Fanidan ma'ruzalar matni


O’rta asrlar Yevropa mamlakatlari madaniy atamalari


Download 127.98 Kb.
bet32/71
Sana06.02.2023
Hajmi127.98 Kb.
#1170861
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   71
Bog'liq
13. Tarixiy atama maruza

O’rta asrlar Yevropa mamlakatlari madaniy atamalari.

O'rta asrlar davri uzoq davrni — milodning V—XVII asrlarini o'z ichiga olib, uni dunyoning barcha xalqlari o'z boshlaridan kechirganlar. Ma'lumki, Qadimgi dunyo tarixida quldorlik jamiyati asosan SHarq mamlakatlarida o'zining yuksak cho'qqisiga erishgan edi. Uning so'nggi davrida yuksak rivojlanishi markazi asta sekin G’arb dunyosiga ko'chdi.
O'rta asrlar tarixidagi eng muhim voqealar qatorida xristian va islom dinlarining paydo bo'lishini alohida ta'kidlash lozim. Xuddi ana shu o'rta asrlarda buyuk geografik kashfiyotlar ham sodir bo'lib o'tdiki, u Yevropa xalqlari hayotida yangi davrni ochib berdi. Kapitalistik munosabatlar, ilk kapitalistik korxonalar ham o'rta asrlarning so'nggi davrida shakllandi. Lekin o'rta asrlar davri urushlar, ocharchilik va tabiiy sharoitlar ancha qiyin kelgan yillar bilan ham izohlanadiki, albatta, bu ham o'sha davr tarixida o'zining mash'um asoratlarini saqlab qolgan.
O'rta asrlar tushunchasini mazmunan boyitgan feodalizm — kishilik jamiyati taraqqiyotida V asr oxiridan va XVII asrning o'rtalarigacha bo'lgan davrni o'z ichiga oladi. Feodalizm o'z taraqqiyoti yo'lida uch bosqichni bosib o'tdi. Feodalizm genezisi (V asr oxiridan XI asrgacha), rivojlangan feodalizm (XI — XV asrlar), so'nggi feodalizm (XVI asr va XVII asrning birinchi yarmi). Jahonning ayrim mintaqalarida feodal munosabatlari saqlanibgina qolmay, balki uning hukmron mavkei keyingi davrlarda ham davom etdi va endi uning mazmuni (kishilik jamiyati tarixi masshtabida) uning o'sib borayotgan darajasi bilan emas, balki maydonga kelayotgan va tobora mustahkamlanib borayotgan kapitalistik munosabatlarning darajasi bilan belgilanadigan bo'lib qolgan edi.
Ijtimoiy — iqtisodiy mavzudagi atamalar.
Feod — (lot.) O'rta asr G’arbi Yevropasi manbalarida er, mansab va daromadlarni belgilashda qo'llanib kelingan lotincha termin. G’arbi Yevropa feodalizm davrida sen'or tomonidan harbiy xizmatni o'tash va boshqa bir qator majburiyatlarni bajarish sharti bilan foydalanish uchun meros bo'lib o'tadigan qilib in'om qilingan er—mulk. O'rta asrlarda Frantsiyada feod «f’er», Angliyada — «fi», Germaniyada esa «len» deb atalgan.

Download 127.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling