Fanidan Mustaqil ish Mavzu: 48. O‘lchash asboblarining aniqlik klasslari. O‘lchash asboblardagi shartli belgilari
Download 1.49 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston Respublikasi o‘lchashlar birliligini ta`minlash tizimining ilmiy asosini ko‘rsating N:57)Amiliy
- 48.O‘lchash asboblarining aniqlik klasslari. O‘lchash asboblardagi shartli belgilari.
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI Metrologiya standartlashtirish va sertifikatlashtirish fanidan Mustaqil ish Mavzu: 48.O‘lchash asboblarining aniqlik klasslari. O‘lchash asboblardagi shartli belgilari. O‘zbekiston Respublikasi o‘lchashlar birliligini ta`minlash tizimining ilmiy asosini ko‘rsating N:57)Amiliy Bajardi: Toshtemirov Shaxzod 241/21_Gurux Tekshirdi:Agzamova Mutabar Toshkent 2023 48.O‘lchash asboblarining aniqlik klasslari. O‘lchash asboblardagi shartli belgilari. Reja:
2. O‘lchash asboblarining asosiy metrologik tavsiflari 3.Oʻlchash asboblari 1. O‘lchash asboblarining aniqlik klasslari Odatda o‘lchash asbobi olinadigan natijaga kirituvchi xatoligini oldindan belgilash uchun xatolikning me’yorlangan qiymatidan foydalaniladi. Xatolikning me’yorlangan qiymati deganda berilgan o‘lchash vositasiga tegishli bo‘lgan xatolikni tushunamiz. Alohida olingan o‘lchash vositasining xatoligi har xil, muntazam va tasodifiy xatoliklarining ulushi esa turlicha bo‘lishi mumkin. Ammo, yaxlit olib qaralganda o‘lchash vositasining umumiy xatoligi me’yorlangan qiymatdan ortib ketmasligi kerak. Har bir o‘lchash asbobining xatoliklarini chegarasi va ta’sir etuvchi koeffitsientlar haqidagi ma’lumotlar asbobning pasportida keltirilgan bo‘ladi. O‘lchash asboblari ko‘pincha yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatoligi bo‘yicha klasslarga bo‘linadi. Masalan: elektromexanik turidagi ko‘rsatuvchi asboblarda standart bo‘yicha quyidagi aniqliklar ishlatiladi: а.k 0,02; 0,05; 0,1; 0,2; 0,5; 1; 1,5; 2,5; 4 Odatda, asboblarning aniqlik klasslari asbobning shkalasida beriladi va ularning keltirilgan xatoligini bildirib, quyidagicha bog‘langan bo‘ladi: а.k=k mахk; а.k k mахkq/Ах max Agar o‘lchash asbobining shkalasidagi aniqlik klassi aylana bilan chegaralangan bo‘lsa, masalan 1,5, u holda bu asbobning xatoligi shkala oxirida 1,5 % ga tengligini bildiradi. Agar o‘lchash asbobining aniqlik klassi chiziqchasiz bo‘lsa, u holda aniqlik klassi raqami keltirilgan xatolikning qiymatini bildiradi. Lekin bir narsani unutmaslik lozim, agar asbob, masalan ampermetr keltirilgan xatolik bo‘yicha 0,5 klass aniqligiga ega bo‘lsa, uning barcha o‘lchash diapazoni oralig‘idagi xatoliklari ±0,5% dan ortmaydi deyishlik xato bo‘ladi. Chunki, bu turdagi asboblarda klasslari asbobning shkalasida beriladi va ularning keltirilgan xatoligini bildirib, quyidagicha bog’langan bo‘ladi. Agar o‘lchash asbobining shkalasidagi aniqlik klassi aylana bilan chegaralangan bo‘lsa, u holda bu asbobni sezgirligining xatoligi ±... % ga tengligini bildiradi shkalaning boshlanishiga yaqinlashgan sari o‘lchash xatoligi ortib boraveradi. Shu sababdan bunday asboblarda shkalaning boshlang‘ich bo‘laklarida o‘lchash tavsiya etilmaydi. Agar asbobning shkalasida aniqlik klassi yonbosh kasr chizig‘i bilan berilgan bo‘lsa, masalan, 0,02/0,01 u holda asbobning shkalasining oxiridagi xatoligi ±0,02% shkalaning boshida esa ±0,01 % ekanligini bildiradi. 2. O‘lchash asboblarining asosiy metrologik tavsiflari Har qanday o‘lchash asbobini tanlashda eng avvalo uning metrologik tavsiflariga e’tibor berishimiz lozim bo‘ladi. O‘zgartirish funksiyasi – buni analogli o‘lchash asboblarida shkala tenglamasidan ham bilishimiz mumkin. Tanlanayotgan asbobda o‘zgartirish funktsiyasi chiziqli bo‘lishi qaydnomalarni olishni osonlashtiradi, sub’ektiv xatoliklarni esa kamaytiradi. Sezgirligi. Umuman sezgirlik – bu o‘lchash vositasining tashqi signalga nisbatan ta’sirchanligi, sezuvchanligidir. Umumiy holda sezgirlik o‘lchash vositasining chiqish signali orttirmasini, kirish signali orttirmasiga nisbatidan aniqlanadi: S Lim Y / X Y / X ; X 0
=
qismining og‘ish burchagini o‘lchanadigan kattalik bo‘yicha birinchi hosilasi bo‘lib, quyidagicha ifodalanadi S = d /dx, bu yerda d – asbob qo‘zg‘aluvchan qismining og‘ish burchagi. Sezgirlik ostonasi – bu o‘lchanadigan kattalikning shunday eng kichik. (boshlang‘ich) qiymatiki, u o‘lchash asbobining chiqish signalini sezilarli o‘zgarishiga olib keladi. S = Хmin/Хnоm*100 %, bu yerda, Хmin – o‘lchanadigan kaggalikning eng kichik (boshlang‘ich) qiymatidir. Asbob ko‘rsatishining variatsiyasi – o‘lchanayotgan kattalikning biror qiymatini, o‘lchash sharoitini o‘zgartirmagan holda, takror o‘lchaganda hosil bo‘ladigan eng katta farqdir va u quyidagicha aniqlanadi (5.1 – rasm): = (А0’ – А0”)/Ахmах*100 %, bu yerda, АO‘, А0 – o‘lchanayotgan kattalikning (namunaviy asbob yordamida) takror o‘lchashdagi qiymatlari. Variatsiya asosan qo‘zg‘aluvchan qismi tayanchga o‘rnatilgan asboblarda ishqalanish hisobiga kelib chiqadi. 1 – rasm. Asbob ko‘rsatishining variatsiyasi. Asbobning o‘lchash xatoligi. Bu xatolik sifatida mutlaq xatolik, nisbiy xatolik yoki keltirilgan xatolik berilgan bo‘lishi mumkin. Bu xatoliklar xususida keyingi mavzularda yetarli ma’lumotlar berilgan. O‘lchash diapazoni. Bu asosan ko‘p diapazonli asboblarga tegishli. Aksariyat hollarda asbobning har bir o‘lchash diapazoniga taalluqli xatoliklari ham beriladi. Xususiy energiya sarfi. Bu tavsif ham muhim hisoblanib, asbobning o‘lchash zanjiriga ulanganidan so‘ng kiritishi mumkin bo‘lgan xatoliklarini baholashda ahamiyatli sanaladi. Ayniqsa, kam quvvatli zanjirlarda o‘lchashlarni bajarishda bu juda muhimdir. Xususiy energiya sarfi o‘lchash asbobining tizimiga va konstruktiv ishlanishiga bog‘liq bo‘lib, ayniqsa, kichik quvvatli zanjirlarda o‘lchashlarni bajarishda juda muhimdir. Ishonchliligi (chidamliligi) – o‘lchash vositasining ma’lum o‘lchash sharoitida, belgilangan vaqt mobaynida o‘z metrologik xususiyatlarini (ko‘rsatkichlarini) saqlashidir. Bu ko‘rsatkichlarni chegaradan chiqib ketishi asbobni layoqatligi pasayib ketganligidan dalolat beradi. O‘lchash asbobining ishonchliligi, odatda, buzilmasdan ishlash ehtimolligi bilan baholanadi va taxminan quyidagicha topiladi: = n / n um , bu yerda: n – ishonchlilikka sinalgan asboblar soni; num – umumiy (ko‘p seriyali) ishlab chiqarilgan asboblar soni. 3.Oʻlchash asboblari — oʻlchanadigan kattalikning qiymatini (yoki miqdorini) bevosita aniqlashga imkon beradigan vositalar. Analog, raqamli, koʻrsatuvchi va qayd qiluvchi, integrallovchi, jamlovchi va boshqalar turlarga boʻlinadi. Analog Oʻlchash asboblarida kattaliklarni oʻlchash shkala boʻyicha, raqaml i Oʻlchash asboblarida raqamli hisoblash qurilmasi boʻyicha amalga oshiriladi. Koʻrsatuvchi Oʻlchash asboblari oʻlchash natijalarini faqat koʻrib turib aniqlash uchun moʻljallangan. Qayd qiluvchi Oʻlchash asboblari oʻlchash natijalarini qogʻozga qayd qilib borish qurilmasi bilan taʼminlanadi. Bunday asboblar yozib boruvchi (qaydlar qogʻozga diagramma tarzida chizib boriladi) va bosuvchi (oʻlchash natijalari qogʻozga raqamlar tarzida bosib boriladi) turlarga boʻlinadi. Integrallovchi Oʻlchash asboblarida oʻlchanadigan kattalik vaqt yoki boshqa mustaqil oʻzgaruvchan miqdor boʻyicha integrallanadi (mas, elektr va gaz hisoblagichlari). Jamlovchi Oʻlchash asboblari turli kanallar boʻyicha keluvchi ikki yoki bir necha kattalik qiymatini jamlab koʻrsatadi (mas, bir necha elektr generatorining quvvatini jamlovchi vattmetr). Oʻlchash asboblari korxonalarida texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish maqsadida Oʻlchash asboblari koʻpincha rostlash, hisoblashechish va boshqarish qurilmalari bilan taʼminlanadi. Ular maxsus tuzilgan dasturlar boʻyicha ishlaydi. Oʻlchash maʼlumotlarini uzatish, oʻzgartirish yoki avtomatik boshqarish tizimlarida foydalanish uchun qulay boʻlgan shakldagi signalni ishlab chiqish uchun moʻljallangan oʻlchash vositasi oʻlchash qurilmasi deb ataladi. Bu qurilma Oʻlchash asboblarini, oʻlchash oʻzgartirgichlari (oʻlchanadigan kattalikni uzatish uchun qulay signalga oʻzgartiruvchi vosita) ni, kuchaytirgichlar va boshqalar moslamalarni oʻz ichiga oladi. Chiziqlar va burchaklarni oʻlchash qurollari (chizgʻichlar, transportirlar va boshqalar) oʻlchash vositalari, vazn (ogʻirlik) oʻlchanadigan vositalar (mas, tarozi) oʻlchov vositalari deb ataladi. Elektr taqsimlash qurilmalarida va yuqori kuchlanishli oʻzgaruvchan tok zanjirlarida tok kuchi, kuchlanish, quvvat va energiyani oʻlchash xavfsizligini taʼminlash uchun elektr oʻlchash transformatori qoʻllanadi. Uning birlamchi chulgamiga oʻlchanadigan kattalik (tok, kuchlanish va boshqalar) taʼsir qiladi, ikkinchi (pasaytiruvchi) chulgʻami esa Oʻlchash asboblariga va himoya relesiga ulanadi. Oʻlchash transformatori yordamida elektr Oʻlchash asboblari (voltmetr, ampermetr va vattmetr) bilan elektr kattaliklarning turli qiymatlarini oʻlchash mumkin. Keng maʼnoda — Oʻlchash asboblari turli kattaliklar (fizik, mexanik, elektr va magnit kattaliklar) ni oʻlchash bilan bogʻliq boʻlgan barcha oʻlchash apparatlari, qurilmalari va vositalarini oʻz ichiga oladi. Hozir impulsli va raqamli oʻlchash apparatlari keng qoʻllanilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi o‘lchashlar birliligini ta`minlash tizimining ilmiy asosini ko‘rsating 2019 ― 2023-yillar davri uchun o‘lchashlar birligini ta’minlash milliy tizimini rivojlantirish va takomillashtirish KONSEPSIYASI Taraqqiyotning bugungi bosqichida mahsulot sifati, xavfsizligi va raqobatbardoshligi iqtisodiyot tarmoqlarini jadal va barqaror rivojlantirish, ishlab chiqarishning rentabelligi va samaradorligini oshirishning muhim omiliga aylanmoqda. Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida va davlat boshqaruvida qo‘llanadigan o‘lchash natijalarining aniqligi, xolisligi, ishonchliligi va solishtiriluvchanligini ta’minlamasdan, qayd etilgan maqsadlarga erishib bo‘lmaydi. Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilash bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish doirasida respublika korxonalari tomonidan texnologik jarayonga zamonaviy uskunalarni, shu jumladan ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifat va miqdor ko‘rsatkichlarini nazorat qiladigan o‘lchash priborlarini joriy etish bo‘yicha ishlar bajarilmoqda. Respublikada o‘lchash texnikasi miqdori va yangi turlarining ko‘payishi tendensiyasini hisobga olgan holda, metrologik faoliyat va uning infratuzilmasining takomillashishi doimiy ravishda O‘zbekistondagi iqtisodiy o‘zgarishlarga va mahalliy ishlab chiqarish, ayniqsa, kichik biznes korxonalarini va xususiy tadbirkorlikni eng qulay rivojlantirish sharoitlariga mos bo‘lishi kerak. Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasida o‘lchashlar birligini ta’minlash sohasida aniq maqsadga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda, zarur metrologik infratuzilma yaratilgan. Qonun hujjatlariga muvofiq yagona davlat siyosatini amalga oshiradigan va o‘lchashlar birligini ta’minlash bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtiradigan milliy metrologiya organi — O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbarlik qiladigan davlat metrologiya xizmati faoliyat yuritmoqda. (beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son) Shu bilan birga, o‘lchashlar birligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha vazifalarning samarali hal etilishiga to‘sqinlik qilayotgan alohida muammoli masalalar va salbiy hodisalar saqlanib qolmoqda. Xususan: o‘lchashlar birligini ta’minlash sohasidagi qonun hujjatlarini xalqaro talablar bilan uyg‘unlashtirish masalalari hali to‘liq hal etilmagan; o‘lchash vositalari tavsiflarini baholash taribotlarining qonuniyligini ta’minlash, shuningdek, ularni muomalaga kiritishda ham, ulardan foydalanish jarayonida ham, davlat tomonidan tartibga solinadigan sohada ularning yaroqliligini tasdiqlash masalalarining huquqiy tartibga solinishini qo‘shimcha takomillashtirish zarurati mavjud; respublikaning mavjud etalonlar bazasi alohida o‘lchash turlari bo‘yicha yuqori aniqlikdagi priborlarni metrologik tekshiruv bilan to‘liq qamrab olishga imkonini bermaydi, bu esa ularni xorijiy metrologik institutlarga olib chiqish zaruratini yuzaga keltiradi; o‘lchashlar birligini ta’minlash davlat tizimining ishlash jarayonida vazifalarni sifatli bajarishga qodir bo‘lgan malakali metrolog-mutaxassislar yetishmasligi kuzatiladi; qo‘llanayotgan o‘lchash vositalari parkining tuzilmasi va hajmini monitoring va tahlil qilish yagona tizimi mavjud emasligi jiddiy muammo hisoblanadi, bu esa o‘z navbatida, davlat va jamiyatning o‘lchashlarga bo‘lgan ehtiyojlarini tadqiq etish va prognoz qilish mexanizmi va metodologiyasini ishlab chiqish imkonini bermaydi. Zamonaviy jamiyatda ko‘pgina faoliyat sohalarida milliy va xalqaro ehtiyojlar bir-biriga yaqinlashadi va shuning uchun metrologiya va metrologik faoliyat sohasidagi milliy siyosat hamda mamlakat iqtisodiyoti xorijiy investitsiyalar jalb qilinishi uchun eng qulay sharoitlar yaratilishini ta’minlaydigan va savdoda to‘siqlar yuzaga keltirishiga yo‘l qo‘ymaydigan darajada rivojlanishi kerak. Shu maqsadda har bir mamlakat o‘zida o‘lchashlar birligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni bajarish qoidalarini mujassam etgan, shuningdek, obyektlar, o‘z vakolatlari doirasida o‘lchashlar birligini ta’minlash sohasidagi ishlarni amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organlari va yuridik shaxslarni ifoda etadigan o‘lchashlar birligini ta’minlash milliy tizimiga ega bo‘lishi kerak. Shu munosabati bilan hozirgi paytda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, O‘zbekistonning o‘rnatilgan huquq tartibi va iqtisodiyotini noto‘g‘ri o‘lchash natijalarining salbiy oqibatlaridan himoya qilish bir tomondan, o‘lchashlar birligini ta’minlash milliy tizimining keyingi yo‘nalishlarini belgilash, ikkinchi tomondan esa — mamlakatda metrologik infratuzilmani va uning ishlash prinsiplarini takomillashtirish zaruratini belgilaydi. Yuqorida sanab o‘tilganlarning barchasi xorijiy mamlakatlarning o‘lchashlar birligini ta’minlash milliy tizimlarini yaratish tajribasini hisobga olgan holda, Xalqaro qonunchilik metrologiya tashkilotining ko‘rsatmalari va tavsiyalariga muvofiq 2019 ― 2023-yillar davri uchun o‘lchashlar birligini ta’minlash milliy tizimini rivojlantirish va takomillashtirish konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda Konsepsiya deb ataladi) ishlab chiqish zaruratini keltirib chiqardi. 1-bob. Konsepsiyaning maqsadi va vazifalari 1. Konsepsiyaning maqsadlari quyidagilar hisoblanadi: iqtisodiyotning turli tarmoqlarida qo‘llanadigan o‘lchash natijalarining aniqligi, xolisligi, ishonchliligi va solishtiriluvchanligini oshirish yo‘li bilan keng ishlab chiqarish kooperatsiyasini, yuqori texnologik mahsulot parametrlarining muvofiqligi baholanishini ta’minlash; metrologik faoliyatning ilmiy, texnik, normativ va tashkiliy asoslarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish, respublikada o‘tkazilgan o‘lchash va sinash natijalarining xalqaro darajada tan olinishiga erishish; fuqarolar sog‘ligi va hayotini himoya qilish, atrof-muhitni muhofaza qilish, milliy tovar va xizmatlarning sifati, xavfsizligi va raqobatbardoshligini ta’minlash maqsadida foydalaniladigan o‘lchash natijalarini olishda fuqarolar, davlat va jamiyat ehtiyojlarini to‘liq qondirish; davlat metrologiya xizmatlari organlarining salohiyatini kuchaytirish, Konsepsiya vazifalarini amalga oshirish va metrologik xizmatlar ko‘rsatish sifatini yaxshilash uchun ularning o‘rni va mas’uliyatini oshirish. 2. Quyidagilar Konsepsiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi: MOZM ko‘rsatma va tavsiyalarini hamda boshqa xalqaro talablarni hisobga olgan holda, O‘lchashlar birligini ta’minlash milliy tizimining kompleks huquqiy tartibga solinishini ta’minlash; metrologik faoliyat subyektlarining funksional vazifalari va mas’uliyat sohalarini aniq chegaralagan holda, O‘lchashlar birligini ta’minlash milliy tizimining tuzilmasini takomillashtirish; O‘zbekiston Respublikasi etalonlar bazasini rivojlantirish, davlat metrologiya xizmatlari organlarining laboratoriyalarini ayniqsa respublika hududlarida modernizatsiyalash hisobiga iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish ustuvor yo‘nalishlarining metrologik ta’minot darajasini oshirish; o‘lchash vositalarini kalibrlash tizimini rivojlantirish va takomillashtirish orqali mahalliy mahsulot sifatini oshirish va raqobatbardoshlikni oshirish uchun sharoit yaratish; xalqaro va mintaqaviy metrologiya tashkilotlari bilan o‘zaro samarali hamkorlik qilish va uni kengaytirish mexanizmlarini rivojlantirish, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro iqtisodiyotga va o‘lchashlar birligini ta’minlash xalqaro tizimiga teng huquqli hamkor sifatida integratsiyalashuviga ko‘maklashish; kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha samarali tizim shakllantirish, o‘lchashlar birligini ta’minlash sohasida ilmiy faoliyatni rivojlantirish; metrologiya sohasida axborot texnologiyalarining qo‘llanishini kengaytirish hamda o‘lchashlar birligini ta’minlash tizimining ishlashida, shu jumladan bajarilayotgan ishlar va xizmatlarni axborotlashtirish va avtomatlashtirish darajasini oshirish. .
Ulchashlar kengroq tushincha oldim urgandim Izlandim va ushbu topshiriqni bajardim ulchashlar birligi uni davlatimizda standarti haqida kengroq tushincha oldim Yana hulosa qilib shuni aytishim mumkinki Ozimni tafakurimdan kelib chiqib kengroq boyitim Foydanilgan Adabiyotlar 1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 30-maydagi “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida”gi PF-3080 sonli farmoni. 2.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining jamoat ta'lim axborot tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risida” 2005-yil 28-sentabrdagi PQ-191-sonli Qarori. 3.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 4.“Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2002-yil 6-iyundagi 200-sonli Qarori. 5.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2006-yil 16-fevraldagi 25-sonli Qarori. 6.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining jamoat ta'lim axborot tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risida” 2005-yil 28-sentabrdagi PQ-191-sonli Qarori. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling