Fanidan ma'ruzalar matni


Download 127.98 Kb.
bet6/71
Sana06.02.2023
Hajmi127.98 Kb.
#1170861
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71
Bog'liq
13. Tarixiy atama maruza

Day — mil. av.gi V — IV asrlarda Sirdaryoning quyi oqimlari atrofida yashagan sak (shak) qabilalaridan ayrim manbalarda ularning daxlar, toxarlar deb ham atashgan. Spitamen Iskandarga qarshi kurashish uchun oxirgi marotaba day qabilasidan qo'shin to'plagan. Mil. av.gi IV asr oxiri — III asr boshlarida Sirdaryoning o'rta va quyi oqimida yashagan saklarning Qang’ davlati vujudga keldi. Keyinchalik daylarning Qang’ davlatiga kirgan qavmlar ittifoqi siqib kirishga majbur bo'lishgan. Mil. av.gi 250 yilda daylar mahalliy Baqtriya aholisi bilan birgalikda Baqtriyani salavkiylardan ajratib oldilar va yangi davlatta asos soldilar. SHundan so'ng bu o'lkaning nomi Toxariston deb atala boshlagan.
O'rta Osiyodagi davlat birlashmalari shakllanmasdan oldingi davr harbiy demokratiya — davlatga o'tish davrining boshqaruv shakli bo'lib, uni harbiy qabila boshliqlari boshqarganlar «Avesto» jamiyatining asosini katta patriarxal oila tashkil etgan. U «nmana» deb atalgan. SHunday bir necha urug’ jamoasi «v i s» deb atalgan. «Varzana» deb esa hududiy qo'shnichilik jamoasining, qabilalar jamoasi esa — «zantu»ni tashkil qilgan.
YUqoridagi qabilalarning barchasi etnik jamoani — tili, urf — odati, diniy e'tiqodi jixatdan uyushgan kishilar guruhini tashkil etgan. etnos — yunon tilida «xalq» degan ma'noni anglatadi.
Mil. av.gi 1 ming yillikning birinchi yarmida O'rta Osiyoda Zardo'shtiylik dini keng tarqaldi. Zardo'shtiylik diniga ko'ra olov (quyosh), er, suv, havo muqaddas sanalgan Zardo'shtiylik dinini aoschisi Zardo'sht (turli tillarda Zaratushtra, Zorast, Zardo'sht) ismidan olingan. Uning tug’ilgan yili noma'lum. Mil. av.gi I ming yillikning birinchi choragida yashagan. U biz o'z ta'limotini Xorazm yoki Baqtriyada targ’ib qilgan. U 77 yoshida dushmanlari qo'lida xalok bo'lgan Keyinroq Yevropada bu din targ’ibotchisini Zoroastr (yunoncha «astron»—yulduz) deb atay boshlaganlar, chunki YUnonistonda uni alloma — munajjim tarzida ardoqlaganlar. SHu nomdan kelib chiqib, uning ta'limotini zoroastrizm deb yuritganlar.
Munajjim — osmon yoritkichlarining vaziyatlarini kuzatuvchi shaxs. Bu so'z arab tilidan olingan. Zardo'sht 40 yoshida yangi diniy ta'limot payg’ambari bo'ladi. «Payg’ambar» so'zi «savobli ishlar xabarchisi» degan ma'noni anglatadi.
Zardo'shtiyning g’oyalari mil. av.gi IV asrda to'planib 21 kitob qilinadi. Ular «Avesto»ning asosini tashkil etgan. Matnlarda yozilgan tafsiflar «Zand» deb ataladi. «Katta Avesto»dan ayrim muhim oyatlar tanlab olinib, Xorazm, Baqtriya, Margiyona va So'tdiyona xaqida qimmatli ma'lumotlar mavjud.

Download 127.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling