Fanidan Mustaqil ish mavzu


SANOAT QURILISHIDA YAGONA MODUL TIZIMI


Download 0.73 Mb.
bet3/3
Sana17.10.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1706573
1   2   3
Bog'liq
industriallash va standartlash

3.SANOAT QURILISHIDA YAGONA MODUL TIZIMI

Bino va inshootlarni hajmiy rejalashtirish va konstruktiv yechimlarni unifikatsiyalash va bir xillash ularning elementlarini va o’lchamlarini bir birlari bilan bog’lashga olib keluvchi yagona modul tizimi (YaMT) asosidagina olib boriladi.


Sanoat qurilishida vertikal, gorizontal o’lchamlarda yagona modul tizimi sifatida 1 M = 600mm birlik qabul qilingan.
Hajmiy rejalashtirish komponentlari: oraliqlar eni va ustunlar qadami-10 M (ko’p qavatli binolarda-5 M); xona balandligi 3,6 m dan 6,0
metrgacha bo’lganda har bir balandlik farqli -1 M dan; 7,2 metrdan 10,8 metrgacha - 2 M va 10,8 metrdan 18 metrgacha va undan baland bo’lganda esa 3 M birlikda oshib boradi. Ko’p qavatli binolarda qavat balandliklari karrali, ya’ni 2 M birlikda oshib borishi qabul qilingan.
Misol uchun bino balandligi
3,6+M=3,6+0,6m=4,2metr yoki 7,2m+2M=7,2+0,6mx2=8,4metrga teng.



Xulosa.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach qurilish sohasiga katta e’tibor qaratilib, yangi ishlab chiqarish binolari, sanoat korxonalari qurilishi boshlandi. Sanoat binolari biror bir maxsulotni ishlab chiqarishga mo’ljallangan bo’lib, ularda ishlab chiqarish vositalari joylashtiriladi. Kerakli ishlab chiqarish vositalari bilan jihozlangan bunday binolarda qayta ishlanuvchi xom ashyolar yarim tayyor va tayyor mahsulotlarga aylantiriladi. Ishlab chiqarish binolari mos keluvchi sanoat sohalarining asosiy fondlari hisoblanadi va talab etilgan sharoitlarni ta’minlangan holda, ishlab chiqarish jaryonini joylashtirilishiga xizmat qiladi.
Sanoat qurilishida binolarning ayrim elementlarini industriallashtirish, qo’l mehnatini mexanizmlarga almashtirish asosida qurilish jarayonining texnik darajasini ko’tarish muhim ahamiyat kasb etadi. Ko’pchilik holatlarda bino va inshootlar namuna loyihalar asosida yig’ma temirbeton va metall konstruktsiyalardan quriladi. SHu sabab sanoat binolarining gabarit o’lchamlari soha va sohalararo unifikatsiyalanadi.
Sanoat korxonalarini bitta hududda to’plash ya’ni, hududiy ishlab chiqarish majmualarini yaratish katta iqtisodiy samara beradi. Iqtisodiy samaradorlikka quyidagilar orqali erishiladi:
-yordamchi korxonalarni (issiqlik, energiya man’balari, suv ta’minoti, kanalizatsiya va shunga o’xshashlar) takrorlash;
-qurilish materiallarining ishlab chiqarish hajmini oshirish, narxini kamaytirish, qurilish muddatlarini qisqartirish, mehnat unumdorligini oshirish, qurilish sifatini yaxshilish va industrialligini ko’tarishlarni taqazo etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar.

  1. Asqarov b.A., Nizomov SH.R. Temir-beton va tosh, g’isht konstruktsiyalari. Toshkent “O’zbekiston” 2003y.

  2. Arxitektura grajdanskix i promishlennix zdaniy. Tom V Promishlennie zdaniya. Pod obщey redaktsiy prof.L.F.SHubina. M., 1986.

  3. Dyatkov S.V. Arxitektura promishlennix zdaniy. M., visshaya shkola 1984g.

  4. Bondarenko V.I., Nuretdinov X.N. Zilzila bo’ladigan rayonlarda sanoat binolarini loyihalash. Toshkent 1994y.\



Internet manzil.
1.www.ziyo.net
2.www.arm.taqi.uz
Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling