Fanidan o„quv-uslubiy majmua


Bir-birini o„rnini bosuvchi ne‟matlar


Download 1.07 Mb.
bet231/236
Sana20.11.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1788139
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   236
Bog'liq
Fanidan o„quv-uslubiy majmua-fayllar.org

Bir-birini o„rnini bosuvchi ne‟matlar - bu bir xil ehtiyojni qondiruvchi ne‘matlardir. Masalan, shaxsning go‗sht mahsulotiga bo‗lgan ehtiyojini mol go‗shti, qo‗y go‗shti yoki parranda go‗shti bilan qondirish mumkin. Odatda, bir-birini bosuvchi tovarlardan biri narxining oshishi, boshqasiga bo‗lgan talabning oshishiga olib keladi.
O„zaro bir – birini to„ldiruvchi ne‟matlar – bu shaxsni yoki ishlab chiqarish ehtiyojini kopmlektlarda qondiradigan ne‘matlar. To‗ldiruvchi ne‘matlardan biriga talab oshsa, qolganlariga ham talab oshadi.
Ne‟matlar noyobligi - bu biror tovar yoki resurs hajmining ma‘lum vaqt oralig‗ida chegaralanganligidir.
Cheklangan ne‘matlarni iqtisodiy sub‘yektlar o‗rtasida ratsional taqsimlashni amalga oshirish uchun har qanday jamiyat quyidagi uchta iqtisodiy savolga javob berishi kerak:
Nima ishlab chiqarish kerak?
Qanday ishlab chiqarish kerak?
Kimga ishlab chiqarish kerak?
Naflilik – iqtisodiy ne‘matlar orqali shaxs ehtiyojini qondirish darajasi. Ne‘mat inson ehtiyojini qancha to‗laroq qondirsa uning nafligi shuncha yuqori bo‗ladi.
Iqtisodiy resurslar – ishlab chiqarishda foydalaniladigan omillar yoki ishlab chiqarish omillaridir.
Ishlab chiqarish omillari cheklangan bo‗lib, ularga mehnat, kapital, materiallar (xom ashyo, butlovchi qismlar, elektr energiya, gaz, suv va hokazo), yer resursi kiradi.
Tadbirkorlik qobiliyati, boshqaruv qobiliyati, axborot – biror ob‘ekt to‗g‗risida va unda bo‗layotgan jarayonlar to‗g‗risidagi ma‘lumotlar.
Harajatlar – mahsulot ishlab chiqarish uchun qilingan sarflar.
Al‟ternativ harajatlar – tanlashda voz kechilgan eng yaxshi al‘ternativ variantdan olinadigan natija (qiymat, foyda, naflik). Al‘ternativ qiymatni foydalanilmagan imkoniyat deb ham qarashadi: biror ne‘mat qiymatini voz kechilgan boshqa bir nechta ne‘mat qiymati bilan ifodalanishi.
Ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig„i – mavjud bo‗lgan ishlab chiqarish resurslaridan to‗liq va samarali foydalanish orqali ishlab chiqariladigan tovarlar kombinatsiyasini ifodalovchi chiziq.

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling