Fanidan o„quv-uslubiy majmua


Download 1.07 Mb.
bet232/236
Sana20.11.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1788139
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   236
Bog'liq
Fanidan o„quv-uslubiy majmua-fayllar.org

Iqtisodiy o„sish - ishlab chiqarishda foydalaniladigan resurslar miqdorini oshirish yoki texnologiyani takomillashtirish orqali jamiyatning ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish.
Firma– jismoniy yoki yuridik shaxs sifatida mahsulot ishlab chiqarish va sotish bilan shug‗ullanuvchi iqtisodiy sub‘yekt.
Institutlar – iqtisodiy sub‘yektlar harakatini cheklovchi, ularning o‗zaro munosabatlarini tartibga soluvchi me‘yorlar, qoidalar hamda ushbu me‘yor va qoidalarni bajarilishini nazorat qilish mexanizmlari.
Narx – bir birlik tovarni sotib olish uchun to‗lanadigan pul miqdori.
Taklif – bu ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar tomonidan berilgan narxlarda sotilishi mumkin bo‗lgan tovarlar miqdori.Talab – berilgan narxlarda haridorlar tomonidan sotib olinishi mumkin bo‗lgan tovarlar miqdori.
Taklif qonuni – to‗g‗ridan-to‗g‗ri narx o‗zgarishi bilan bog‗liq holda taklifning o‗zgarishi.
Talab qonuni – narxdan tashqari boshqa omillar o‗zgarmaganda talab miqdori bilan narx o‗rtasidagi teskari bog‗liqlik.
Iste‟molchi ortiqchaligi (yutug„i) – iste‘molchi tovarlar uchun to‗lashi mumkin bo‗lgan narxlar bilan tovarlarga bozorda haqiqiy to‗langan narxlar ayirmalarining yig‗indisi.
Ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi (yutug„i) – tovarlarnig haqiqiy narxlaridan chekli (bir birlik qo‗shimcha tovar ishlab chiqarishga ketgan) harajatlarni ayirmalari yig‗indisiga teng.
Taklif chizig„i – tovar narxi bilan taklif qilinadigan ushbu tovar miqdori o‗rtasidagi bog‗liqlikni ifodalovchi egri chiziq.Talab chizig„i – tovar narxi bilan sotib olinadigan ushbu tovar miqdori o‗rtasidagi bog‗liqlikni ifodalovchi egri chiziq.
Shaxs talabi – bitta iste‘molchining tovarga bo‗gan talabi.
Muvozanat narx – talab bilan taklifni tenglashtiruvchi narx. Muvozanat narxga to‗g‗ri keladigan tovar miqdoriga muvozanat mahsulot miqdori deyiladi.
Transaktsion harajatlar – bozorda tovarlarni sotishda egalik huquqini aniqlash va uni berish bilan bog‗liq harajatlar.

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling