Fanidan kursi sh I mavzu


Tovar va uning xususiyatlari


Download 1.37 Mb.
bet3/12
Sana26.12.2022
Hajmi1.37 Mb.
#1066861
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
iqtisod nazariya kurs ishi

Tovar va uning xususiyatlari

E.F.Borisov ta’rifiga ko‘ra «Tovar - bu bozorda boshqa tovarga ekvivalent asosida ayirboshlashga mo‘ljallangan, mehnat orqali Yaratilgan ijtimoiy naflilikdir». Bundan ko‘rinadiki, u tovarga inson mehnati mahsuli sifatida qaraydi.


V.I.Vidyapin va boshqalar tahriri asosida tayyorlangan darslikda «ne’mat» va «tovar» tushunchalariga keng izoh berilgan. Unda tovar iqtisodiy ne’matning maxsus shakli bo‘lib hisoblanishi ko‘rsatib berilgan: «Tovar - bu ayirboshlash uchun ishlab chiqarilgan maxsus iqtisodiy ne’mat». Bu va boshqa qator olimlarning fikrlari asosida ta’kidlash mumkinki, tovar - bu biron-bir naflilikka va qiymatga ega bo‘lgan, ayirboshlash uchun Yaratilgan mehnat mahsuli. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning hozirgi bosqichida turli mamlakatlarda ishlab chiqarilayotgan millionlab turdagi mahsulotlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlar tovar shaklini olgan. Jumladan, О‘zbekistonda ham ishlab chiqarilayotgan yalpi ichki mahsulotning asosiy qismi tovar shaklida oldi-sotdi jarayonidan o‘tadi. Mamlakatimizda Yaratilgan ko‘plab turdagi tovarlardan ba’zilarini misol keltirish mumkin:
O’zbekistonda ishlab chiqarilgan ba’zi tovar turlari



Tovar mahsulotlari
nomlari

2015


2016


2017


2018


2019


2019-yilda 2015-yilga nisbatan %da

Yengil avtomobillar(ming)

217.7

235.5

251.3

250.7

190.5

87.5

Avtobuslar (dona)

1268

1100

1136

1217

754

59.5

Traktorlar(ming)

2.5

1.8

2.8

2.2

1.4

56.0

Sovutgich va muzlatgichlar

18893

17836

38870

89352

117108

619.8

Meva-sabzavot konservalari(mln)

124.6

462.3

469.8

533.6

641.1

514.5

Shakar(ming t)

286.1

323.1

356.5

425.5

500.4

174.9

O’simlik yog’i(ming t)

235.6

236.0

251.0

230.0

223.1

94.7

Un(mong tonna)

1217.3

1820.3

1750.8

1979.3

2062.3

169.4

Gilam va gilam mahsulotlari (ming)

655.2

696.7

30845.8

35917.6

32650.8

4983.3

Mamlakatimizda tovar ishlab chiqarish va ayirboshlashning rivojlanayotganligini chakana savdo aylanmasi va pullik xizmat ko‘rsatishning yildan-yilga oshib borishida ham ko‘rish mumkin. 2019-yilda chakana savdo aylanmasi 14,4 foizga, xizmatlar hajmi esa 12,5 foizga, to‘qirhachilik buyumlari, kiyim va charm mahsulotlari 11,7 foizga, oziq-ovqat mahsulotlari 10,8 foizga, farmatsevtika mahsulotlari 23,7 foizga, kimyoviy mahsulotlar 29,7 foizga o‘sdi. 2016-yilning o‘zida sanoat mahsulotlarining 80 foizdan ortig‘i yangi turi o‘zlashtirildi. Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz davom etib turgan sharoitda tovar ishlab chiqarishni rivojlantirish iqtisodiyotni modemizatsiyalash va diversifikatsiyalash jarayonlarini kuchaytirishni taqozo etadi. Ishlab chiqarishni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, uni ma’naiy jihatdan yangilash, tarkibiy jihatdan texnik va texnologik qayta tuzish kabi chora-tadbirlarni o‘z ichiga oluvchi ishlab chiqarishni modemizatsiyalash jarayoni pirovardida tovarlar miqdorining oshishi, sifatining takomillashuvi va turlarining ko'payishiga imkon yaratadi. Ayniqsa, ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish, mahsulot va xizmatlarni sotish bozorlarini kengaytirish maqsadida tarmoq va korxonalar faoliyat sohalarini kengaytirish, mahsulot va xizmatlar assortimentlarini ko‘paytirish, ularning sifatini takomillashtirishdan iborat diversifikatsiya jarayoni tovar ishlab chiqarishni kengaytirishning muhim yo‘nalishlari bo‘lib hisoblanadi. Shuni ta’kidlash joizki, har qanday ishlab chiqarilgan narsa ham tovar bo‘lishi uchun unda ikki xususiyat mavjud bo‘lishi shart. Tovar ikki xususiyatga ega: bir tomondan, u kishilarning biror-bir narsaga bo‘lgan ehtiyojini qondira oladigan, ikkinchi tomondan esa, boshqa buyumlarga ayirboshlana oladigan, ya’ni oldi-sotdi jarayonidan о’tа oladigan buyumdir. Boshqacha aytganda, tovar naflilikka (iste’mol qiymatiga) va qiymatga egadir.
Naflilikni aniqlashda ham turlicha yondashuvlar mavjud. Masalan, marjinalizm maktabi asoschilari ham, ularning keyingi davomchilari ham tovarlar nafliligini aniqlashda alohida olingan individning xayolidagi psixologik yondashuv bilan, ya’ni hech kim bilan aloqasi bo‘lmagan o‘rmondagi cholning yoki kimsasiz orolda bir o‘zi qolib ketgan Robinzonning xayoli bilan aniqlash usulini qo‘llaydilar. Holbuki, tovar ayirboshlash jamiyat a’zolari o‘rtasida, gavjum bozor qatnashchilari o‘rtasida real qaynoq hayot jarayonida sodir bo‘ladi. Ular naflilikning negizida obyektiv iqtisodiy jarayon borligini, naflilik tabiat ashyosi bilan jonli mehnatning birikishi natijasida, to‘g‘rirog‘i naflilik aniq mehnat bilan tabiat ashyosining xususiyatlari o‘zgartirilishi natijasida vujudga kelishini o‘ylab ham o‘tirmaydilar. Albatta, tabiatda mavjud bo‘lgan yoki inson mehnati bilan Yaratilgan har qanday narsa ham naflilikka ega bo‘lavermaydi. Shuning uchun iqtisodiyot nazariyasida ijtimoiy zaruriy naflilik degan tushuncha ishlatiladi va real bozor har qanday naflilikni emas, balki ijtimoiy zaruriy naflilikni tan oladi.

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling