Fanidan kurs ishi mavzu:«Xalqaro moliya korparatsiyalarining moliyaviy resurslari va operatsiyalari» Bajardi


Xalqaro moliya korparatsiyasining rivojlanish tarixi hamda xalqaro valyuta fondi bilan o’zaro aloqalar


Download 108.16 Kb.
bet2/5
Sana16.06.2023
Hajmi108.16 Kb.
#1516198
1   2   3   4   5
Bog'liq
Fanidan kurs ishi mavzu «Xalqaro moliya korparatsiyalarining mol

1 . Xalqaro moliya korparatsiyasining rivojlanish tarixi hamda xalqaro valyuta fondi bilan o’zaro aloqalar
Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) 1956 yilda tashkil etilgan bo'lib, uning bosh maqsadi rivojlanayotgan davlatlarda xususiy sektor investitsiyalarini qo'llab-quvvatlash orqali iqtisodiy o'sishni rag'batlantirish hisoblanadi. XMK hukumat kafolatini talab qilmagani bois, benefitsiarlarining kreditga layoqatliligini sinchkovlik bilan tahlil qiladi. Shuningdek, XMK kreditlarining moliyaviy shartlari, XTIB va XRA bilan taqqoslaganda, sezilarli darajada og'ir hisoblanadi. XMK kreditlarining katta qismi 7-12 yil muddatga qat'iy va suzuvchi stavkalarda turli valyutalarda ajratiladi. Investitsiyalami kafolatlash bo'yicha ko'p tomonlama agentlik (MIGA) 1988 yilda tashkil etilgan bo'lib, lahon banki guruhining eng yosh a'zosi hisoblanadi. Bu tashkilotning bosh maqsadi notijorat (siyosiy) risklarga qarshi kafolat berish orqali rivojlanayotgan davlatlardagi to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalarga ko'maklashishdir.
Bundan tashqari, u rivojlanayotgan davlatlar hukumatlariga xorijiy investitsiyalarga ko'maklashish dasturlarini ishlab chiqish bo'yicha maslahatlar beradi. Xalqaro investitsion bahslarni tartibga solish markazi esa, davlatlar va xususiy investorlar o'rtasidagi o'zaro ishonchni mustahkamlash orqali investitsiya sohasidagi bahslarni hal qiladi va muvofiqlashtiradi. XYFning bosh maqsadi xalqaro valyuta tizimi, ya'ni mamlakatlar o'rtasida tovar va xizmatlaming erkin ayirboshlanishiga xizmat qiladigan valyuta kurslari va xalqaro to'lovlar tizimi barqarorligini ta'minlash hisoblanadi. XYF Kelishuvlar moddalarining birinchi moddasiga muvofiq, uning maqsadlari qatoriga quyidagilar kiradi:
- xalqaro valyutaviy muammolami bartaraf etish borasida maslahatlar va hamjihatlik mexanizmini ta'minlovchi doimiy institut orqali xalqaro valyutaviy hamkorlikni rag'batlantirish;
- xalqaro savdoning kengayishi va muvozanatli o'sishini qo'llab quvvatlash va shu orqali bandlik va real daromadlarning yetarlicha yuqori darajasini ushlab turish va iqtisodiy siyosatning bosh maqsadi sifatida barcha a'zo davlatlar resurslarining samaradorligini oshirishga hissa qo'shish;
- a'zo davlatlar o'rtasida joriy bitimlarga doir ko'p tomonlama to'lovlar tizimini tashkil etish va jahon savdosi rivojlanishiga to'sqinlik qiluvchi valyuta ayirboshlashdagi cheklovlarni bekor qilishga ko'maklashish;
- a'zolarning umumiy resurslari hisobidan yetarlicha xavfsiz asosda mablag' bilan ta'minlash orqali ulaming ishonchini qozonish, va shu asosida ularga to'lov balansidagi nomuvofiqliklar (tartibsizliklar)ni milliy yoki xalqaro taraqqiyotga g'ov bo'ladigan choratadbirlarsiz to'g'rilash imkonini berish;
- yuqoridagilarga muvofiq a'zo davlatlarning xalqaro to'lovlar balanslaridagi nomuvofiqlik (muvozanatsizlik)larning davomiyligini qisqartirish va uning darajasini pasaytirish. XVFni tashkil etish mobaynida qat'iy belgilangan paritet tizimining tamoyillari shakllantirilgan bo'lib, ularga valyutalarning oltin paritetiga muvofiq tarzda ularning rasmiy almashuv kursini o'rnatish, a'zo mamlakatlar tomonidan almashuv kurslarining valyuta yo'lakchasi (1945-1971 yillarda - + 1 foiz, 1971-1973 yillarda - 2,25 foiz) doirasida bo'lishini ta'minlanishi, oltinning jahon puli funksiyasini saqlanishi bilan birga, AQSh dollariga ushbu funksiyani bajaruvchi valyuta maqomining berilishi kabilarni kiritish mumkin. Bretton-Vuds tizimi tanazzulga uchragach, majburiy valyuta yo'lakchalari bekor qilindi va valyuta kursining erkin suzish tizimiga o'tildi. Shuningdek, oltin demonetizatsiya qilindi, ya'ni oltin standarti, xalqaro hisob-kitoblarda va Markaziy bankning zaxiralarini shakllantirishda oltindan majburiy foydalanish amaliyoti, AQSh dollarining oltinga erkin ayirboshlanishi bekor qilindi. Bundan tashqari, har bir mamlakat valyuta kursini rejimini mustaqil tanlash huquqiga ega bo'ldi. Shunday bo'lsada, XVF nizomiga muvofiq,
a) mamlakatda moliyaviy va valyuta siyosati barqarorligini qo'llab quvvatlash hamda Markaziy bank tomonidan valyuta kursining kuchli tebranishi yuz berganda intervensiyadan foydalanilishi;
b) bir tomonlama ustunlikka ega bo'lishga qaratilgan valyuta kursining manipulyasiyasidan voz kechish;
v) valyutani tartibga solish va valyuta kursi mexanizmida ko'zda tutilayotgan o'zgarishlar haqida XVFni zudlik bilan xabardor qilish;
g) valyutalarni oltinga bog'lab qo'yish tartibidan voz kechish talab etiladi. XVF bu taraqqiyot instituti emas, Kelishuvlar moddasiga muvofiq, qashshoq mamlakatiarga infratuzilmani shakllantirish, ekport va boshqa sektorlarni diversifikatsiya qilish yoki ta'lim va sog'liqni saqlash tizimini rivojlantirish maqsadida kreditlar ajratmaydi. Har qanday mamlakat xoh u rivojlangan bo'lsin, xoh u sust rivojlangan, agar u kapitallar bozorida qulay shartlarda xalqaro to'lovlarni amalga oshirish va zaxiralarning muvofiq darajasini ta'minlash uchun yetarlicha moliyalashtirish manbasini topa olmasa, to'lov balansi bilan bog'liq muammolarni bartaraf etish uchun moJiyviy yordam so'rab XVFga murojaat qilishi mumkin. XVF laton banki va boshqa taraqqiyot agentIiklaridan farqli ravishda loyihalarni moliyalashtirmaydi. XVFning kreditlash dasturlarini quyidagicha turlarga ajratish mumkin: I. Rezerv (Stand-By) kelishuvlari asosan qisqa mudatli to'lov balansi muammolarini bartarafetishga mo'ljallangan. XVFning eng yirik kreditIari ham mazkur kategoriyaga tegishlidir. 1997 yilda XVF Qo'shimcha rezerv dasturini amaliyotga joriy qildi. Mazkur dastur kapital hisobraqami bilan bog'liq inqirozlarni boshdan kechirayotgan davlatlarga zudlik bilanjuda qisqa muddatli kreditlarni ajratishni ko'zda tutadi.
2. Uzaytirilgan fond dasturi XVF tomonidan to'lov balansi qiyinchiliklariga yuz tutgan mamlakatlarga ko'maklashish maqsadida joriy qilingan bo'lib, bunda muammolar qisman strukturaviy muammolar bilan bog'liq va uni bartaraf etish makroiqtisodiy nomuvofiqliklarga nisbatan uzoqroq muddatni taqozo etadi.
3. Qashshoqlikni qisqartirish va iqtisodiy o'sish dasturi asosida XVF yillik foiz stavkasi 0,5 foiz va so'ndirish muddati 10 yil bo'lgan kreditlarni o'zining eng qashshoq a'zo davlatlariga taqdim etadi. Ta'kidlash lozimki, XVF kreditlarining ko'pchilik qismi shu kategoriyaga mansubdir. 2005 yilda Ekzogen shoklar dasturi ish lab chiqilib tasdiqlandi. Bu dastur asosida Qashshoqlikni qisqartirish va iqtisodiy o'sish dasturi orqali kredit olmaydigan sust rivojlangan davlatlarga ularning nazorat doirasidan tashqarida bo'lgan shoklar tufayli vujudga keladigan to'lov balansi muammolarini bartaraf etish uchun kreditlar taqdim etiladi.
Mamlakat to'iov balansining holati bugungi kunda nafaqat mamlakatning xalqaro operatsiyalarini aks ettiruvchi oddiy huijat, balki ushbu mamlakat iqtisodiyotining ochiqlik darajasi, uning iqtisodiy-geografik va investitsion imkoniyatIari, oltin-valyuta zaxiralari va mavjud valyuta munosabatlarining qay darajada ekanligi hamda xalqaro raqobatbardoshligi haqida an iq xulosalar shakllantirish imkonini beruvchi iqtisodiy kategoriya hisoblanadi. To'lov balansi bu shunday huijatki, unda mamlakatning xorijiy davlatIar bilan bo'ladigan aloqalari natijasida yuzaga keladigan valyuta tushumlari va to'lovlarining haqiqatdagi summasi aks ettiriladi. To'iov balansi - ma'lum vaqt oralig'ida rezidentlar va norezidentIar o'rtasidagi barcha o'tkazmalarning o'lchovidir.
To'lov balansining standart komponentiari hisob varaqlarning ikki asosiy gumhi bo'yicha ajratilishi mumkin: - joriy operatsiyalar hisob varag'i, unda tovarlar, xizmatlar, olingan daromadlar vajoriy transfertlarni qamrab oluvchi iqtisodiy bitimlar hisobga olinadi; - kapitallar va moliyaviy instrumentlar bilan bog'liq operatsiyalar hisob varag'i, unda kapital transfertlari, nomoliyaviy aktivlarni sotib olish, shuningdek, moJiyaviy talablar va majburiyatlar bilan bog'liq operatsiyalar hisobga olinadi. Iqtisodiy adabiyotlarda to'lov balansi moddalarining uch asosiy analitikgumhlari ajratib ko'rsatiladi:
I) savdo balansi;
2) joriy operatsiyalar balansi;
3) umumiy to'iov balansi yoki rasmiy hisob-kitoblar balansi.
Joriy operatsiyalar hisob varag'ining muhim tarkibiy qismi - bu savdo balansi bo'lib, tovarlar eksporti va importi o'rtasidagi farqni ifoda etadi. Savdo balansining o'zgarishi turlicha talqin qilinishi mumkin. Masalan, eksportning importdan oshishi mamlakat tovarlariga jahon bozorlarida talabning oshganligi bilan izohlanadi. Agar butun dunyo mazkur mamlakatning eksport tovarlarini xarid qilsa, shuningdek, uning rezidentlari mahalliy tovarlarni import tovarlaridan afzal bilsa, demak, xulosa qilish mumkinki, mamlakat iqtisodiyotining holati yaxshi hisoblanadi. Aksincha, savdo balansining defitsiti mazkur mamlakat eksport tovarlarining yetarli darajada raqobatbardosh emasligi va aholi turmush tarzini himoya qilish uchun zamriy choralar ko'rish lozirnligidan dalolat berishi mumkin. Bunday tahlil agar savdo balansidagi o'zgarish haqiqatda mazkur davlat tovarlariga bo'igan talabning ortishi yoki kamayishi hisobiga yuz bersa maqsadga muvofiq sanaladi. Biroq savdo balansiga boshqa omillarning ta'siri ham sezilarli bo'lishi murnkin. Jurnladan, qulay investitsion muhit mamlakatga xorijiy investitsiyalar oqimini rag'batlantirish bilan birga xorijdan sotib olinadigan asosiy vositalar miqdorining ham ortishiga sabab bo'lishi mumkin. Bu holat ham savdo balansi defitsitini yuzaga keltiradi, iekin mamlakat iqtisodiyotiga keskin salbiy ta'sir ko'rsatmaydi. Joriy operatsiyalar balansi kengroq axborotni o'zida jamlab, tovar va xizmatlar harakati bilan bog'liq aktivlar oqirnini aks ettiradi.
Joriy operatsiyalar bo'yicha ijobiy sal do tovar, xizmat va xadyalar harakati bo'yicha kredit debetdan yuqoriligini anglatadi. Boshqacha aytganda, ijobiy sal do mamlakat boshqa mamlakatlarga nisbatan netto investor hisoblanadi. Aksincha joriy operatsiyalar bo'yicha defitsit mamlakatning sof qarzdor ekanligidan dalolat beradi.
Merkantilistlar iqtisodiy maktabining konsepsiyasiga muvofiq, muvozanat joriy operatsiyalar balansi atamasida aniqlangan. Bunda ta'kidlab o'tilgan saldo kapitallar harakati, mamlakat oltin-valyuta zaxiralaridagi o'zgarishlarni hisobga olmagan. Shunday qilib, merkantilist maktabi namoyondalari fikricha, iqtisodiy siyosatning maqsadi joriy operatsiyalar hisobvarag'i bo'yicha ijobiy saldoni maksimallashtirish va shuning asosida, mamlakatda oltinning jamlanishiga erishishdan iborat bo'ladi. Joriy operatsiyalar balansi defitsitining uzoq muddatli xorijiy kapital hisobidan moliyalashtirilishi muvozanat mezoni sifatida to'lov balansining umumiy saldosi tushunchasining paydo bo'lishiga olib keldi. To'iov balansining davlat tomonidan tartibga solishning zarurligi quyidagi sabablar bilan izohlanadi: Birinchidan, to'iov balansiga muvozanatsizlik xos bo'lib, bu holat yoki defitsit, yoki haddan tashqari aktiv qoldiq ko'rinishida namoyon bo'ladi. Bu nomutanosiblik valyuta kursi dinamikasiga, kapital oqimiga, iqtisodiyotning holatiga qattiq salbiy ta'sir ko'rsatadi.
Masalan, AQSh, joriy operatsiyalaridagi defitsitni milliy valyuta bilan qoplash natijasida, innyasiyani boshqa davlatlarga eksport qilishga erishgan. Bu esa, xalqaro aylanmadagi dollar ortiqchaligini keltirib chiqardi va XX asrning 70-yillarida Brettonvuds tizimining izdan chiqishiga olib keldi. Ikkinchidan, XX asrning 30-yillarida oltin-deviz standartijoriy qilingandan so'ng, to'iov balansini muvozanatlashtirishning baho mexanizmi ish bermay qo'ydi. Shu sababli ham, to'lov balansini davlat tomonidan ma'lum tadbirlar orqali boshqarilishi maqsadga muvofiq bo'lib qoldi. Uchinchidan, xo'jalik aloqalari tobora globallashib borayotgan hozirgi davrda, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish tizimida to'lov baiansining roli borgan sari ortib bormoqda.
To'lov balansini muvozanatlashtirish vazifasi - davlatning barqaror iqtisodiy o'sishini ta'minlash, inflyasiyanijilovlab turish va ishsizlikni kamaytirish kabi vazifalar bilan bir qatorda e 'tirof etilmoqda. To'lov balansini muvozanatlashtirish, odatda, bir qancha ichki va tashqi omillarning to'lov balansiga ta'sirini baholashni taqozo etadi. Aktiv balansga ega bo'lgan davlatiar, xalqaro hisob-kitoblarga kirishuvchi mamlakatlarda makroiqtisodiy barqaroriikni mavjud bo'lishidan manfaatdor bo'ladi. Defitsitli to'lov balansiga ega bo'lgan davlatlar esa, aktiv balansga ega bo'lgan o'z hamkorlaridan import bo'yicha cheklovlarni kamaytirish, mazkur mamlakatlarga kapital chiqarilishini rag'batlantirish kabilarni talab qiladi. To'lov balansida defitsit mavjud bo'lgan davlatlar tomonidan, eksportni rag'batlantirish, import qilinayotgan tovarlarni kamaytirishga, xorijiy kapitalni jalb qilishga, kapitalni olib chiqib ketishni chegaralashga qaratilgan quyidagi tadbirlar qo'llaniladi: Deflyasion siyosat. Bu siyosat, ichki talabni kamaytirishga yo'naltirilgan holda, o'z ichiga byudjet mablag'larini aholi ehtiyojlariga kamroq sarflash, baholarni va ish haqlarini muzlatish kabilarni qamrab oladi. Uning asosiy instrumentlaridan biri bo'lib, moliyaviy va pul-kredit choralari hisoblanadi: byudjet defitsitini kamaytirish,
Markaziy bankning hisob stavkalarini o'zgartirishi (diskont siyosati); kredit cheklovlari; pul muassasining o'sib borishiga chegara qo'yish. Iqtisodiy pasayish, ishsizlikning yuqori ko'rsatkichi va to'la foydalanilmayotgan ishlab chiqarish quvvatlari sharoitida deflyasiya siyosatini qo'llash, ishlab chiqarish va bandlikning yanada pasayishiga olib keladi. Bu esa, aholining turmush darajasiga sezilarli salbiy ta'sir ko'rsatib, vaziyatni yumshatish bo'yicha tezkor choratadbirlar qo'lanilmasa, ijtimoiy nizolar keltirib chiqarishi mumkin. Devalvatsiya. Bu milliy valyuta kursining pasaytirilishidir. Bu tadbir milliy eksportni rag'batlantirish va importni jilovlash bilan bog'liq maqsadlarda amalga oshiriladi. Ammo, to'lov balansini tartibga solishda devalvatsiyaning roli, uni o'tkazish tartiblari va ularga hamkorlik qiluvchi mamlakatning umumiqtisodiy va moJiyaviy siyosatiga bog'liq bo'ladi. Devalvatsiya faqatgina, raqobatbardosh tovarlarning eksport salohiyati va jahon bozoridagi qulay vaziyatlaming mavjudligi sharoitidagina tovarlar eksportini rag'batlantirishi mumkin. Devalvatsiyaning importni cheklashga ta'siri esa, mamlakatning importni cheklash bo'yicha keskin choralar qo'llash imkoniyatiarining pasayishidan kelib chiqadi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, hamma mamlakatlarda ham import o'rnini bosuvchi tovarlar ishlab chiqarish siyosati muvaffaqiyatli chiqavermaydi. Devalvatsiya importni cheklashi bilan, mamlakat ichida tovarlar ishlab chiqarish xarajatlari ortishiga, narxiarning ko'tarilishiga va oqibatda, tashqi bozorlarda raqobatbardoshlik qobiliyatining yo'qolishiga olib keladi. Shuning uchun, bu tadbir mamlakatga vaqtinchalik ustuvorlik berishi mumkin, ammo u to'lov balansining defitsitini keltirib chiqaruvchi sabablarni to'liq bartaraf etishga qodir emas. Kutilgan natijani olish uchun, devalvatsiya yetarli darajada bo'lishi zarur. Aks holda, u valyuta spekulyasiyasini kuchaytiradi va valyuta kursini qaytadan ko'rib chiqishga majbur qiladi. Masalan, 1967 yil noyabr oyida funt sterlingni 13,4 foizga devalvatsiyasi va 1971 yil dollarning 7,89 foizga devalvatsiya qilinishi, ushbu valyutalarga bo'lgan spekulyativ tazyiqni yo'q qila olmadi. Devalvatsiyani amalga oshirgan mamlakat, raqobatda o'zi kutgan ustuvorhkka ega bo'la olmasligi mumkin. Chunki, suzib yuruvchi kurs rejimining qo'llanilishi to'lov balansini muvozanatlashtirish imkonini bermasligi mumkin. Valyuta cheklovlari. Ushbu tadbir eksport qiluvchilarning xorijiy valyutalardagi tushumlaridan foydalanishni cheklash, xorijiy valyutani import qiluvchilarga sotishni litsenziyalash orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, u valyuta operatsiyalarini maxsus ruxsatnomaga ega bo'lgan banklarda amalga oshirilishi hamda to'lov balansidagi defitsitni kamaytirish maqsadida, kapital eksportini chegaralash va lining oqib kelishini rag'batlantirish, tovarlar importini chegaralashga qaratilgan tadbirlar yig'indisi sifatida ham e'tirof etiladi. XX asrning 70-yiUari oxiri 80-yillarining boshlarida joriy operatsiyalar bo'yicha yuritilayotgan siyosatning erkinlashuviga qaramasdan, konvertirlanadigan valyutaga ega bo'lgan mamlakatlaming deyarli 90 foizida kapitallarning xalqaro harakatida turli xii cheklovlar mavjud bo'lgan. Yelning ko'pchilik davlatlari ushbu cheklovlami faqatgina o'tgan asrning 90-yillariga kelib bekor qildi. Moliya va pul-kredit siyosati.
To'lov balansidagi defitsitni bartaraf etish rnaqsadida eksport qiluvchilarga byudjet subsidiyalari beriladi, proteksionistik rnaqsadlarda import bojlari oshiriladi. rnarnlakatga pul oqirnining kirib kelishini rag'batlantirish maqsadida qimmatli qog'ozlar egasi bo' Igan xorijliklardan olinadigan soliqlarni bekor qilish kabi chora-tadbirlardan keng foydalaniladi.
Xalqaro hisob-kitoblar - bu turli davlatlarning o'zaro va ularning yuridik shaxslari va fuqarolari o'rtasida iqtisodiy va boshqa rnunosabatlarda vujudga kelgan pullik talablar va majburiyatlaming tartibga solinishi va arnalga oshirilishidir. Xalqaro hisob-kitoblar deganda, turli rnamlakatlar o'rtasidagi iqtisodiy, siyosiy va rnadaniy aloqalar natijasida yuzaga keladigan pullik talablar va rnajburiyatlar yuzasidan to'lovlarni arnalga oshirish tizimi tushuniladi. «Xalqaro hisob-kitoblar» tushunchasi: - jahon arnaliyotida ishlab chiqilgan va xalqaro hujjatlar va udurnlar bilan rnustahkamlab qo'yilgan hisob-kitoblarni arnalga oshirish va to'lovlarni o'tkazish shartlari va tartibini; - xalqaro hisob-kitoblarni tashkil etish va o'tkazish bo'yicha banklarning arnaliy faoliyatini qamrab oladi. Tovarlar ishlab chiqarish va ularni sotish jarayonlarining baynalmilallashuvi, xalqaro hisob-kitoblarning rnazrnunida yangi o'zgarishlar paydo bo'lishiga olib keldi. Xalqaro hisob-kitoblar keng qamrovli bo'lib, u eksport-import operatsiyalari, tijorat tusiga ega bo'irnagan to'lovlar - sayyohlik, sport, fuqarolar tomonidan xorijiy davlatlarga pul o'tkazishlar, xorijiy davlatlarda diplornatik va savdo vakolatxonalarini ochish, o'zga davlatlar hududida harbiy qisrnlarni saqlash harnda kapitallar va kreditlarning harakati bo'yicha arnalga oshiriladigan hisob-kitoblarni o'z ichiga oladi. Xalqaro hisob-kitoblarning sarnaradorligiga quyidagi ornillar ta'sir qiladi:
- davlatlar o'rtasidagi iqtisodiy va siyosiy rnunosabatlar;
- valyuta qonunchiligi;
Moliya - xalqaro savdo qoidalari va udumlari;
- bank amaliyoti;
- tashqi savdo shartnomalari va kredit bitimlarining shartlari;
-pullik hisob-kitoblar ishtirokchilarining to'lovga qobilligi.
O'tish davri qiyinchiliklarini boshdan kechirayotgan davlatlarda xalqaro hisob-kitoblarning tovarlar, xizmatlar va bajarilgan ishlar bo'yicha to'lovlarning o'z vaqtida kelib tushishini kafolatlovchi shakllari keng qo'llanilishi mumkin. Tashqi savdo shartnomalarida valyuta-moliyaviy va to'lov shartlari yaqqol aks ettirilib, ular sirasiga quyidagilar kiradi: - baho valyutasi; - to'lov valyutasi; - to'lov sharti; - hisob-kitob shakli. Baho valyutasi - bu tovarning bahosi o'1chanadigan valyuta. Ushbu valyutani tanlashda tovarning turi, hukumatlararo shartnomalarning shartlari va ayniqsa, valyutaning barqarorligi hisobga olinadi. Shartnomada ko'rsatilgan baho tarkibiga tovarlarni ishlab chiqarish, uni yuklash, import qiluvchi mamlakat portiga tushirish, omborxonalarga joylashtirish, import qiluvchiga uni yetkazib berish xarajatiari kiradi. Tovarlar bahosini shartnomada belgilashning 5 asosiy usuli mavjud:
1. Qat'iy belgilangan baholarni o'rnatish. Ushbu baho shartnoma imzolanayotgan vaqtda o'rnatiladi va shartnoma ijro etilishi mobaynida o'zgarmasdan qoladi.
2. Tovarlar bahosini, shartnoma irnzolanayotgan paytda yuzaga kelgan bozor bahosida hisobga olish. Agar xom-ashyo eksport qilinayotgan bo'lsa, ularning biron-bir tovar biJjasida (London yoki Nyu-York tovar birjalari va h.k.) xorijiy bahosi asosida shartnoma ijro etiladi.
3. Baho qat'iy belgilab qo'yilishi. Ammo, shartnoma imzolanayotgan paytda tovarlarning bahosi keskin o'zgarsa, beIgilangan baho o'zgartiriladi.
4. Tovarlar bahosi qatiy belgilab qo'yiladi, ammo xarajatlar tarkibida o'zgarish bo'lgan taqdirda belgilangan baho o'zgartiriladi. Bu usul, ko'pchilik hollarda, asbob-uskunalami sotishda qo'llaniladi.
5. Aralash shakl. Tovarlaming rna'lum qisrni qat'iy belgilangan baholarda, rna'lurn qismi o'zgartiriladigan baholarda sotiladi. To'lov valyutasi - bu haqiqatda import qiluvchining majburiyati to'lanadigan valyuta. Agar, to'lov valyutasi nobarqaror valyuta bo'lsa, unda shartnomada tovarlaming bahosi barqaror valyutada o'lchanadi. To'iov shartlari - bu to'lov naqd valyutalarda yoki naqdsiz shaklda, ochiq hisob-raqamlari orqali, kredit shaklida yoki veksellar orqali amalga oshirilishi rnumkinligini kelishib olishdir. Hisob-kitob shakllari tovami jo'natishga oid huijatlar va to'iov hujjatlarini rasmiylashtirish, uzatish va to'lash usullari sifatida namoyon bo'ladi.
Xalqaro hisob-kitoblar 2 guruhga bo'linadi: hujjatlashtiriladigan; hujjatlashtirilmaydigan to'lovlar. Huijatlashtiriladigan to'lovlarga:
1. H uijatlashtirilgan akkreditiv;
2. Inkasso bilan am alga oshiriladigan hamma to'lovlar kiradi. Huijatlashtirilmaydigan to'lovlarga:
1. To'iov topshiriqnomasi;
2. Cheklar;
3. SVIFf (SWIFT) kiradi. Huijatlashtirilmaydigan to'lovlarni turkumlashda mezon shartlarini to'lov shartlari o'taydi.
Agar, har qanday hisob-kitob quyidagi 3 ta to'lov asosida amalga oshirilsa, bu huijatlashtirilmaydigan hisob-kitob bo'lib hisoblanadi:
l. Oldindan to'lash;
2. Tovarni olgandan so'ng to'lash;
3. Ochiq hisobvaraqlar bo'yicha hisob-kitoblar.
Jahon amaliyotida keng qo'llaniladigan asosiy hisob-kitob shakllari sifatida bank o'tkazrnasi, inkasso va hu]atiashtirilgan akkreditivni ajratib ko'rsatish murnkin. Ta'kidlash lozirnki, xalqaro hisob-kitoblaming sezilarli qismi (80 foiz) inkasso va akkreditiv hissasiga to'g'ri keladi. Ushbu hisob-kitob shakllarida importyor shartnornadagi to'lov shartlariga muvofiq to'lovni amalga oshiradi, eksportyor esa, shartnomada ko'rsatilgan tovarni yetkazib bersagina to'lovni qabul qiladi. Bank o'tkazmasi - bir bank tomonidan boshqa bank topshirig'iga ko'ra ma'lum pul summasini o'tkazmani qabul qiluvchiga to'lanishidir.

Download 108.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling