Fanidan o„quv-uslubiy majmua
O„zbekistonda mulkchilik munosabatlarining qaror topishi va rivojlanish xususiyatlari
Download 1.07 Mb.
|
Fanidan o„quv-uslubiy majmua-fayllar.org
5.O„zbekistonda mulkchilik munosabatlarining qaror topishi va rivojlanish xususiyatlariMulkiy munosabatlarda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish muhim o‗rin tutadi. Davlat tasarrufidan chiqarish - davlat korxonalarini va tashkilotlarini jamoa, ijara korxonalariga, aksiyali jamiyatlarga, mas‘uliyati sheklangan jamiyatlarga, davlatga qarashli mulk bo‗lmaydigan boshqa korxonalar va tashkilotlarga aylantirishdir. Xususiylashtirish - fuqarolarning va davlatga taalluqli bo‗lmagan yuridik shaxslarning davlat mulki ob‘ektlarini yoki davlat aksiyali jamiyatlarining aksiyalarini davlatdan sotib olishdir.
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish shakllari quyidagilardan iborat: davlat korxonasi, jamoa korxonasining aksiyali jamiyatga yoki shirkatga hamda davlat korxonasining ijara korxnasiga aylantirilishi. O‗zbekiston Respulikasida davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish quyidagi shartlarga rioya etgan holda amalga oshiriladi: davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish shakllarini mehnat jamoalarining mustaqil aniqlanishi; davlat tasarrufidan shiqarilayotgan va xususiylashtirilayotgan korxonalar mehnat jamoalarining ijtimoiy jihatdan murofaza qilinishini ta‘minlash; boshqa respublikalar va xorijiy davlatlarning ijtimoiy va yuridik shaxslari davlat tasarrufidan chiqarilgan hamda xususiylashtirilayotgan ob‘ektlarni, ularning aksiyalarini O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Markamasi tomonidan yoki u vakil qilgan idora tomonidan belgilanadigan kvotalar bo‗yicha sotib oladilar; davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning to‗la oshkohaligi hamda bu xaqda axborot e‘lon qilish, ularni korxonalar xodimlari tomonidan, kasaba uyushmalari va boshqa ijtimoiy tashkilotlar tomonidan nazorat qilish. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish ob‘ektlarini sotish tartibi, narxi, bitimlarni rasmiylashtirish tartibi, mablag‗i 1991 yil 19 noyabrda qabul qilingan «O‗zbekiston Respublikasining davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‗g‗risida»gi qonun»da batafsil bayon etilgan. O‗zbekistonda tovarpul munosabatlari rivojlanayotgan va boshqariladigan bozor sharoitida mulkchilikning barcha shakliga mansub korxonalarni barpo etish, ular faoliyatini yuritish, qayta tashkil etish va tugatishning umumiy xuquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy asoslarini belgilab beruvchi ―O‗zbekiston Respublikasidagi korxonalar to‗g‗risidagi qonun‖ mavjud. qonun foyda olishni ko‗zlab ish olib boradigan korxonalarning mustaqilligini ta‘minlashga qaratilgan bo‗lib, ularning huquqlari va mas‘uliyatini belgilaydi, boshqa korxonalar va tashkilotlar, xalq deputatlari Kengashlari, davlat boshqaruvi idoralari bilan munosabatlarini tartibga soladi. Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling