Fanidan kursi sh I mavzu


Download 1.37 Mb.
bet1/12
Sana26.12.2022
Hajmi1.37 Mb.
#1066861
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
iqtisod nazariya kurs ishi


O’zbekiston Respublikasi Oliy va órta maхsus talim vazirligi


QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI





«Iqtisodiyot nazariyasi» kafedrasi

«Iqtisodiyot nazariyasi» fanidan


K U R S I SH I


Mavzu: Tovar-pul munosabatlarining shakllanishi



Bajargan:

1-Moliya talabasi D.Jumaboyev



Qabul qilgan:

Pirniyazova G





Nukus-2020
Mavzu: Tovar-pul munosabatlarining shakllanishi

Reja:

  1. Kirish.



  1. Asosiy qism

  1. Tovar ishlab chiqarish va uning rivojlanishi.

  2. Tovar va uning xususiyatlari

  3. Tovar qiymatining negizini aniqlashning ikki asosiy yo’nalishi

  4. Pulning vujudga kelishi va vazifalari

  5. Milliy valyuta va uning barqarorligini mustahkamlash yo’llari.



  1. Xulosa.



  1. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.


Kirish

Ayrim iqtisodiy jarayonlar tarixiy tavsifga ega bo’lsada, uzoq davrlar davomida saqlanib qolishi mumkin. Jumladan, insoniyat tarixiy taraqqiyotining ko’pgina bosqichlarida ijtimoiy-iqtisodiy shakllarning ayrim turlari uzoq vaqt mavjud bo’ladi. Masalan, ibtidoiy jamoa tuzimi yemirilayotgan sharoitdayoq vujudga kelgan tovar ayirboshlash bir ishlab chiqarish usulidan boshqasiga o’tib, bir necha ming yillardan beri amal qilib, rivojlanib kelmoqda.


Kishilik jamiyatining rivojlanishida ijtimoiy xo‘jalikni tashkil etishning ikkita umumiy iqtisodiy shakli ajralib turadi. Umumiy iqtisodiy shakllarning tarixan birinchisi natural ishlab chiqarish hisoblanadi. Ijtimoiy xo‘jalikning bu shaklida Yaratilgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchining o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun, xo‘jalik ichki ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan. Demak, o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqarish - natural ishlab chiqarish, bunday ishlab chiqarishga asoslangan xo‘jalik esa - natural xo‘jalik deb ataladi. Bunday xo‘jaliklarda iste’mol hajmi va tarkibi ko‘pincha ishlab chiqarish hajmi va tarkibiga mos kelgan, ularning bir-biri bilan bog‘lanishi bir xo‘jalik doirasida amalga oshganligi sababli juda oson kechgan. Bunday munosabatlar eng avvalo ibtidoiy jamoada, keyinchalik patriarxal dehqon xo‘jaligi, feodal pomestyalarida hukm surgan. Natural ishlab chiqarish shakli barcha iqtisodiy jarayonlarni bir xo‘jalik doirasida qat’iy cheklab qo‘yadi, tashqi xo‘jaliklararo aloqalar uchun yo‘l ochilmaydi. Ishchi kuchi muayyan xo‘jalikka juda qattiq biriktirib qo‘yiladi va ko‘chib yurish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi. Natural xo‘jalik shakllarining xuddi shu xususiyatlari qishloq xo‘jalik jamoalarini ming yillar davomida barqaror saqlanib qolishining «siri»ni ochib beradi.
Bugun hammaga ma’lumki, kishilar siyosat, san’at, adabiyot, fan, ma’rifat, madaniyat, ta’lim olish bilan shug‘ullanishdan oldin birlamchi hayotiy ne’matlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishlari kerak. Shuning uchun har bir kishi, o‘zining kundalik hayotida bir qator muammolarga, ya’ni kiyim-kechak, oziq-ovqat, uy-ro‘zg‘or buyumlariga ega bo‘lish, bilim olish kabi ehtiyojlarni qanday qilib, nima hisobiga qondirish mumkin degan muammolarga duch keladi. Shu muammolarni yechish va o‘z ehtiyojlarini qondirish maqsadida kishilar turli yo‘nalishlarda, sohalarda faoliyat ko‘rsatadilar. Demak, insonning turli faoliyatlari ichida eng asosiysi, insoniyatning yashashi va uning kamol topishini ta’minlaydigani moddiy va ma’naviy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishdan iborat bo‘lgan iqtisodiy faoliyatdir.
Shu bilan birga biron-bir ijtimoiy-iqtisodiy shaklning turli tarixiy davr sharoitidagi mazmuni, o’rni, roli va ijtimoiy oqibatlari ko’p jihatdan turlicha bo’ladi. Lekin ularning umumiy, eng xususiyatli belgilari saqlanib qoladi. Shu kabi tovar va uning xususiyatlari, tovar qiymatining miqdori, uni aniqlashga bo’lgan yondoshuvlar, pulning vujudga kelishi ham ijtimoiy xo’jalik, ya’ni ijtimoiy ishlab chiqarish shakllariga borib taqaladi va hozirgi kunga qadar rivojlanib, yuksalib kelmoqda.
Tovar-pul munosabatlarini tushunishda tovarning mazmunini, uning xususiyatlarini bilish muhim ahamiyatga ega. Tovarga ta’rif berishda ham iqtisodchilar tomonidan turlicha yondashuvlar mavjud. Ba’zi iqtisodchilar tovarni ijmoiy naflilik deyishgan bo’lsa, boshqalari uni iqtisodiy ne’mat sifatida ta’riflashgan.
Buyumning iste’mol qiymati uning kishilar uchun nafli ekanligi, muayyan naf keltirishi orqali namoyon bo‘ladi. U shaxsiy iste’mol buyumi yoki ishlab chiqarish vositalari sifatida kishilarning biron-bir narsaga bo'lgan ehtiyojini qondiradi.
Uzoq tarixiy davrdan boshlab tortishuvga sabab bo‘lgan narsa - tovarda gavdalangan ijtimoiy mehnatning ikki yoqlama tavsifi va shu asosda hosil bo‘ladigan tovarning ikki xil xususiyatiga ega bo’lishini inobatga olmaslikdir. Mehnat nazariyachilari tovarga sarflangan mehnat miqdoriga asosiy e’tiborni qaratgan bo‘lsa, marjinalistlar uning nafliligiga e’tibor berib keladilar. Ularning biri ko‘proq tovarni ishlab chiqaruvchilar manfaati nuqtai nazaridan tahlil qilgan bo‘lsa, ikkinchisi iste’molchi (xaridorlar) manfaati nuqtai-nazaridan qaraydilar. Holbuki tovarning qiymatini va binobarin narxini aniqlashda uning ikki tomoniga va sotuvchilar bilan xaridorlar manfaati to‘qnashgan tugunga e’tibor qaratish zarur.
Pul uzoq zamonlardan beri odamlarga ma’lum. Pulning kelib chiqishi turli nazariyotchilar tomonidan tovar ayirboshlash jarayonining rivojlanishi bilan bog‘liq holda tushuntiriladi. Pulning vujudga kelishi va mohiyatining turli ilmiy konsepsiyalari mavjud bo‘lib, ular orasida ratsionalistik va evolyusion konsepsiyalar muhim о‘rin tutadi.
Tarix va arxeologiya fanlarining bergan ma’lumotlariga ko‘ra, tovar-pul munosabatlari eng qadimdan paydo bo‘lgan va rivojlangan davlatlardan biri bizning mamlakatimiz hisoblanadi. Chunki bu yerda pul ishlatila boshlanganiga 2 ming yildan oshgan. Bunga misol qilib, hozirgi O ‘zbekiston hududida yashagan xalqlar va qabilalar foydalangan dastlabki pul belgilari hamda tangalarni ko‘rsatish
mumkin. Tarixchilarning tadqiqotlariga ko‘ra, eramizdan awalgi V-IV asrlarda Axmonivlar imperivasida zarb qilingan oltin dariklar va kumush sikQami, eramizdan awalgi III-II asrlar oxiriga borib, Shimoliy Baqtriya, So‘g‘d, Buxoro, Xorazmda kumush va suberatli (bronza ustiga yupqa kumush qoplangan) “o‘xshatma” tangalar zarb qilinganini aytish mumkin.
Eramizdan avvalgi I asrda davlatning o‘z kumush va mis tangalari zarb qilina boshlandi. Tanganing old tomonida mahalliy hukmdor surati, orqa tomonidan - turli tasvirlar va belgilar, so‘g‘dcha va xorazmcha, keyinroq esa baqtriycha yozuvlar bo‘lgan. So‘g‘d va Xorazm davlatlarida eramizning birinchi yarmida kumush va mis qo‘llanilgan antik andozasining 0 ‘rta Osiyoga xos turi saqlanib qolgan. O ‘zbekiston bilan Turkmanistonning janubiy qismida yashagan ko‘chmanchi xalq - qabilalari barpo etgan ulkan Kushon imperiyasida pul tizimi kumushga emas, balki oltinga asoslanganini aytish mumkin.
Har qanday mamlakatdagi tovar-pul munosabatlarining to‘laqonli amal qilishi, eng avvalo, muayyan mamlakat milliy valyutasining mavjud bo‘lishi hamda barqaror amal qilishini taqozo etadi.
Tovar-pul munosabatlarining samarali amal qilishi kо‘p jihatdan milliy valyutaning barqarorligiga ham bog‘liq. Bu borada mamlakatimiz birinchi Prezidenti I.A.Karimov: «Bugungi eng muhim vazifa - valyutamizni baquvvat, dunyoda obro‘li valyutaga aylantirishdir. U yuksak qiymatga va katta kuchga ega bo‘lishi lozim. So‘mning barqarorligini ta’minlash va qadrini oshirish – umummilliy vazifa», deya ta’kidlab, bunga erishish uchun aniq vazifalarni hal etishga qaratilgan to‘rtta alohida dasturlar to‘plamini ko‘rsatib berdi.
O‘zbekistonda milliy valyutani joriy etishda dastlab «so‘mkupon»ning muomalaga kiritilishi quyidagilarga imkon yaratdi: birinchidan, milliy pul islohotining iqtisodiy, texnik va ijtimoiy tomonlarini optimallashtirish uchun respublika ichki iqtisodiyotidagi barcha real omillarni to‘la aniqlash va hisobga olish, ikkinchidan, mustaqil moliya-kredit va narx siyosatini yuritish bo‘yicha muayyan tajriba orttirish; uchinchidan, milliy pul birligini joriy etish strategiyasi va mexanizmini o‘rganish, inflyatsiya jarayoniga qarshi kurash tadbirlari ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazish, o‘zaro hisob-kitoblar mexanizmini yo‘lga qo‘yish va hokazo.


Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling