Fanidan ma'ruzalar matni


Download 127.98 Kb.
bet5/71
Sana06.02.2023
Hajmi127.98 Kb.
#1170861
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71
Bog'liq
13. Tarixiy atama maruza

So'g’d yozuvi — miloddan oddingi ming yillikning oxirlarida oromiy alifbosidan ajralib chiqqan. Arab yozuvi singari o'ngdan chapga qarab yozilgan va o'qilgan. Qadimgi manbalarda so'g’d alifbosida 25 xarf mavjudligi ta'kidlangan, biroq turli joylardan topilgan so'g’d yozuvi yodgorliklarida xarflarning umumiy sonida farqlar bor. So'g’d yozuvining milodning boshlariga oid qadimgi na'munasi Samarqand yaqinidagi Toli barzu degan joydan topilgan.
Amudaryoning quyi oqimida yashagan o'troq dehqon elatlari xorazmliklarning yurti Xvariazm («Avesto»da), Xvarizmish (Bexistun yozuvlarida), Xorasmiya (Arrian, Strabon) asarlarida yozib qoldirilgan.
So'g’diylarning eng yaqin qo'shnilari baqtriyaliklar bo'lib, ularning yurti Surxon vodiysi, Afg’onistonning shimoli, Tojikistonning janubiy hududlarida joylashgan. YOzma manbalarda u Baxdi («Avesto»da), Baqtrish (Bexistun yozuvlarida) deb nomlangan. YUnon-rim mualliflarining asarlarida Baqtriana yoki Baqtriya deb atalgan
Massagetlar - Kaspiyorti va Orol dengizi yaqinida va Sirdaryoning quyi oqimida mil. av. VI - IV asrlarda yashagan qabilalar guruhining umumiy nomi. Massagetlar xaqida fanda xar xil qarashlar mavjud. Ayrim olimlarning fikricha, Massagetlar nomi «muso» — «baliq» so'zidan kelib chiqqan bo'lib, «baliqxo'rlar» ma'nosini bildiradi. Keyingi tekshirishlar natijasida massagetlarning «mae», «saka» va «ta» so'zlaridan iborat bo'lganligi va saklarning katta uyushmasi degan ma'noni bildirishi aniqlangan. YUnon tarixchisi Gerodotning ta'riflashicha, massagetlar piyoda va otda jang qilganlar, otlarning ko'kraklariga sovut kiydirganlar. Massagetlar o'z podshosi To'maris boshchiligida eron bosqinchilariga qarshi kurashganlar. Mil. av.gi VI asrda ular o'z erlarini boshqa qabilalar xujumidan himoya qilish maqsadida harbiy qabila ittifoqiga birlashganlar.
Saklar — milodan avvalgi I ming yillik va milodning boshlarida O'rta Osiyo va SHarqiy Turkistonning shimoliy — SHarqiy hududlarida yashagan chorvador qabilalar. Qadimgi fors manbalarida saklar uch guruhga bo'linganligi ko'rsatilgan:

  1. saka — xaumovarka;

  2. saka — tigraxauda;

  3. saka — tiaytaradarayya.

Saklar forslar armiyasi tarkibida yunon—fors urushlarida qatnashgan. Aleksandr Makedonskiy, so'ngra salavkiylar o'zlarining O'rta Osiyodagi mulklariga xavf solgan saklarga qarshi kurash olib borganligi manbalarda qayd qilingan. Mil. avv. II asr o'rtalarida saklar boshqa ko'chmanchi qabilalar bilan birga Parfiya podsholigi erlariga bostirib kirganlar. Ammo ular qattiq qarshilikka uchrab Darang’iyonga siqib chiqarilgan. Saklar Darang’iyonada o'troq joylashganligi uchun unga Sakiston, ya'ni Saklar mamlakati deb nom berilgan.

Download 127.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling