Fanidan o„quv-uslubiy majmua
Download 1.07 Mb.
|
Fanidan o„quv-uslubiy majmua-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuni o„rganish bilan bog„liq tayanch iboralar
12. www.узa.у2-MAVZU. IJTIMOIY-IQTISODIY TIZIMLAR VA MULKChILIK MUNOSABATLARI Darsning o„quv maqsadi: talabalarda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot jarayonlari va bosqichlari, ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar, mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mohiyati, mulkchilik shakllari, mulk ob‘ektlari va sub‘ektlari hamda O‗zbekistonda mulkchilik munosabatlarining qaror topishi va rivojlanish xususiyatlari to‗g‗risida tushuncha hosil qilishdan iborat. Mavzuni o„rganish bilan bog„liq tayanch iboralarIjtimoiyiqtisodiy tizim; monostruktuhali tizim; poliiqtisodiyot; aralash iqtisodiyot; ko‗p ukladli iqtisodiyot, mulkchilik munosabatlari, mulkchilik shakllari, mulk ob‘ektlari, mulk sub‘ektlari. Asosiy savollar 1. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot jarayonlari va bosqichlari. Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar. Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mohiyati. Mulkchilik shakllari. Mulk ob‘ektlari va sub‘ektlari. O‗zbekistonda mulkchilik munosabatlarining qaror topishi va rivojlanish xususiyatlari. 1.Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot jarayonlari va bosqichlari Har bir tizim ma‘lum davrda amal qilib, o‗z imkoniyatlarini tugallagash, uning o‗rniga yangi tizim keladi, u ham eskirib o‗z o‗rnini boshqasiga bo‗shatib beradi. Tizim – bu jamiyatning ijtimoiyiqtisodiy tuzilishi, uni tashkil etuvchi, birbirini taqozo etuvchi, o‗zaro ta‘sir o‗tkazuvshi unsurlarning majmui bo‗lib, bunda unsurlar birgalikda amal qiladi, natijada ayrim unsurlarga xos bo‗lmagan umumiy xususiyatlar paydo bo‗ladi. Tizim – bu har xil unsurlar ta‘sirida paydo bo‗ladigan umumiylikdir. Tizim tarkibiga ishlab chiqarishning shaxsiyinsoniy va moddiyashyoviy omillari kiradi, ularning birbirini taqozo etishga asoslangan yaxlitligi jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlari deb yuritiladi. Ijtimoiyiqtisodiy tizimga iqtisodiy faoliyat natijasi bo‗lgan ijtimoiy, ya‘ni jamiyat miqyosida yaratilgan mahsulot ham kiradi. Hamma tizimlarda mehnat taqsimoti yuz berib, mehnat, birinchidan, ixtisoslashadi; ikkinchidan, mehnat turlari birbiri bilan bog‗lanib, birbirini to‗ldiradi. Natijada mashg‗ulot jamiyatdagi o‗zaro bog‗langan Mehnat turlarining natijasi bo‗ladi. Hamma tizimlarda mehnat turlari o‗rin almashadi, kishilar bir mehnatdan boshqa mehnatga o‗tadilar, o‗z kasbini o‗zgartiradilar. Qayerda bo‗lmasin mehnat malaka va mahoratni talab qiladi. Turli tizimlarda, ularni tashkil etuvchi unsurlar bir xil bo‗lsada, ularning o‗zaro bog‗lanishi har xil bo‗ladi. Shunday bog‗lanishlar orasida ishlab chiqarish omillarining birikishi mulkiy munosabatlarni yuzaga keltiradi. Tizimda omillarning birikish usuli asosiy o‗rin tutadi, shu jihatdan tizimlar farqlanadi. Turli tizimlarga baho berilganda ularning xalq farovonligi uchun nima bera olganligi bosh mezon bo‗ladi. Hozirgi taraqqiyot bosqishida turli tizimlarning samarali ekanligini xalq farovonligining o‗sishi ko‗rsatib turadi. Farovonlikni oshirish, bilish qobiliyati tizimning yashovshanligi yoki uning boshqasi bilan almashuvi zarurligini bildiradi. 2.Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar Insoniyat taraqqiyoti turlisha ijtimoiyiqtisodiy tizimlar doirasida keshadi, ularning o‗rtasida: albatta, muhim farqlar bor. Turli tizimlar tahlil etilganda, ularni farqlantiruvshi mezonlar asos qilib olinadi, bular ishlab chiqarish texnikasi va texnologiyasi, mulkiy munosabatlarning xarakteri, xo‗jalikiqtisodiy aloqalar mazmuni, xalq iste‘moli darajasi, sinfiy belgilar va r. k. Tizimlar turli nazariyalarda har xil mezon asosida tabaqalashtiriladi. Marksizm nazariyasida mulkiysinf mezonlar asos qilinib, tizimlar formatsiya deb qaraladi. Marksizm ta‘limotiga ko‗ra besh formatsiya mavjud: ibtidoiyjamoa tuzumi, quldorlik, feodalizm, kapitalizm va nihoyat kommunizm. Asrimizning 60yillarida marksizmni almashtira oladigan ta‘limot sifatida «rivojlanish bosqishlari» nazariyasi paydo bo‗ldi. Mazkur nazariya tizimlarni tahlil etishda ishlab chiqaruvchi kuchlarning yetuklik darajasini mezon qilib oladi. Bu nazariya mualliflari jamiyatni ikki tipga bo‗lishadi: an‘anaviy jamiyat, industrial jamiyat. Shunga monand ravishda iqtisodiy rivojlanishning olti bosqishi ajratiladi: traditsion jamiyat, o‗tkinshi jamiyat, industrial jamiyatga o‗tish, industrial jamiyat, ommaviy iste‘mol jamiyati, yangi turmush sifati bor jamiyat.
Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling