Fanidan kursi sh I mavzu


Naflilik va keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyalarining


Download 1.37 Mb.
bet6/12
Sana26.12.2022
Hajmi1.37 Mb.
#1066861
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
iqtisod nazariya kurs ishi

Naflilik va keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyalarining dastlabki g‘oyalari XVIII asr oxirlarida paydo bo‘lib, uning asoschilaridan biri Kondilyak va Galiani degan iqtisodchilar edi. Keyinchalik uning nisbatan rivoj lantirilgan g‘oyalari keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi” degan g‘oya edi. Bu g‘oyaning asoschilari avstriya maktabi vakillari K.Menger (1840-1921), F.Vizer (1851-1926), E.Bem Baverk (1851-1914) va boshqalar hisoblanadi. Mazkur nazariyaga ko‘ra, kishilar tomonidan juda xilma-xil moddiy va ma’naviy ne’matlar (hamda xizmatlar) ularni ishlab chiqarishga ijtimoiy zaruriy mehnat sarflanganligi uchun emas, balki ushbu ne’matlar naflilikka ega bo‘lganligi uchun qadrlanadi. Insonlar tomonidan ma’lum nafliliklarga ehtiyoj sezilganligi sababli u yoki bu tovami ishlab chiqarishga mehnat sarflari amalga oshiriladi. Mazkur nazariya tarafdorlari fikrlariga ko‘ra, faqat tovarning nafliligi uning qiymatiga va binobarin, narxiga asos bo‘lishi mumkin. Keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasi bilan qiymatning mehnat nazariyasining bir-biriga to‘g‘ri kelmasligi turli xil iste’mol qiymatlarini yoki naflilikni hisobga olish muammosi bilan bog‘liq. Chunki, turli ko‘rinishdagi ikkita tovarning nafliligini shunchaki umumiy tarzda o‘zaro taqqoslash mumkin emas.
Bu nazariya tarafdorlari naflilikning ikki turini ajratib ko‘rsatish zarur deb hisoblaydilar: a) abstrakt yoki umumiy naflilik, ya’ni ne’matlarning kishilar biron-bir ehtiyojlarini qondirish layoqati; b) aniq naflilik, bu ne’mat mazkur nusxasi foydaliligining subyektiv narxini bildiradi. Bu subyektiv narx ikki omilga bog‘liq: mazkur ne’matning mavjud zaxirasi va unga bo‘lgan ehtiyojning to‘yinganlik darajasi. Keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi muammosini o‘rmonda yashovchi chol ega bo‘lgan besh qop don misolida, uning ongida sodir bo‘lgan psixologik xayol orqali tasvirlab ko‘rsatadilar. Bu qoplardagi donning nafliligi kamayib boruvchi tartibda joylashadi: birinchi qopdagi don eng zarur, ya’ni cholning oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyojin qondirish uchun iste’mol qilinadi, ikkinchisi - ovqatlanishni yaxshilash uchun, uchinchisi - uy parrandalarini boqish, to‘rtinchisi – pivo tayyorlash, beshinchisi - cholning o‘z uyi atrofida sayrab yurgan qushlarni boqib, ko‘ngilxushlik qilishi uchun. Bundan ko‘rinadiki, beshinchi qopniig nafliligi chol uchun u qadar ahamiyatli emas, chunki agar bu qopdagi dondan mahmm bo‘Isa u faqatgina ko‘ngilxushlik qilish imkoniyatidan voz kechadi xolos. Biroq, to‘rtinchi qopdagi donning yo‘q boiishi cholni pivosiz, uchinchisi esa parrandalarsiz qoldirishi mumkin. Faqat bitta qopdagi don qolgan taqdirda chol uchun uning nafliligi eng yuqori darajaga yetadi, ya’ni u ovqatlanish ehtiyoji bilan tenglashadi. Shu o‘rinda turli qoplardagi donlarning nafliligi turlicha ekan, ularning qaysi biri donlarning umumiy naflilik darajasini aniqlab beradi, degan savol tug‘iladi. Holbuki, qoplardagi donlarning bir-biridan farqi yo‘q ekan, chol uchun ularning nafliligi beshinchi, so‘nggi qopdagi donning nafliligi orqali aniqlanadi. Demak, har bir ne’matning so‘nggi qo‘shilgan birligi, ya’ni uncha muhim bo‘lmagan ehtiyojni qondiruvchi birligining nafliligi kamayib borish xususiyatiga egadir.
Agar uzoq davrlar mobaynida tortishuvlar va bo‘linishlarga olib kelgan bu ikki yo‘nalishdagi nazariyalarga e’tibor bilan qaralsa, ularning hammasi tovarda gavdalangan mehnatning ikki tomonlama tavsifini, undan kelib chiquvchi tovarning ikki xil xususiyati (nafliligi va qiymati)ni tushunmaslikdan, uni bilishga bir tomonlama yondashuvdan kelib chiqqanligi ma’lum bo‘ladi

Qo’shilgan naflilik nazariyasi


Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling