Fanidan o„quv-uslubiy majmua
-mavzu. Raqobat va monopoliya
Download 0.98 Mb.
|
Sharqshunoslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7-mavzu. Agrar munosabatlar va agrosanoat majmuasi
- 8-mavzu. Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy o`lchamlari.
- 9-mavzu. Yalpi talab va yalpi taklif
- 10-mavzu. Iste‟mol, jamgarish va investisiyalar
- 11-mavzu. Iqtisodiy osish, milliy iqtisodiyotning nisbatlari va muvozanati
- 12-mavzu. Iqtisodiyotning siklligi va makroiqtisodiy beqarorlik
- 13-mavzu. Moliya, moliya tizimining mohiyati va vazifalari
- 14-mavzu. Pul va pul-kredit tizimi
- 15-mavzu. Bozor munosabatlarini tartibga solishda davlatning iqtisodiy roli
- 16-mavzu. Jahon xo`jaligi va O`zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsilashuvi
- IQTISODIYOT NAZARIYASI” FANIDAN TA‟LIM TEXNOLOGIYASINING KONSEPTUAL ASOSLARI
- 2. «Iqtisodiyot nazariyasi» fanidan ma‟ruza va seminar mashg`ulotlari mavzularining soatlar bo`yicha taqsimoti jadvali
“IQTISODIYOT NAZARIYASI” FANIDAN TA‟LIM TEXNOLOGIYASINING KONSEPTUAL ASOSLARI 1. «Iqtisodiyot nazariyasi» fanining dolzarbligi va ahamiyatiIjtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning hozirgi bosqichida bozor qonuniyatlariga asoslangan milliy xo`jalik qaror topmoqda va uning institusional jihatlari takomillashmoqda. Transformasiya jarayonlarida milliy iqtisodiyot barpo bo`lishi va uning jahon xo`jaligiga qo`shilishi o`ziga xos yangi tendensiyalarni yuzaga chiqaradi va muayyan qonuniyatlar shakllanadi. O`zbekistonda ham boshqa qator davlatlar kabi resurslardan oqilona foydalanish, cheklangan zahiralardan yuqori samara olish, aholi turmush darajasini yuksaltirish, milliy ishlab chiqarishning raqobatbardoshligini oshirish yo`nalishlarida islohotlar olib borilmoqda. Fanning asosiy maqsadi talabalarga iqtisodiy qonuniyatlar, tendensiyalar mohiyatini tushuntirish, iqtisodiy nazariyalar, g`oyalar va yondoshuvlar evolyusiyasini aniq tushunchalar orqali singdirish, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning umumiqtisodiy nazariya doirasidagi ustuvor yo`nalishlarini o`rgatishdan iborat. Ushbu maqsadga erishishda iqtisodiyot nazariyasi predmetini chuqur o`rganish, barcha jamiyatlarga xos bo`lgan nazariyalar, umumiy qonuniyatlardan xabardor bo`lish, nazariy yondoshuvlarning amaliy jihatlarini ilg`ab olish, bozor iqtisodiyoti rivojlanishining global va lokal masalalarini tushunish muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi va ushbu fanni o`rganishning dolzarbligini ko`rsatadi. ―Iqtisodiyot nazariyasi‖ har qanday jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy barqarorligi va farovonligi, uning globallashuv shart-sharoitlaridagi faoliyati, axborotlashuv darajasi qanday bo`lishidan qat‘iy nazar iqtisodiy tafakkur tarzini kengaytirishda nazariy-ilmiy va uslubiy asos bo`lib xizmat qilaveradi. Ushbu fanning ob‘ekti kengayadi, predmeti toraymaydi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, iqtisodiyot nazariyasi umumiqtisodiy rivojlanish qonuniyatlarini nazariy jihatdan tadqiq etadi, turli jamiyatlarda namoyon bo`lish xususiyatlarini aniqlaydi, yangi tushunchalar va atamalarning ishlab chiqilishida salmoqli rol o`ynaydi, qolaversa, boshqa iqtisodiy fanlar uchun uslubiy-nazariy ishlanmalarni, yondoshuvlarni, g`oyalarni taqdim etadi. Shuning uchun bu fanni o`rganishning ilmiy-amaliy ahamiyati ham yuqori hisoblanadi. 2. «Iqtisodiyot nazariyasi» fanidan ma‟ruza va seminar mashg`ulotlari mavzularining soatlar bo`yicha taqsimoti jadvali
Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling