Fanidan ma'ruzalar matni
Download 127.98 Kb.
|
13. Tarixiy atama maruza
Barshchina — kapitalizm davrigacha bo'lgan er rentasi shakllaridan biri: krepostnoy dehqonning pomeshchik xo'jaligida xaq olmasdan majburan mehnat qilish: ishlab berish rentasining ruscha nomi. Barshchina va unga mos keladigan xo'jalikni barshchina usulida tashkil etish feodalizm davrida barcha mamlakatlarda tarqalgan edi. Xo'jalikning barshchina sistemasi bo'lganida krepostnoy dehqon xaftaning muayyan kunlarida shaxsiy mehnati bilan unga tegishli bo'lgan erni amalda va xuquqiy jixatdan o'ziga tegishli ish quroli yordamida ishlar, xaftaning qolgan kunlari esa pomeshchik erida pomeshchik uchun ishlab berar edi. Er egasi qo'shimcha vaqtni o'z foydasiga o'zlashtiradi. Ilk o'rta asr davrida G’arbi Yevropa dehqonlarini barshchina usulida ekspluatatsiya qilish kengaya borib, XI — XIII asrlarda ishlab chiqaruvchi kuchlarning o'sishi va buning natijasida shaharning qishloqdan ajralib chiqa boshlashi, sinfiy kurashning keskinlashuvi, dehqonlarning feodal erlaridan shaharlarga va yangi erlarni qidirib, ommaviy ravishda boshqa joylarga ketib qolishlari ta'siri ostida obrok sistemasi barshchina sistemasini siqib chiqara boshladi. Ishlab berish rentasi oziq-ovqat rentasi bilan, so'ngra esa pul rentasi bilan almashtirildi. XIV—XV asrlarda Yevropaning ko'pchilik mamlakatlarida feodallarning dehqonlarga yangi xujumi boshlanib, feodal zulmi kuchaytirildi va barshchinani qisman tiklash yo'lida harakat qilindi. Ularning bu urinishlariga dehqonlar bir qator yirik qo'zg’olonlar bilan javob berdilar va Angliya, Frantsiya kabi mamlakatlarda feodallar barshchinani qat'iy tiklash niyatlaridan voz kechishga majbur bo'ldilar. Natijada uzil—kesil obrok sistemasiga o'tdilar. Dehqonlarni barshchina usulida ekspluatatsiya qilish qoldiqlari Pol’sha, Vengriya va Ruminiyada XX asrgacha saqlanib qoldi.
Obrok — feodal er rentasining ikki formasini ya'ni maxsulot (natura obrogi) va pul (pul obrogi) shakllarini bildirgan atama. Bu ikkala shakldagi obrok ham dehqon xo'jaligida ishlab chiqariladigai qo'shimcha maxsulotning (yoki uning pul ekvivalentining) feodal tomonidan o'zlashtirilishini bildiradi. Al’menda — germanlirda o'rta asrlarda qishloq jamoalarining a'zolari umumiy foydaldnadigan er—.mulklari (o'tloqlar, o'rmonzorlar, xaydaladigan erlar). Al’menda -mulklari qishlok, jamoalari asoratga solinganidan keyin ham saqlanib qoldi. XI —XIII asrlarda al'menda ancha qisqardi, chunki aholining o'sishi va boshqa sabablarga ko'ra al’menda hisobiga erlar bo'lib beriddi. Bundan tashqari feodal al’mendani yakka o'zi boshqarishga, uni o'z domeniga qo'shib olishga intildi. Krepostnoylik qishloqlariga tovar—pul munosabatlari kirib kelishi bilan al’mendaning ahamiyati oshadi, u shiddatli sinfiy kurash ob'ektiga aylanadi Al’menda uchun kurash XIV — XVI asrlarda barcha dehqon qo'zg’olonlarida katta rol’ o'ynaydi. Kapitalistik munosabatlarning vujudga kelishi va rivojlanishi al’mendadan foydalanishda tub burilishni keltirib chiqardi. Angliya lordlari uni uz mulkiga aylantirdilar, G’arbi Yevropaning boshqa mamlakatlarida al’ menda bo'lib yuborildi, bunda feodal — pomeshchik uning katta qismini qo'lga kiritib qoldi. Download 127.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling