Fanidan o„quv-uslubiy majmua


Download 0.98 Mb.
bet146/263
Sana21.01.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1106933
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   263
Bog'liq
Sharqshunoslik

3-bosqich.
YAkuniy
(15 min.)

3.1. O`quv faoliyatiga yakun yasaydi. O`zaro o`qitish natijalarini e‘lon qiladi. Faol ishtirokchilarni belgiladi va olingan bilimlarining kelajakdagi ahamiyatini ta‘kidlaydi. 3.2. Mustaqil ish uchun vazifa beradi: mavzu bo`yicha klaster tayyorlash.

3 Vazifani yozib
oladilar

1 –ilova. Vizual materiallar


Agrar munosabatlar va ularning xususiyatlari.
Renta munosabatlari
Qishloq xo‗jaligi xalq xo‗jaligining muhim bo‗g‗inidir. Unda insoniyat hayoti uchun eng zarur bo‗lgan oziq-ovqat mahsulotlari va sanoat tarmoqlari uchun xom-ashyo ishlab chiqariladi. Respublikamiz Prezidenti I. Karimov ta‘kidlab o‗tgandek, ―Respublika sanoatining ko‗pgina tarmoqlarini, jumladan, paxta tozalash, to‗qimachilik, kimyo sanoatini, qishloq xo‗jaligi mashinasozligini va boshqalarni... rivojlantirish istiqbollari, ularning murakkab o‗tish davridagi iqtisodiy ahvoli bevosita qishloq xo‗jaligigiga bog‗liqdir‖. Demak, aholi uchun zarur bo‗lgan tovarlar bozorini to‗ldirish uchun qishloq xo‗jaligi tarmoqlarini rivojlantirish darkor. Boshqa sohalar kabi qishloq xo‗jaligida ham takror ishlab chiqarish jarayonida kishilar o‗rtasida muayyan iqtisodiy aloqa va munosabatlari sodir bo‗ladi. Bu munosabatlar agrar munosabatlarni tashkil qiladi.
Qishloq xo‗jaligida ishlab chiqarish ko‗p jihatdan yer bilan bog‗liq, shuning uchun ham yerga egalik qilish, tasarruf etish va undan foydalanish bilan bog‗liq bo‗lgan munosabatlar agrar munosabatlar deyiladi. Yer rentasi orqali yerga bo‗lgan mulkchilik xuquqi ro‗yobga chiqariladi. O‗zbekistonda ―yer–davlat mulki-umummilliy boylik...‖ bo‗lganligi sababli yerga bo‗lgan mulkchilik, yerga egalik qilish va yerdan foydalanish masalalari alohida ajratib tahlil qilinishi lozim.
Yerga egalik jismoniy va huquqiy shaxslarning ma‘lum yer uchastkasiga tarixan tarkib topgan asoslardagi yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi egalik huquqini tan olishini bildiradi. yerga egalik deganda avvalo yerga bo‗lgan mulkchilik huquqi ko‗zda tutiladi. yerga egalikni yeri bo‗lgan mulkdor amalga oshiradi. O‗zbekiston Respublikasining yer kodeksida ta‘kidlanganidek: ―Yer uchastkalari yuridik va jismoniy shaxslarga doimiy va muddatli egalik qilish hamda ulardan foydalanish uchun berilishi mumkin‖.
Yerdan foydalanish huquqi – bu o‗rnatilgan urf-odatlar yoki qonuniy tartibda undan foydalanishni bildiradi. yerdan foydalanuvchi yer egasi bo‗lishi shart emas. Real xo‗jalik hayotida yerga egalik qilish va yerdan foydalanishni ko‗pincha har xil jismoniy va huquqiy shaxslar bajaradilar.
Agrar munosabatlarning asosini renta munosabatlari tashkil qiladi.
Renta nazariyasi hozirgacha to‗liq yoritib berilmagan nazariyalardan hisoblanadi. Iqtisodchilar o‗rtasida uning mohiyatini tushuntirish bo‗yicha turlicha yondoshuv va qarashlar mavjud. Shu sababga ko‗ra rentani miqdoriy aniqlash va uning mohiyatini tushuntirish bo‗yicha asosiy va ko‗pinsha bir –biriga qahama –qarshi bo‗lgan nazariyalarga e‘tiborni qaratamiz.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling