Fanidan o„quv-uslubiy majmua


Download 1.07 Mb.
bet235/236
Sana20.11.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1788139
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   236
Bog'liq
Fanidan o„quv-uslubiy majmua-fayllar.org

Engel chiziqlari – iste‘mol qilingan tovarlar miqdorini iste‘molchi daromadining o‗zgarishidan bog‗liqligini ko‗rsatuvchi chiziq.
Oliy kategoriyali tovar – daromad oshganda talab oshib ketadigan tovarlar.
Normal tovarlar – daromad oshganda talab oshadigan tovarlar.
Past kategoriyali tovarlar – daromad oshganda talab kamayadigan tovarlar.
Ishlab chiqarish omillari – biror ne‘matni ishlab chiqarishda foydalaniladigan boshqa har qanday tovar yoki ne‘mat.Masshtab samarasi – bu ishlab chiqarish masshtabining kengayishi sur‘ati bilan mahsulot ishlab chiqarishni o‗sish sur‘ati o‗rtasidagi bog‗liqlikni ifodalaydi. Ishlab chiqarishda foydalaniladigan omillar miqdoriga ishlab chiqarish masshtabi deyiladi.
Uchta masshtab samarasi to‗g‗risida gapirish mumkin:


  1. O„suvchi masshtab samarasi yoki musbat masshtab samarasi - ishlab chiqarish masshtabining kengayishi (ishlab chiqarishda foydalaniladigan resurslar sarfining o‗sishi) su‘atidan mahsulot ishlab chiqarishning o‗sish sur‘ati yuqori. Masalan, resurslar sarfi 100 foizga oshsa, mahsulot ishlab chiqarish sur‘ati 100 foizdan yuqori o‗sishga ega, ya‘ni 120 foiz.


  2. O„zgarmas masshtab samarasi – ishlab chiqarishda foydalaniladigan resurslar sarfining o‗sish sur‘ati mahsulot ishlab chiqarishning o‗sish sur‘atiga teng. Masalan, resurslar sarfi 100 foizga oshsa, mahsulot ishlab chiqarish ham 100 foizga oshadi.


  3. Pasayuvchi masshtab samarasi – resurslar sarfining o‗sish sur‘atidan mahsulot ishlab chiqarishning o‗sish sur‘ati past, ya‘ni resurslar sarfi 100 foizga oshsa, mahsulot ishlab chiqarish 80 foizga o‗sadi.

MUALLIFLAR HAQIDA MA‟LUMOT



Xolmatov Nemat Boymirzaevich
1971 yil tug‗ilgan. Toshkent davlat universitetining iqtisod fakulteti ―Iqtisodiy nazariya‖ bo‗limini tamomlagan. ―Iste‘dod‖ jamg‗armasi granti sohibi (2001 yil).
Bugungi kunda ToshDShI ―Iqtisodiy nazariya‖ kafedrasi mudiri. Iqtisod fanlari nomzodi (2003 yil), Dotsent (2008 yil).
Ilmiy faoliyat yo‗nalishi: ―Milliy ishlab chiqarishni sanoatlashtirishning nazariy asoslari va qonuniyatlari‖. Xolmatov N.B. 5 ta o‗quv qo‗llanmalar, 10 dan ortiq o‘quv – uslubiy nashrlar, ―O‗zME‖ 4-11 jildlarida 30 dan oshiq turkum ilmiy maqolalar (Iqtisodiy siyosat, Iqtisodiy tizim, Iqtisodiy tangliklar, Klassik siyosiy iqtisod maktablari. Nominal ish haqi, Real daromad, Real ish haqi, Omonat, Omonatlarni indekslash, Pablik rileyshnz, Pablisiti, Pay, Paretto, Xalqaro iqtisodiy hamkorlik, Xalqaro kredit, Erxard rejasi, Yagona iqtisodiy makon va boshq.) muallifi.
Respublika va xalqaro ilmiy jurnallarda va ilmiy-amaliy anjumanlarda 30 dan oshiq maqola va tezislar muallifi.

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling