lum vaqtdagi pragmatik manfaatlardan kelib chiqib aniqlanadi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda globallashuv bilan birga, integratsiya jarayonlarining yana bir shakli-ma'lum geografik joylashuvga asoslangan hududiy integratsiya yuz bermoqda. O'sib boruvchi globallashuv, hududiylashuv, iqtisodiyotning transmilliylashuvi va integratsiya natijasida, eski-davlatlararo tartibga solish mexanizmi tubdan o'zgardi.
Mamlakatlar o'rtasidagi iqtisodiy aloqalar ikkiyoqlama munosabatlar chegarasidan chiqib, ko'pyoqlama tus olmoqda. Ammo, «milliy xojalik majmui», «mamlakatning milliy iqtisodiy manfaatlari» tushunchalari o'z ma'nosini saqlab qolmoqda. Milliy xo'jalik hamon ishlab chiqarish, almashuv, taqsimot va iste'mol, shuningdek, iqtisodiy faoliyatning asosiy markazidir. Har bir davlatning yillar davomida shakllangan o'z tarixiy, iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy rivojlanish xususiyatlari mavjud bo'lib, boshqa mamlakatlarning tajribalarini ko'r-ko'rona ko'chirib olish, yoki xalqaro tashkilotlar tomonidan tavsiya etiladigan, iqtisodiy rivojlanishning hamma uchun umumiy retseptlarini qo'llash, samarasiz va iqtisodiy vaziyatni izdan chiqarishi mumkin. Umuman olganda, moliyaviy gIobaUashuv sharoitida jahon xo'jaligiga integratsiyalashuvda rivojlangan mamlakatIarning ilg'or tajribalariga tahliliy yondashish va ushbu tajribalarni milliy xususiyatlar bilan eng optimal tarzda uyg'unlashtirish maqsadga muvofiq sanaladi.

Download 108.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling