Fanidan ma'ruzalar matni


Atamalarning shakl va turlari. Atamalarning ma’nosi


Download 127.98 Kb.
bet2/71
Sana06.02.2023
Hajmi127.98 Kb.
#1170861
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71
Bog'liq
13. Tarixiy atama maruza

Atamalarning shakl va turlari. Atamalarning ma’nosi.

Atama so'zi (termin — «terminus») — marza, chegara so'zlaridan olingan. Qadimgi Rimda Termin xudosi bo'lib, u marzali toshda turgan. YUpiter ibodatxonasida ya'ni Kapitoliyda saqlangan.
Zamonaviy ma'noda atama — so'z yoki so'z, birikmasi bo'lib, ijtimoiy — siyosiy shayotdagi, fan, texnika va san'atdagi biror bir ma'noni, tushunchani anglatadi.
Oddiy so'zlardan farq qilib atamalar, o'zining aniq semantik chegaralariga ega. Atamalar hamma vaqt ham o'z ma'nosini anglatavermaydi. Har qanday ilmiy va texnik sohada ko'p miqdordagi omonim — atamalar va sinonim — atamalar mavjud. Bu esa ma'lum ma'noda noqulayliklar tug’diradi. SHuning uchun ham fan va texnikadagi atamalarning tartiblash ishlari bu yo'ldagi qiyinchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan. Ijtimoiy — siyosiy, ilmiy va texnik atamalar hozirgi kunda bir tildan boshqa tilga o'tib xalqaro leksik fond tarkibiga kirmoqda.
Atamalar ulkan ilmiy ahamiyatga ega. Tabiat va jamiyatdagi mavjud xodisani o'rganish uchun uning aniq nomini bilish talab qilinadi. Bunda atama tushunchani izozhlabgina qolmay, uni bir—biriga yaqin bo'lgan so'zlardan farqlaydi.
Atamalarning paydo bo'lishidagi bir yo'l - bu unga muhim atamashunoslik ahamiyatini berish sanaladi. Ko'p hollarda atama umum adabiy tildan hosil bo'lgan holda omonim bo'lib qoladi va o'z manbasiga nisbatan ma'lum ma'noda yoki umuman aloqasini uzadi (Masalan, «operatsiya» — jarrohlik operatsiyasi yoki bank operatsiyasi, «polotno» — temir yo'l polotnosi yoki matoli polotno).
Ko'p hollarda atama lug’at tarkibidagi so'zlardan so'z qo'shish yo'li bilan yasaladi (chang yutgich, to'rt yulduz) yoki qo'shma so'z yasash bilan yasaladi (temir yo'l, to'g’ri burchak).
Atamalar yasashda ko'pincha lotin va yunon tili elementlaridan foydalaniladi. (Masalan, «termometr»—yunoncha issiqlik va o'lchayman so'zidan olingan, «ekvivalent»—lotincha quus—to'g’ri, valens (valent— o'zak) — kuchli, qimmatli).
Ba'zi hollarda atamalar turli tillardan kal’kalash yo'li bilan hosil bo'ladi. (Taqqoslash uchun «besh yillik reja» nemis tilida Funfens plan, frantsuz tilida plan quin quennal, ingliz tilida five years' plan).
Kal’ka — so'z yoki ibora bo'lib shu so'z zamirida yoki boshqa tildagi talaffuzidan kelib chiqib ona tiliga o'girilishi tushuniladi. So'zlarni kal’kalaganda aniq morfologik tasavvur hosil bo'ladi. (Masalan, XVIII asrda ruscha «so—sredotochit’» so'zi morfemali tarjima qilish yo'li bilan). Kal’ka yo'li bilan ba'zan xorijiy tillardagi butun konstruktsiyalar o'sha tildan aynan shunday tarjima qilinadi. (Masalan, "vaqtni yo'qotmoq" frantsuzcha «tuer Ie temps», inglizcha «kill the time», nemischa «die Zeit totschalgen»). Ruschadan besh yillik plan, sotsialistik musobaqa kabi so'zlar bevosita kal’kalash yo'li bilan zamonaviy tilimizga ko'chgan.
Atamashunoslik (terminologiya) so'zi lotincha «terminus» — termin va yunoncha «logos» — so'z farqlayman kabi so'zlaridan olingan.
Tarixiy atamalarning asosiy manbalariga to'xtaladigan bo'lsak, avvalo antik falsafaning rivojlanishi bilan (Aristoteldan boshlab) ilk bor falsafiy atamalar yunon tilida paydo bo'lishiga e'tibor berishimiz kerak. Keyinroq, lotin tilida ijod qilgan Terentsiy Varron, TSitseron, Kvintilman va boshqalarning xizmati bilan V asrda atamashunoslik to'la shakllanadi (Martsian Kapella va Boetsiy esdaliklarida). Keyinroq atamashunoslik roman, german, slav’yan va boshqa tillariga ko'chdi.
Islom dini tarqalgan mamlakatlarda hunarmandchilikning o'sishi, san'at, savdo aloqalari va fanning rivojlanishi bilan san'at, savdo, ximiya, matematika, astronomiya, geografiyaga oid atamalarning arab tilida ko'chishini ta'minlandi. Bular keyinroq hind—Yevropa tillariga ko'chdi (Masalan, tara, tarif, al’kogol, alizarin, azimut, nodir, musson).

Download 127.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling